Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Abjag‘i chiqqan mashina (masal)

Abjag‘i chiqqan mashina (masal)

Baho:
+5 | -

O‘rmonda shov-shuv tarqaldi: yangi mashina yaratilibdi.

— Biz bu mashina bilan hayvonlar o‘rtasidagi o‘rmon chempionatida g‘olib chiqmoqchimiz. Shuning uchun unga munosib biror-bir hayvonni tanlashimiz kerak.

— Bo‘ri, — deyishdi hayvonlar, — u qo‘rqmas, dovyurak.

— Tulki, — dedi ba’zilar. — u ayyor, qachon nima qilish kerakligini biladi.

Xullas, majlisda turli fikrlar bildirildi. Axiyri, sher majlis tugaganligini e’lon qildi va a’yonlari bilan xosxonasiga yo‘l oldi.

— Nima qilamiz, — dedi uning laychasi chiyabo‘ri. — Kimni bosh qilamiz?

— Boshim qotib qoldi-ku. Biror varianting bormi?

— Agar yo‘q demasangiz…

— Gapir…

— Shu jirafa og‘a bor-ku, yuqoridagi bo‘ynini qayerga uzatsa yetadi. O‘sha ayiqpolvon degan jiyanini tavsiya qilgandi. Nima deymiz?!

— Ayiqpolvon, mayli, og‘aning hurmati bor.

— Lekin tashqaridagilarga nima deymiz?

— Shuyam muammomi, ertaga yana majlis o‘tkaz. Hammasini o‘zim tushuntiraman.

* * *

— Muhtaram hayvonlar, — deya nutq boshladi sher. — Biz chuqur mulohaza yuritgan holda bir qarorga keldik. Yangi mashinamizni bu borada yetarlicha tajriba oshirgan ayiqpolvonga topshiramiz. Biz ishonamiz, ayiq polvon, albatta, bu mashinani ko‘zlangan manzilga yetkazadi. Bizga ishonavering.

Xullas, ayiqpolvon mashinani qabul qilib oldi va bir haftadan keyin bo‘ladigan poygaga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Ammo u mashinani yaxshi tushunmasdi. Ballonlarni almashtirolmas, tormozlarning ishlash funksiyasini tushunmas, qachon to‘xtatish kerag-u, qachon tezlashish lozimligini bilmasdi. Natijada mashinaning abjag‘ini chiqardi. Ya’ni marraga yaqin qolganida sekinlashtiruvchi tormozni bosib yubordi-da, borini rasvo qildi.

— Xo‘sh, — dedi chiyabo‘ri ayiqpolvonga g‘azab bilan tikilib. — Bu nimasi, mashinaning dabdalasini chiqaribsan-ku! Endi sherga nima deymiz?

— Bilmasam, — dedi ayiq yelka qisib.

— Menga qara, ikki bochka asal ol, xushomadni tilingdan qo‘yma. Ora-orada jirafaboyni ham qistirib o‘t. Keyin bu safar, albatta, g‘olib bo‘laman, deb va’da ber. Tushundingmi?

— Xo‘p…

Ayiqpolvonning asali sherni bir zumda yumshatdi.

— Hech qisi yo‘q, — dedi u asalni yalab, boshini sarak-sarak qilarkan. — Nasid qilsa, bu safar yutasan, to‘g‘rimi? Mashinani ham tuzatib olamiz. Yangi ballonlar ol, tormozini almashtir. Hozirgisi yaroqsiz bo‘lib qoldi.

— Bo‘pti, anavi o‘rmon chekkasidagi do‘konda yangi ballonlar tayyorlasharkan, shundan olaqolaman.

— Bu nima deganing? Bizning doimiz mijozimiz bor. Ana, huv naridagi Fil boy bor-ku, o‘shaning tormoz-u ballonlaridan ol. Har holda, qadrdon.

— Uning ballonlari chidarmikan?

— Bu yog‘i bilan ishing bo‘lmasin, tag‘in boshqa joylardan izlab yurma, xo‘pmi? Fil og‘aning ko‘nglini qoldirmaslik kerak. Endi boraqol.

Ayiq xursand holga tashqariga chiqdi. U haydovchi bo‘lishning eng zo‘r yo‘lini o‘zlashtirib olgandi. Endi har doim Fil og‘aning ballon-u, tormozlar xarid qilar, har bir musobaqadan oldin esa har ehtimolga qarshi bir bochka asal tayyorlab qo‘yardi.

— Bu senga, — dedi bir kuni Sher chiyabo‘rini yoniga chaqirib. — Bu endigina chiqqan mashina, hali yosh. Yaxshilab ta’mirlab, kuchaytirish kerak. Buni boshqaradigan tanishlaring bormi?

— Ha, — dedi chiyabo‘ri yaltoqlanib. — Ana, ayiqqa yordam berib yuradigan toshbaqa borku, o‘sha. Kecha men ham mustaqil biror mashina boshqarsam, degandi.

— Bo‘pti, unda o‘shanga beraqol. O‘zi yaxshimi?

— Gap bo‘lishi mumkinmas. Muhimi, asalni juda yaxshi ko‘radi.

Bu Sherga moyday yoqib tushdi. So‘ng yangi mashinaning kalitini chiyabo‘riga topshirdi-da, iniga kirib ketdi.

Oradan bir qancha vaqt o‘tib, chiyabo‘rining huzuriga toshbaqa kirib keldi. Yonidagi yoshgina mashinaning abjag‘i chiqib ketgan, qo‘lida esa asal turardi…

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:28, 21.06.2017.
O'qildi: 9794 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.