Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Ravshan Ermatov: «Vijdon bizni hech qachon tark etmaydi»

Ravshan Ermatov: «Vijdon bizni hech qachon tark etmaydi»

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik Ravshan Ermatov Konfederasiyalar kubogi -2017 musobaqasida videohakam sifatida faoliyat olib boradi.

Bugun hamyurtimiz «Sport-ekspress» sayti jurnalisti savollariga javob berarkan, yangi texnologiyalarning joriy qilinishi hakamlarga bo‘lgan bosimning kamayishiga olib kelishini aytdi.

- Videohakam yordamidan foydalanadigan bosh hakam xotirjamlikka berilib qolishi muminmi?
- Bu hakamning o‘ziga bog‘liq. Misol uchun, agar videohakamlar xizmatidan foydalansam ham, hech qachon xotirjamlikka berilmayman. Hamma narsani o‘zim hal etishga harakat qilaman.

- Hakamlarga ruhiy bosim kamayadimi?
- Albatta! Katta musobaqalarda hakamlar kuchli bosim ostida ishlaydi. Mana shu tufayli yanada ko‘proq xatoga yo‘l qo‘yishi hech gap emas. Video-yordamchilarning paydo bo‘lishi hakamlar ishini yengillashtiradi, ular sal yengilroq nafas ola boshlaydi.

- Qachondan buyon hakamlar zamonaviy futbolchilarning tezligidan ortda qola boshladi?
- Bir vaqtlar hakamlarning xatosiga o‘yinning bir qismi sifatida xotirjam munosabat bildirilgan. Hozir esa hakamlardan katta xatolarga yo‘l qo‘ymaslik talab qilinmoqda.

- Faoliyatingizda katta xatolarga yo‘l qo‘yganmisiz, ular tushingizga kirib chiqqanmi?
- Xatolar har bir o‘yinda yuz beradi. Biz ularni tahlil qilamiz. Eng muhimi o‘yinning taqdiri va musobaqalar taqdiriga ta’sir qiladigan xatolarga yo‘l qo‘ymaslik.

- Bunaqa xatolardan so‘ng, hakamlarning vijdoni qiynaladimi?
- Gap vijdonda emas. U bizni hech qachon tark etmaydi. Shunchaki, bu yerda inson omili mavjud. Vaziyatni ko‘rmay qolish mumkin. Qanday ishlashimizni ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Hatto futbolchilar ham o‘yinga bunday puxta tayyorgarlik ko‘rmaydi.

Manba: sport-express.ru
Kiritildi: 22:10, 15.06.2017.
O'qildi: 9478 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик