Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Atletik Bilbao 2-2 Osasuna
12/05 15:30 Lasio 2-0 Empoli
12/05 17:00 Kadis 1-0 Xetafe
12/05 18:00 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/05 18:00 Verona 1-2 Torino
12/05 19:00 Neftchi 2-2 Andijon
12/05 19:00 So‘g‘diyona 1-2 Navbahor
12/05 19:15 Atletiko 1-0 Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted 0-1 Arsenal
12/05 21:00 Yuventus 1-1 Salernitana
12/05 21:30 Valensiya 0-0 Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta 2-1 Roma
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel - Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 21:30 Lechche - Udineze
13/05 23:45 Fiorentina - Monsa
14/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
14/05 00:00 Barselona - Real Sosyedad
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti

Yevropaning top-7 chempionati yakunlari raqamlarda

Yevropaning top-7 chempionati yakunlari raqamlarda

Baho:
+2 | -

Yevropadagi 7ta eng kuchli milliy chempionat yakunlari.

SARIQ KARTOCHKA  

Avvalgi ikki mavsum yakunlarini solishtirsak, oxirgisida aksariyat chemptonatlarda sariq kartochkalar soni kamaydi. Aniqroq aytsak, bu borada birgina Angliya premyer-ligasida o‘sish, qolgan 6ta birinchilikda esa pasayish kuzatildi. Angliyalik hakamlar mavsum-2015|2016da har bir o‘yinda o‘rtacha hisobda 3,19 marta «sariq» bergan bo‘lsalar, yakunlangan chempionatda bu ko‘rsatkich 3,71ga oshdi. Maksimal darajadagi pasayish esa «A» seriyasida qayd etildi: o‘rtacha hisobda 5,08ta ogohlantirish o‘rniga 4,52ta. Odatga ko‘ra, sariq kartochkalar masalasida eng yuqori ko‘rsatkichlar yana Ispaniya va Portugaliya  chempionatlariga tegishli bo‘ldi. Hakamlar La-liganing 1ta o‘yinida o‘rtacha hisobda 5,16 marta sariq kartochka ko‘rsatdilar, Portugaliya primerosida esa 4,73 marta. Fransiya (3,40ta) va Rossiya (3,70ta) birinchiligiga tegishli o‘rtacha ko‘rsatkichlar esa eng pasti hisoblanadi.

QIZIL KARTOCHKA

Angliyada sariq tusli kartochkalar soni oshgan bo‘lsada, «qizil» sezilarli darajada kamaydi. Ya’ni 380ta o‘yinga bor-yo‘g‘i 41ta chetlatish to‘g‘ri keldi. Bir yil oldin «qizil»lar soni 59taga yetgandi. Demakki, APL futbolchilar ancha ehtiyotkor o‘ynashgan. Umuman, Angliya chempionatining bitta o‘yiniga o‘rtacha hisobda 0,11ta qizil kartochka to‘g‘ri keldi va bu boshqa ligalardagi ko‘rsatkichdan juda-juda past. Ha, Germaniyada ham «qizil»lar soni kam. Ammo bir yil oldingi mavsumga nisbatan olganda, birgina bundesligada o‘sish qayd etildi - o‘rtacha 0,13ta o‘rniga 0,18ta chetlatish. Portugaliyada esa «qizil» masalasidagi o‘rtacha ko‘rsatkich sezilarli darajada tushdi - 0,39dan 0,26ga.

TO‘PURARLAR

Mavsum-2016|2017 bo‘yicha «Oltin butsa» laureatiga aylangan Lionel Messi golga kam vaqt sarflash masalasida ham 7ta liganing eng yaxshi to‘purarlari orasida 1-o‘rinni egalladi. Argentinalik futbolchi primeroda «Barselona» uchun o‘rtacha hisobda har 76,5 daqiqada 1ta gol urdi. E’tiborlisi, tahlil uchun olingan 7ta ligadan 5tasining bosh goleadori 1ta to‘liq o‘yin uchun 1tadan ko‘proq gol natijasiga ega. Faqat Edin Jeko («Roma») va Fyodor Smolov («Krasnodar») «90 daqiqada 1ta yoki ko‘proq gol» qoidasiga amal qila olishmadi. «A» seriyasi bosh to‘purari har 105,3 daqiqada gol quvonchini tuygan bo‘lsa, Rossiya premyer-ligasi vakilida bu ko‘rsatkich 107,4 daqiqani tashkil qildi. Lekin Smolov boshqa masalada maqtanishga haqli - «Krasnodar» hujumchisi xuddi Garri Keyn («Tottenxem») kabi ketma-ket ikkinchi marta chempionatning bosh goleadori bo‘ldi. Aytgancha, u avvalgi mavsumda golga kam vaqt sarflash masalasida ingliz futbolchisini ortda qoldirgandi (127 daqiqaga 134,8 daqiqa ko‘rinishida).

