Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Vadim Abramov: «Aziz Haydarov va Odil Ahmedovga achinaman»

Vadim Abramov: «Aziz Haydarov va Odil Ahmedovga achinaman»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi JCH-2018 saralashi doirasida Eronga qarshi kechgan uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradi. Garchi raqib ancha kuchli bo‘lsa-da, muxlislar baribir, terma jamoamizdan g‘alaba kutishgandi. Ammo umidlar oqlanmadi. Xo‘sh, mag‘lubiyatga nimalar sabab bo‘ldi? Biz o‘tgan vaqt davomida O‘zbekiston terma jamoasini boshqargan mutaxassislar bilan suhbatda bo‘lib, ularning o‘yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdik. Mutaxassislar quyidagi uch savolga javob berishdi:

1. Eron - O‘zbekiston o‘yini haqidagi umumiy fikrlar.

2. O‘zbekiston terma jamoasi Tehronda o‘tgan avvalgi bahsda Eronni mag‘lub etgan edi. Bu safar nima o‘zgardi - O‘zbekiston kuchsizlandimi yoki Eron kuchayganmi?

3. Samvel Babayan ayni vaqtdagi tarkibni o‘zbek futboli tarixidagi eng kuchlisi, deb aytgan edi. Ammo Eronga qarshi kechgan bahsda o‘zbek futboli tarixidagi eng kuchsiz jamoa maydonga tushdi, degan fikrga qo‘shilasizmi?

Vadim Abramovning javoblari

1. Eron termasi bilan bo‘lgan o‘yinga qanday reja tuzilgani men uchun tushunarli, ammo u qay darajada amalga oshgani haqida biror narsa deyish qiyin. Bu uchrashuvda raqibning kuchsiz jihatlari bor edi va undan foydalansa bo‘lardi. Ammo termamiz buni uddalay olmadi. Hozir eronlik futbolchilar ishtirok etadigan aksar chempionatlarda mavsum yakuniga yetgan. Tabiiyki, futbolchilar horg‘in holatda bo‘lishadi. Bizda esa Qatar chempionatida to‘p suradiganlardan boshqa hamma eng yaxshi sport formasida bo‘lishi lozim edi. Har holda mavsum endi qizg‘in pallaga kirib bormoqda va bu ustunlikdan foydalansa bo‘lardi. Biroq foydalanilmadi.
Bevosita o‘yinning o‘ziga keladigan bo‘lsak, har ikki jamoa ham o‘zining eng yaxshi jihatlarini namoyish eta olmadi. Eron bundan kuchliroq o‘ynashi mumkin edi, O‘zbekiston terma jamoasida ham ochilmagan qirralar bor. Shunchaki, raqib bu uchrashuvdan nima istashini yaxshiroq tushunib turgandi va bir g‘alaba uchun nima qilish kerak bo‘lsa, o‘shani amalga oshira oldi.

2. Tehronda bo‘lib o‘tgan oxirgi o‘yindan so‘ng Eron terma jamoasi ancha kuchaygan. Har holda bir murabbiy jamoani butun boshli ikki sikl davomida boshqargandan keyin jamoaviy o‘yin borasida saviya oshishi turgan gap. Karlush Keyrush aqlli murabbiy. Eron terma jamoasi bizning guruhda yaqqol favorit ekani ko‘rinib turibdi. Biroq shu bilan birga raqib juda ham dahshatli o‘yin ko‘rsatib yuboryapti, demagan bo‘lardim. Shunchaki, Eron tartibli o‘ynab, yuzaga keladigan imkoniyatlardan imkon qadar unumli foydalanmoqda. Albatta, bu ham murabbiy olib borgan ish samarasi.

3.     Samvel Babayanning gaplariga izoh berish mening vakolatimda emas. Hammaning o‘z fikri bo‘ladi va uning nazdida ayni vaqtdagi tarkib o‘zbek futboli tarixidagi eng kuchlisi bo‘lishi mumkin. Bu savolni unga berish kerak. Men esa mutlaqo boshqacha fikrdaman.

To‘g‘risini aytsam, agar mana shu tarkib jahon chempionatiga chiqa olmaydigan bo‘lsa, bir qator futbolchilarga achingan bo‘lardim. Xususan, Odil Ahmedov va Aziz Haydarov hozir ayni kuchga to‘lgan vaqtda. Agar ular mundialda ishtirok eta olishmasa, bu hammamiz uchun achinarli bo‘lishi muqarrar. Biroq hali jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun real imkoniyat mavjud. Kurashni oxiriga qadar davom ettirish lozim.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:42, 20.06.2017.
O'qildi: 24863 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.