Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Mavsum so‘ngida ishsiz qolgan 10 nafar murabbiy yangi takliflar uchun ochiq

Mavsum so‘ngida ishsiz qolgan 10 nafar murabbiy yangi takliflar uchun ochiq

Baho:
+ | -

Yevropa ichki chempionatlarida mavsum yakuniga yetgach, bir qator taniqli mutaxassislar ishsiz qoldi. Ayni paytda ular yangi takliflarga mahtal bo‘lib turibdi.

Quyida mana shunday murabbiylardan 10 nafari keltirib o‘tilgan. Hozircha ularga ko‘ngillaridagidek taklif bilan chiqilganicha yo‘q.

Paulu Souza
«Fiorentina»ni mavsumga boshqa murabbiy tayyorlaydi. Yevropa ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmagan Souza esa o‘ziga yangi klub izlaydi.

Klod Pyuel
«Sautgempton» bilan APLda ishtirok etgan mutaxassisning natijalari qoniqarli bo‘lmadi. Endi u ham ishsiz.

Xavi Grasiya
Qozonning «Rubin» klubida faoliyat olib borgan murabbiy Rossiyadan chiqib ketdi. U Yevropaning boshqa klublaridan yog‘li taklif kutish bilan band.

Mircha Luchesku
«Shaxtyor»ni ajoyib klubga aylantira olgani bilan mashhur bo‘lgan ruminiyalik murabbiyning «Zenit»dagi faoliyati uzoq bo‘lmadi. Aniqrog‘i, Sankt-Peterburg klubi tepasiga kelgan sobiq rahbariyat Lucheskuga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ydi.

Devid Moyes
Shotlandiyalik mutaxassisning iste’folari tez-tez quloqqa chalinadigan bo‘lib qoldi. «Everton»ni «Yunayted»ga almashtirgan murabbiy, keyinroq «Real Sosyedad» va «Sanderlend» klublari bilan ham xayrlashdi. «Sanderlend»ni APLdan tushirib yuborgan mutaxassis kimga kerak bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi.

Valter Massari
«Uotford»ga taklif etilgan italiyalik mutaxassis APLda Ranyeri, Konte, Anchelotti kabi faoliyat olib bora olmadi. Shu boisdan u tinchgina Italiyasiga qaytib ketdi.

Sven-Yoran Eriksson
Xitoyning «Shenjchen» klubida aylanib yurgan murabbiy Chin bilan xayrlashdi.

Sem Ellardays
«Kristal Pelas»ni APLda olib qolish missiyasini muvaffaqiyatli bajarganiga qaramay, katta Sem kutilmaganda ariza yozdi. U ko‘p muddat ishsiz qolib ketmasa kerak.

Tomas Tuxel
Germaniyalik murabbiy «Borussiya Dortmund» klubini Yurgen Kloppdan so‘ng u qadar yomon boshqarmadi. Shunchaki so‘nggi mavsumdagi 3-o‘rin va Chempionlar ligasidagi «Monako»dan mag‘lubiyatlarni rahbariyat biroz qattiqroq olib yubordi.

Luis Enrike
Iste’foga chiqqan murabbiylar orasida so‘zsiz eng mashhuri. «Barselona»dan ketgan mutaxassisni kimdir qabul qilarmikin?

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:40, 24.06.2017.
O'qildi: 10095 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик