Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Zohir Pirimov: "Birinchi davradan so‘ng keyingi taqdirim haqida o‘ylab ko‘raman"

Zohir Pirimov: "Birinchi davradan so‘ng keyingi taqdirim haqida o‘ylab ko‘raman"

Baho:
+ | -

14-tur doirasida “Buxoro” Toshkentning “Bunyodkor” jamoasini qabul qiladi. Ushbu uchrashuvdan oldin “Buxoro” yarim himoyachisi Zohir Pirimov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Avval o‘tgan “Lokomotiv”ga qarshi uchrashuv haqida o‘z fikrlarimni bildirib o‘tsam. “Loko”ga qarshi o‘yinda kamida durang natijaga loyiq edik. Biz hisobda oldinga chiqib olganimizdan keyin, ancha tajribali jamoa sanalgan “Lokomotiv” klubi o‘yinni jiddiy tarzda kuchaytira oldi. Afsus-ki, uchrashuv oxirida o‘z xatolarimiz evaziga imkoniyatni boy berib qo‘ydik.

Endi bor etiborni navbatdagi uchrashuvga qaratishimiz kerak. Keyingi raqibimiz ham ancha jiddiy. Garchi “Bunyodkor” turnir jadvalida quyi pag‘onalarda borayotgan bo‘lsa-da, yaqinda ushbu jamoada murabbiy almashdi. Mirjalol Qosimov ancha tajribali murabbiy sanaladi. Uning jamoasiga qarshi o‘ynash juda qiyin. Hozir biz bu uchrashuvga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Ijobiy natijaga erishishimiz uchun biz o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni namoish etishimiz shart”-dedi Pirimov.

-Sizni maydonda kamdan-kam hollarda ko‘ramiz. Bu nima bilan bog‘liq? Balki jarohatingiz bordir?

-Menda hech qanday jarohat yo‘q. Men hamma qatori mashg‘ulotlarda ishlayapman. Asosiy tarkibda kim maydonga tushishini esa murabbiylar hal qilishadi. Men hamma vaqt maydonga tushib jamoamga yordam berishga tayyorman. Hozir bor e’tiborimni birinchi davraning oxirgi ikki uchrashuviga qaratganman. Birinchi davra yakunlanganidan keyin keyingi taqdirim to‘g‘risida o‘ylab ko‘raman. Har qanday futbolchi muntazam ravishda o‘yin amaliyotiga ega bo‘lib turishni xoxlaydi.

-Endi mavzudan chetlashsak va MTJ haqida suhbatlashsak. Yaqinda UFF Babayan boshchiligidagi murabbiylar shtabini saralash bosqichini oxiriga yetkazib qo‘yish uchun imkoniyat berdi. Umuman MTJning imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

-Milliy terma jamoamizning imkoniyati Janubiy Koreya mag‘lub bo‘lgandan keyin yana o‘z qo‘liga o‘tdi. Xitoyga qarshi kechadigan bahsda qanday bo‘lmasin g‘alaba qozonishimiz shart. So‘nggi uchrashuvni Koreyaga qarshi  o‘z maydonimizda o‘tkazamiz, bu esa bizga ustunlik berishi mumkin. Muxlislarga murojaat qilmoqchi man. Keling MTJga ishonishda davom etaylik. Ularga ruhiy bosim o‘tkazishdan foyda yo‘q, bugun ularga dalda berib turishimiz kerak. Ularga o‘z kuchlariga ishonch hosil qilishga yordam beraylik. Qaror qabul qilingan, nima bo‘lgan taqdirda shu murabbiylar keyingi ikki uchrashuvga termani tayyorlashadi.

Manba: pfcbuxoro.com
Kiritildi: 11:08, 18.06.2017.
O'qildi: 3341 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.