Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Ulug‘bek Baqoyev: “Futbolda muhimi - natija”

Ulug‘bek Baqoyev: “Futbolda muhimi - natija”

Baho:
+ | -

Oliy liganing 15-turida Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi “Buxoro”ni qabul qildi va 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

O‘yindan so‘ng “Buxoro” bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev matbuot anjumaniga qatnashdi.

- Avvalambor barcha yurtdoshlarimizni Ramazon hayiti bilan tabriklayman. Barcha hamyurtlarimizni ushbu bayram bilan tabriklayman va yurtimiz tinch, vatanimiz va futbolimiz bundanda rivojlanishiga tilakdoshman.

O‘yin juda asabiy va og‘ir o‘tdi. Bugun ochiq futbol namoyish etdik. G‘alaba qozonishimiz, mag‘lubiyatga uchrashimiz va durang natija ham qayd etishimiz mumkin edi. Yigitlarga rahmat aytaman. Ular bugun maydonda o‘z xarakterini va irodasini ko‘rsatishdi va natijada g‘alaba qozondir.

- Ikkinchi davrada “Buxoro”jamoasi kuchaytiriladimi?

- Bir nechta futbolchilar bilan muzokaralar olib borayapmiz. Jamoa tarkibi bir necha futbolchilar bilan to‘ldirilishi kutilmoqda. Tarkibimiz kuchayadi. Ayrim pozisiyalarda muammolarimiz bor. “So‘g‘diyona” jamoasiniga rahmat aytmoqchiman. Ularga kelgusi o‘yinlariga omad tilamoqchiman.

- “Buxoro”ning bugungi o‘yinlarida xujumda aniqliklar yetishmadi.

- Bu menimcha futbolchilarning psixologik tomondan deb o‘ylayman. Har bir futbolchi gol urgisi keladi. Futbolda muhimi natija va biz bunga erishdik. Shahrimizni, jamoamizni va muxlislarmizni g‘alaba bilan tabriklayman.

Manba: pfcbuxoro.com
Kiritildi: 10:29, 26.06.2017.
O'qildi: 3287 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.