MUXLISLAR

Butun mavsum davomida rossiyaliklarni bitta masala qiziqtirdi: mahalliy premyer-liga muxlislarning o‘rtacha tashrifi bo‘yicha Portugaliya primerosidan o‘zib keta oladimi? Chunonchi, bir yil oldingi holat 11000 - 10800 ko‘rinishida edi. Oxirgi mavsumda garchi Rossiyaning o‘zida muxlislar tashrifi 11400ga oshgan bo‘lsada, Portugaliya chempionatida bu boradagi o‘sish yanada ko‘proq bo‘ldi. Ya’ni liga doirasidagi har bir o‘yin o‘rtacha hisobda 11800 muxlis to‘pladi. Achinarlisi, bundesligada oxirgi yillar hisobidan ilk marta muxlislar soni kamaydi. Aniqroq aytsak, o‘rtacha ko‘rsatkich 43300dan 41500ga tushdi. Ammo shubha yo‘q, Germaniyada keyingi mavsum muxlislar oqimi yana oshadi. Zero, sig‘imi bo‘yicha katta arenalarga ega «Shtutgart» va «Gannover» jamoalari bir yillik tanaffusdan so‘ng elitaga qaytdi. Kuchlilar safini esa «Ingol-shtadt» va «Darmshtadt» kabi eng kichik stadionlarda o‘ynaydigan klublar tark etdi.

7ta ligada eng ko‘p va eng kam sariq kartochka olgan jamoalar

Angliya: «Uotford» — 87ta (o‘rtacha - 2,29ta). «Liverpul» va «Bornmut» — 54tadan (o‘rtacha - 1,42ta)

Ispaniya: «Alaves» — 139ta (o‘rtacha - 3,11ta). «Barselona» — 74ta (o‘rtacha - 1,95ta)

Italiya: «Empoli» — 107ta (o‘rtacha - 2,82). «Napoli» — 58ta (o‘rtacha - 1,53)

Germaniya: «Ayntraxt» F. - 85ta (o‘rtacha - 2,50ta). «Bavariya - 47ta (o‘rtacha - 1,38)

Fransiya: «Tuluza» — 89ta (o‘rtacha - 2,34). «Monpelye» — 46ta (o‘rtacha - 1,21)

Portugaliya: «Feyrenshe» — 97ta (o‘rtacha - 2,85). «Benfika» — 58ta (o‘rtacha - 1,71)

Rossiya: «Tom» — 73ta (o‘rtacha - 2,43). SSKA - 37ta (o‘rtacha - 1,23)

«Barselona», «Napoli» va «Ayntraxt» F. klublari bir yil oldin ham bu ro‘yxatga tushgandi.

7ta ligada eng ko‘p va eng kam qizil kartochka olgan (yoki olmagan) jamoalar

Angliya: «Vest Xem», «Uotford» va «Xall Siti» — 5tadan. «Chelsi», «Tottenxem», «Liverpul», «Vest Bromvich», «Kristal Pelas» va «Suonsi» — 0

Ispaniya: «Selta» — 8ta. «Barselona» — 1ta

Italiya: «Milan» — 12ta. «Yuventus» — 0

Germaniya: «Mayns» — 7ta. «Bavariya» — 0

Fransiya: «Bastiya» — 14ta. «Marsel» — 1ta

Portugaliya: «Tondela» — 9ta. «Setubal» — 0

Rossiya: «Rostov» — 8ta. SSKA va «Arsenal» - 1tadan

«Tottenxem», «Barselona», «Bastiya» va SSKA klublari o‘tgan yili ham mazkur ro‘yxatga tushgandi.

7ta ligada eng ko‘p va eng kam muxlis to‘plagan jamoalar (o‘rtacha ko‘rsatkich)

Angliya: «MYU» — 75,3 ming. «Bornmut» — 11,2 ming

Ispaniya: «Barselona» — 78,6 ming. «Eybar» — 5,2 ming

Italiya: «Inter» - 47,9 ming. «Krotone» — 7,9 ming

Germaniya: «Borussiya» D. - 79,7 ming. «Ingolshtadt» — 14,6 ming

Fransiya: «PSJ» — 45,2 ming. «Monako» — 9,4 ming

Portugaliya: «Benfika» — 56 ming. «Aruka» — 1,7 ming

Rossiya: «Spartak» — 32,8 ming. «Tom» — 4,5 ming

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:23, 19.06.2017.
O'qildi: 6024 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.