Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Muxlislar Samvel Babayan iste’fosini talab qilib petisiya yaratishdi

Muxlislar Samvel Babayan iste’fosini talab qilib petisiya yaratishdi

Baho:
+10 | -

Fuqarolarning hukumat idoralariga murojaatlarini chop etish bilan shug‘ullanuvchi Change.org saytida O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayanning iste’fosini talab qilib petisiya – talabnoma yaratildi.

Petisiya O‘zbekiston futbol federasiyasi rahbari Mirabro Usmonovga qaratilgan bo‘lib, uni saytga joylashtirgan shaxs o‘z nomini ma’lum qilmagan va «O‘zbekistonlik muxlislar» deb imzo chekkan.

Petisiyaning mazmuni quyidagicha:

«Hurmatli Mirabror Zufarovich, biz sizdan “O‘ZBEKISTON MILLIY TERMA JAMOASI BOSH MURABBIYI SAMVEL BABAYANNI DARHOL O‘Z LAVOZIMIDAN OZOD QILISH VA XORIJDAN KUCHLI MUTAXASSIS JALB ETISH ” xususida amaliy yordam ko‘rsatishingizni so‘raymiz!

Muhim o‘yinlardagi ketma-ket mag‘lubiyatlari va qo‘pol strategik xatolariga qaramay, O‘zbekiston Futbol Federasiyasi 2017 yil 15 iyun kungi majlisidan so‘ng, Babayan va uning boshchiligidagi murabbiylar shtabiga saralash yakuniga qadar imkoniyat berishga qaror qilganini ma’lum qildi.

Ikki oydan so‘ng bo‘lib o‘tadigan ikki muhim o‘yin arafasida bizdan ancha kuchli bo‘lgan, guruhda bizdan ham yaxshiroq holatda turgan Janubiy Koreya Futbol Federasiyasi ham o‘z murabbiyini iste’foga chiqardi va bu bilan avgust-sentyabrda Eron va O‘zbekistonga qarshi o‘tadigan “Rossiyaga borish” chiptasini beruvchi o‘yinlar uchun kuchli mutaxassis jalb qilish va muhim o‘yinda O‘zbekistonni yengib Jahon Chempionati-2018ga chiqish imkoniyatini O‘zbekistondan tortib olish istagini yaqqol namoyon qildi.

Hozir O‘zbekiston milliy terma jamoasida juda ham ajoyib imkoniyat bor va bu ish uchun salohiyati yetarli bo‘lmagan murabbiyning saqlab qolinishi muxlislarga nisbatan hurmatsizlikdir. Muxlislarning 25 yillik orzularini ikki dona o‘yin ro‘yobga chiqaradigan lahzalarda turibmiz. Shunday muhim pallada O‘zbekiston Futbol Federasiyasining Samvel Babayanga imkoniyat berish qarori ba’zi muxlislarning keskin tanqidiga uchradi va biz muxlislar uning shu paytgacha qilib kelgan xatolari, xalqaro miqyosdagi mutaxassis emasligi, jamoaga o‘yinchi tanlashda ishlatadigan chidab bo‘lmas nohaqliklari va boshqa o‘nlab omillar sabab S. Babayan imkoniyat berishga haqli deb hisoblamaymiz. Milliy Terma Jamoa S. Babayanning otasidan qolgan mulki emaski, unga imkoniyat berishda davom etilsa! Jahon Chempionatiga chiqa olinmagan taqdirda, Babayanni iste’foga chiqarish bilan muxlislarning qalbidagi yaralarini yuvib bo‘lmaydi.

Sizdan ayni damda milliy terma jamoani boshqarib turgan Samvel Babayanni lavozimidan ozod etish va zudlik bilan xorijdan kuchli mutaxassis jalb etish masalasini navbatdan tashqari tartibda ko‘rib chiqishingizni o‘tinib so‘raymiz» - deyiladi.

Petisiyani joylashtirgan shaxs uni O‘FF rahbariga yetkazilishini ta’kidlagan. Ayni paytda unga 24ta fuqaro imzo chekkan. 

Manba: change.org
Kiritildi: 23:01, 16.06.2017.
O'qildi: 23309 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик