Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

O‘zbek futbolimi yoki allakimlarning daromad manbai?

O‘zbek futbolimi yoki allakimlarning daromad manbai?

Baho:
+-2 | -

Ochig‘i, bu maqolani yozishdan oldin ancha o‘ylandim. Yozsammikin, yozmasammikin? Lekin har safar futbol saytlariga kirganimda bildirilgan fikrlarni (albatta, tanqidiy) o‘qiyman-u, xursand bo‘laman, hartugul, kamchiliklarni ayta oladigan mardlar bor ekan-ku deb. Biroq boshqa jihat, ya’ni o‘ziga nisbatan bildirilgan tanqidlarni o‘qib yoki eshitib, bez bo‘lib yurish, aniqroq qilib aytsam, “Manfaati yo‘lida or-nomusi-yu g‘ururini ham bir chetga surib qo‘yish”dek illatni kiyimiga tugma qilib olish jahlimni chiqaradi.

Xo‘sh, shu o‘rinda yana bir savol tug‘iladi? Nima, kerakli shaxslar bu saytlarga kirmaydimi? Menimcha, kiradi. Mayli, kirmagandayam eshitadi, biladi. Axir yurtimizdagi sport saytlariga kuniga minglab muxlislar kirishadi, ularning aksariyati esa to‘pni ham pul deb ko‘radiganlar qo‘lida qo‘g‘irchoqqa aylangan “o‘zbek” futboli (bejizga o‘zbek so‘zini qo‘shtirnoqqa olmadim. Chunki bu bizning futbol emas, allakimlarning daromad manbai)ga tosh otishdan charchashmaydi. Tabiiyki, niyat, maqsad ijobiy — kelajakda “Real”ga  Sardor uchun, “Barsa”ga Jaloliddin uchun muxlislik qilish (umumiy misol qildim). Ammo bunday oliy maqsad, ulug‘vorlik nahotki davlatning million-million pulini yeb yurganlarning qalbida jo‘sh urmasa? Axir biz muxlislardan farqli o‘laroq, ularda buning uchun imkoniyat bor-ku!

Hozir tanqidiy fikrlar bildiradigan jurnalistlar kamayib ketgan, qabilidagi fikrlarni ko‘p eshitamiz. Lekin kechirasiz-u, qars ikki qo‘ldan chiqadi. Qiyshiq simni to‘g‘irlashning imkoni bor, agar to‘g‘irlay olmasangiz, bu sizning aybingiz. Lekin devorga gap uqtirib bo‘lmaydi, bunga devorning jonsiz-u qattiqligi aybdor.

Dunyo futboliga oid so‘rovnomalar, tanlovlarda kim g‘olib bo‘lishini to o‘sha tanlov yakunlangungacha intiqlik bilan kutamiz va natijalardan hayratga tushgan paytlarimiz ham bo‘lgan. Ammo bizda-chi? Biror so‘rovnoma e’lon qilingan zahoti kim eng yaxshi deb topilishini oldindan bemalol ayta olamiz. Va 90 foiz holatda adashmaymiz. Nima, biz shunchalik folbinmizmi? Yo‘q. Unda bu topqirlikning sababi nima? 

Davomi

Manba: mazmun.uz
Kiritildi: 15:05, 24.06.2017.
O'qildi: 13723 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик