Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi

Sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi

Baho:
+ | -

15-18 iyun kunlari Xitoy Taypeyi mamlakatida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi ham to‘lik tarkibda ishtirok etdi. Sportchilarimiz qit’a chempionatida jami 15 ta medalga sazovor bo‘lishdi. Ularning 3 tasi oltin, 3 tasi kumush va 9tasi bronza medallaridir.

Erkin kurash bo‘yicha terma jamoamiz a’zolaridan Jahongirmirzo Turobov (-55 kg.) va Hasan Rahimov (-120 kg) musobaqada barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib Osiyo chempionligini tantana qilgan bo‘lishsa, Isa Shapiyev (-74 kg.) hal qiluvchi bellashuvda imkoniyatni boy berib, kumush medali bilan cheklandi.

Rustambek Jo‘rayev (-50kg.), Abbos Rahmonov (-60 kg.) Javrail Shapiyev (-84kg.) va Ibrohim Ilxomjonov (-96kg.) bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. Natijada erkin kurash bo‘yicha terma jamoamiz umumjamoa hisobida Osiyo chempionatini Eron termasidan so‘ng faxrli 2-o‘rinda yakunladi. Uchinchi o‘rindan esa qozog‘istonlik polvonlar joy olishdi.

Yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlarda ham mamlakatimiz sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi va 4 ta medalga ega chiqishdi. 96 kg. vazn toifasida gilamga chiqqan Temur Mirzo Mamajonov barcha raqiblari kuragini yerga tekkazib oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Jalgasbay Berdimuratov (-74 kg.) kumush medaliga sazovor bo‘ldi. Jasurbek Ortiqboyev (-50 kg.) va Mahmud Baxshilloyev (-66 kg.) esa bronza medaliga loyiq ko‘rilishdi. Yakunda klassik uslubdagi polvonlarimiz umumjamoa hisobida Eron, Qozog‘iston va Hindiston terma jamoalaridan so‘ng 4-o‘rinni egallashdi.

Va nihoyat ayollar kurashi bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari delegasiyamiz hisobiga 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘shib qo‘yishdi. Baxtigul Baltaniyazova (-67 kg.) faqatgina final bahsida raqibiga imkoniyatni boy berib kumush medal bilan kifoyalandi. Aktenge Keunimjayeva (-48 kg.), Nodira Sobirova (-51kg.) va Xadicha Najimova (-59kg.)lar musobaqani kuchli uchlikda yakunlab, bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. Yunon rum va ayollar kurashi bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari poytaxtimizga kecha qaytib kelishdi. Erkin kurashchilarimiz esa ertaga, 20 iyun kuni Toshkentga yetib kelishadi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 17:37, 19.06.2017.
O'qildi: 3517 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.