Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Babayan «mashvarat»ga kelganida nimadir o‘zgararmidi?

Babayan «mashvarat»ga kelganida nimadir o‘zgararmidi?

Baho:
+ | -

Ayni damda ko‘pchilik Samvel Babayanning ochiq savol-javobga, “mashvarat”ga kelmaganini, buning o‘rniga Rossiyaga jo‘nab qolganini tanqid qilmoqda. Bir tomondan chindan ham bu ish noto‘g‘ri bo‘ldi — shu paytgacha bosh rollardan birini ijro etgan Samvel bu yog‘iga ham rolidan chekinmasligi lozim edi. Tuzuk sakrolmaydigan Lobanov, qo‘pollikdan boshqasiga yaramaydigan Hoshimov, tekis maydonda jarohat oladigan Andreev va golga allergiyasi bor Sergeevlarni maydonga tushirgani uchun javob berishi lozim edi. Muxlislarning savollariga javob berib o‘zini oqlashga urinishi yoki umuman shu paytgacha ko‘rsatgan hunarlariga javob berishi kerak edi. Biroq “mashvarat”ni ko‘rib shunga amin bo‘ldikki, Babayan kelgan taqdirda ham hech narsa o‘zgarmas ekan.

Birinchidan, ssenariyga ko‘ra Babayan qatnashmasligi kerak bo‘lgan. Chunki u zimmasiga yuklatilgan ishni qildi, bu yog‘iga bor mas’uliyatni federasiya zimmasiga oldi. Juda puxta o‘ylangan reja — ular ham jabrdiyda rolida, aybdor Babayan esa yo‘q, u “xijolatpazlik”dan qochib yuribdi, demak, zalda aybdorning o‘zi yo‘q. Shunda ham yaxshi-yaxshi savollar berilgandi, biroq javob berishi kerak bo‘lgan shaxslar aravani quruq olib qochishdi, bu ssenariyning bir qismi edi, garchi ayrim savollar ssenariydan tashqari berilgan bo‘lsa-da, mas’ul shaxslar javobni qoyilmaqom tarzda silliqlashdi. Eng alamlisi, hech kim hatto savol bergan jurnalist ham, boshlovchi ham “Bu javob bizni qoniqtirmadi, aniqroq javob bering”, demadi, deya olmadi. Ehtimol, o‘sha zalda o‘tirganlarni javoblar qoniqtirgandir, ammo bizni qoniqtirmadi. Beixtiyor o‘ylab qoldim, xo‘sh, Babayan kelganida nimani so‘ragan bo‘lardim. 

Davomi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:30, 22.06.2017.
O'qildi: 11010 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик