Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Bu borada Joze Kloppning oldida ip ham esholmaydi!

Bu borada Joze Kloppning oldida ip ham esholmaydi!

Baho:
+ | -

Futbolda murabbiylar asosiy ijrochilardan sanalishadi. Chunki jamoaning g‘alabasiga ham, mag‘lubiyatiga ham aynan klub ustozlari sababchi hisoblanishadi. Millionlar o‘yini ehtiroslarga boy ekanligi hech kimga sir bo‘lmasa kerak. Buni qarangki, ba’zi murabbiylar ana shu ehtiroslar qarshisida ojiz qolishar va maydonda eng jahldor insonga aylanishar ekan. Biz esa sahifamizda ana shunday jahldor murabbiylar reytengini berib o‘tishga qaror qildik.

10. Delio Rossi

Delio Rossi Italiyada xarakteri og‘ir murabbiylardan biri sanaladi. U B seriyadagi «Salernitani» jamoasidan ikki marotaba haydalgan va yana klubga qaytgan. Bir marta «Lasio» muxlislari Rossini to‘g‘ri klub bazasigacha quvib borishgan. Bu ham yetmagandek, Delior Rossi turli klublar prezidentlari bilan ham janjallashishga ulgurgan. U oxirgi yarim yillikda ikki bor Italiyaning eng aqldan ozgan murabbiyi qilishi mumkin bo‘lgan tentaklikni amalga oshirdi. Avval o‘zini istehzo ohangida olqishlagan Adam Lyaichni kaltaklagan va serb millatini haqoratlashdan o‘zini tiya olmagan. Oqibatda Rossi «Fiorentina»dan bo‘shatilgan.

9. Nil Uornok

Mashhur «baqiroq» faoliyatini 1995 yilda «Xaddersfild» klubida boshlagan. O‘tgan yilda esa premyer-ligada «KPR»da ishladi, lekin muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng ishdan bo‘shatildi. Qayerda ishlamasin, Uornokda aql, tajriba yetishmadi. U ko‘pchilikni bezor qilgan xunuk odatlari — o‘yinchilarni kalamush deb haqorat qilish, o‘yindan oldin raqib jamoaning kiyinish xonasiga ayg‘oqchi jo‘natib, ularning taktikasidan boxabar bo‘lish, sheriklarini kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilish kabilardan voz kecha olmasdi.

6. Stole Solbakken

To‘rt yil oldin Solbakken «Rubin»ga qarshi o‘yinda aqlga sig‘mas darajadagi ahmoqlikka yo‘l qo‘yadi, uning jiddiy tarzda qilgan harakati ko‘pchilikning jahlini chiqargandi. «Vulverxepton» va «Kyoln» o‘rtasidagi uchrashuvda muvaffaqiyatsizlikka duch kelgan murabbiy keyingi mavsumda Daniya klubi bilan Chempionlar ligasida maqtanishga arzigulik natijalarni qo‘lga kiritadi.

5. Dan Petresku

Petreskuning chegara bilmas janjallari, albatta, «Dinamo»ning o‘yinlariga ham ta’sir ko‘rsatmay qolmadi. Bir qarashda bu u qadar vahimali emasdek tuyilgandi. Ehtirosli rumin murabbiyi Rossiya premyer-ligasida o‘ziga xos xarakteri bilan nom chiqargan, shu bois aksar hakamlar uning harakatlariga e’tibor bermasdi, lekin Petreskuning xurmacha qiliqlari chegara bilmasdi. Petres haddan tashqari jazavaga tushib gapirar, ammo shunda ham ko‘pchilik uni haddan tashqari befarosat yoki didsizga chiqarmas, Petreskuning harakatlarini uning hissiyotga beriluvchanligi bilan izohlashardi.

4. Jorje Jezush

Portugaliyalik mehnatgash murabbiy juda og‘ir yilni boshidan kechirgan. Dramatik o‘yinlardan birida «Benfika» so‘nggi daqiqalarda imkoniyatni boy beradi. Portugaliya kubogi doirasidagi bu mag‘lubiyatdan keyin Jezush Oskar Kardoso bilan bilan mushtlashadi. Milliy chempionat doirasidagi uchrashuvda esa «Gimaraynsh» mag‘lub etiladi, lekin o‘sha match davomida Jezush o‘yinni muxlislar qatorida turib kuzatishga majbur bo‘ladi.

3. Paolo Di Kanio

Bu insonni ham yuqoridagi murabbiylar singari o‘z hissiyotlarini jilovlay olmaydiganlar sirasiga kiradi. Uning murabbiylik faoliyatida o‘ziga xos harakatlar istagancha topiladi: kerak bo‘lsa, o‘yinchilar bilan janjallashgan, hakamlarning deyarli har bir harakatini tanqid ostiga olgan, yon hakamlarga e’tiroz bildirishdan charchamagan. Matbuot anjumanlarida ham isyonkorona fikrlari bilan ajralib turgan.

2. Joze Mourinyu.

Portugaliyalik mutaxassisning antiqa, noodatiy fikrlari, futbolchilaru futbol jamoatchiligi bilan janjallari haqida ko‘pchilik eshitgan bo‘lsa kerak. Umuman, Jozening g‘ayrioddiy xarakterga ega ekanligi hech kimga sir emas. Uning tarjimai holida jurnalistlarga qo‘pollik qilish, matbuot anjumanlarida keskin fikrlar bildirish, fotomuxbirlar bilan janjallashish, futbolchilar bilan ziddiyatga borish kabi holatlar istagancha topiladi. Eng qizig‘i, Mourinyu o‘zini hech qachon quyushqondan chiqqan deb hisoblamaydi. U doim bir gapni takrorlaydi: “Menimcha, men ayni damda har qachongidan ham yaxshiman”.

1. Yurgen Klopp

Aynan ana shu inson Jozening jizzakilik borasida yetakchi bo‘lishiga yo‘l qo‘ymadi. Klopp o‘tmish va bugunning eng ehtirosli murabbiyi deya tan olingan. Bunga esa uning har bir o‘yinda g‘alabaga intilishini sabab qilib ko‘rsatishadi. Aslida ham shunday. Umuman olganda, Yurgenning asabiylashishi uchun futbolchilarning arzimas xatosi ham yetarli bo‘lishi mumkin. Ammo bu xislati uni o‘ziga xos fazilatiga aylangan. Boisi Klopp maqtanishga arzigulik natijalarni qo‘lga kiritgan.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:57, 23.06.2017.
O'qildi: 13095 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.