Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Ahrol Inoyatov Babayanning qochib yurgani haqida aytib, yahudiylardan o‘rnak olishga chaqirdi

Ahrol Inoyatov Babayanning qochib yurgani haqida aytib, yahudiylardan o‘rnak olishga chaqirdi

Baho:
+ | -2

21 iyun kuni Xalqaro press-klubda bo‘lib o‘tgan «O‘zbekistonda sport: yangi vazifalar, olimpiya harakati va sog‘lom turmush tarzi» mavzusidagi anjumanda O‘FF qoshida tashkil etilgan Kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashish qo‘mitasi boshlig‘i Ahrol Inoyatov ham ishtirok etdi va jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga javob qaytardi.

Ahrol Inoyatovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan o‘zini-o‘zi tanimayapti va stadionlarga kelmay, qochib yuribdi. Shu boisdan ham uni qo‘llab-quvvatlash kerak.

"Hozir Babayan o‘zini-o‘zi tanimayapti. Qochib yuribdi, stadionlarga kelmayapti. Yomon desang, yomon bo‘lib ketaveradi. Yordam beraylik, yomon bo‘lib ketmasin. Imkoniyatimiz bor-ku.

Yigitlar, 2 oy qoldi. Ichimizda har xil niyatlarimiz bor. Yaxshi ko‘ramizmi, yomon ko‘ramizmi shu 2 oy ichida uni qo‘llashimiz kerak" - dedi Ahrol Inoyatov.

Samvel Babayan matbuot anjumani oldidan Konfederasiyalar kubogini tomosha qilish uchun Rossiyaga jo‘nab ketgandi. Xalqaro press-klub raisi Sherzod Qudratxo‘jayevning ma’lum qilishicha, milliy terma jamoa murabbiyi anjumanga taklif etilmagandi.

Yig‘ilishda Samvel Babayan shogirdlari g‘olib chiqayotganida hech kim uni tanqid qilmagani, yutqazishni boshlaganida esa jamoa tanqidlar yomg‘iri ostida qolib ketganiga urg‘u berildi.

"Yaxshi kunda o‘rtoqmiz, yomon kunida ketdingiz. Nega yutgan vaqtlarida negativ fikr bermadik bittamiz ham? Birorta murabbiy yomon so‘z aytmadi" - dedi Ahrol Inoyatov.

Ma’lumot uchun: Samvel Babayan boshqaruvida O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida o‘zidan keyingi o‘rinlarda turuvchi jamoalarnigina mag‘lub etdi. O‘zidan kuchli bo‘lgan Eronga ikki marta, Janubiy Koreyaga esa bir marta yutqazdi. Beqaror vaziyat hukmronlik qilayotgan Suriya futbolchilari ham O‘zbekiston termasidan ustun kelishning uddasidan chiqa oldi.

Solishtirish uchun: 2014 yilgi JCH saralashida Vadim Abramov boshqaruvidagi jamoa Yaponiyani taslim qilishga muvaffaq bo‘lgandi. Keyinroq Mirjalol Qosimov shogirdlari Janubiy Koreya bilan durang o‘ynab, safarda Eronni mag‘lub eta olgandi. Samvel Babayan hal qiluvchi saralashning sakkiz o‘yinida 12 ochko ishladi, to‘rt yil avval deyarli shu raqiblarga qarshi yetti o‘yinda Mirjalol Qosimov jamoasi 14 ochko olishni uddalagandi.

Ahrol Inoyatov fikrlar orasida Samvel Babayan tomonidan O‘zbekiston termasining hozirgi avlodi tarixdagi eng zo‘ri deb e’lon qilinganiga ham munosabat bildirdi.

"Bizning terma zo‘r deydi, hech qachon shunday bo‘lmagan deydi. Qani Mirjalol, Shkvirin, Pyatniskiy, Kechinovlar vaqti? Nima, 94 yilgi jamoa yomonmidi? Yaxshi edi. Bu termadan yomon emasdi" - dedi Ahrol Inoyatov.

So‘zining yakunida Inoyatov vaziyatdan chiqish uchun «bunisi ham yaxshi», deb qo‘shib qo‘ydi. Avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Server Jeparov ham Samvel Babayan qo‘li ostidagi tarkib eng kuchlisi emasligiga sha’ma qilgandi.

Ahrol Inoyatov fikrlari orasida yahudiylardan o‘rnak olish mumkinligini ta’kidladi:

"Evreylar hech qachon o‘z bolasini yomon demaydi. Sen aqllisan, sen yaxshisan, sen zo‘rsan, sendan yaxshi futbolchi, yaxshi olim chiqadi deydi. Biz hozir buni yomonlayversak, mog‘orlab ketadi" - dedi Ahrol Inoyatov.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:22, 22.06.2017.
O'qildi: 13833 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.