Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Mirjalol Qosimov: "Shomurodovning o‘yini qoniqarsiz"

Mirjalol Qosimov: "Shomurodovning o‘yini qoniqarsiz"

Baho:
+-2 | -

Oliy liganing 13-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Qo‘qon-1912" (2:1) uchrashuvi yakunlangach, "qaldirg‘ochlar" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini aytdi.

"Juda ham qiziqarli, shiddatkor va jangovor o‘yin guvohiga aylandik. Shu kabi uchrashuvlar muxlislarga yoqadi. Bugun stadionga kelgan ishqibozlar yaxshi, sifatli futbol ko‘rishdi. Qo‘qondan tashrif buyurgan muxlislarga katta rahmat aytaman. Garchi ular uylariga tushkun kayfiyatda qaytishayotgan bo‘lsada, futboldan zavq olishdi, deb o‘ylayman.

Natijadan qoniqdik. O‘yinda ko‘plab vaziyatlar yaratdik. Lekin ulardan foydalanish koeffisiyenti past. Bugun chiziqlar orasida biroz bo‘shliq paydo bo‘ldi. Ayrim futbolchilarimiz terma jamoa ixtiyoridan yetib kelishgani bois biroz toliqish bo‘ldi. Ammo bu futbolda bo‘lib turadigan narsa.

- Eldor Shomurodovning o‘yini xususida fikringiz qanday?
- Eldor Shomurodovning o‘yini qoniqarsiz. Avvalambor Eldor iqtidorli futbolchi sanaladi. Individual jihatdan ham kuchli futbolchi. Ammo bu yilgi o‘yinlari ancha pasaydi. Omadi chopmayapti, demagan bo‘lardim. Shomurodov o‘z ustida ishlashni pasaytirib yubordi. Uning hayoli chetga ketish shekilli. Futbolchi shartnomasi tugagunga qadar o‘ynab berishi kerak. Futbolni majburan yoki tanish-bilishchilik bilan o‘ynatib bo‘lmaydi.
Yaqinda unga statistikani ko‘rsatdim, hujumchi uchun gol muhim. Shomurodov esa joriy mavsumda hali chempionatda birorta gol urgani yo‘q. Imkon qadar Shomurodov bilan alohida gaplashib, uning holatini yaxshilashga harakat qilyapman. Umid qilamanki, davralar oralig‘ida o‘z sport formasini tiklaydi va ikkinchi davrada o‘zini yaxshi taraflama ko‘rsatadi.

- Yoshlar bilan ishlash qiyin bo‘lmayaptimi?
- Tarkibda 16-17 yoshli futbolchilar yo‘q. 20 yoshdan oshgan futbolchilarni yosh deyishni bas qilish kerak. Tarkibdagi futbolchilarimizning barchasi qizlar bilan gaplashadigan bo‘lgan, ularni nimasi yosh? Mana oddiy misol, "Ayaks"ni qarang? Bular allaqachon ulg‘ayishi kerak.

- "Qo‘qon-1912" jamoasi o‘yini haqida qanday fikrdasiz? Bugun ularning mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘yildi...
- "Qo‘qon-1912" juda yaxshi jamoa. Hasanov ajoyib jamoani shakllantirmoqda. Tarkib jihatdan ham yaxshi futbolchilar yig‘ilgan. Legioner hujumchi Rayevas ham yaxshi imkoniyatlarga ega futbolchi. Biz ham bu o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik" - dedi Qosimov.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 22:13, 16.06.2017.
O'qildi: 6641 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.