Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

MOQ «Islom birdamlik o‘yinlari»ning har bir oltiniga 10 million so‘mdan berdi va 152 kishini mukofotladi

MOQ «Islom birdamlik o‘yinlari»ning har bir oltiniga 10 million so‘mdan berdi va 152 kishini mukofotladi

Baho:
+ | -

29 iyun kuni Olimpiya shon-shuhrati muzeyida «Islom birdamlik o‘yinlari»da sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilarni, ular qatorida sport sohasida mehnat qilayotgan bir qator jurnalistlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Boku mezbonligida o‘tkazilgan IV «Islom birdamligi o‘yinlari»da ilk marta ishtirok etgan O‘zbekiston delegasiyasi 54 mamlakat orasida 4-o‘rinni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan va 63 ta medallar shodasiga ega chiqqandi: 15 ta oltin, 17 ta kumush va 31 ta bronza. MOQ huzuridagi «O‘zbekiston olimpiyachilarini qo‘llab quvvatlash jamoat fondi» sovrindor bo‘lgan 65 nafar sportchi va 87 murabbiyni taqdirlashga qaror qildi.

Unga ko‘ra, Boku—2017 festivalida qo‘lga kiritilgan har bir oltin medal uchun 10 million so‘m miqdorida mukofot puli tayin qilindi. Kumush uchun 5 milliondan, bronzaga 3 million so‘mdan ajratildi. Bunda sportchilar qo‘lga kiritgan har bir medali uchun alohida-alohida pul mukofotiga ega chiqishi belgilab qo‘yilgan, deb ma’lumot berdi MOQ matbuot kotibi Zafar Imomxo‘jayev. Masalan, yengil atletika sport turida mamlakat sharafini himoya qilib, 1 ta oltin va 3 ta kumush medalga ega chiqqan Anastasiya Serdyukova har bir mukofoti uchun alohida-alohida mukofotga loyiq ko‘rilgan.

MOQ sportchilarni sovrindor qilgan murabbiylarni ham unutmadi va ularga 5 million so‘mdan mukofot ajratishga qaror qildi. Mukofotlarni o‘z egalariga MOQ prezidenti Alisher Sultonov hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi Rustam Qurbonov topshirdi.

27 iyun — OAV xodimlari kuni munosabati bilan sohada faol mehnat qilayotgan bir qator jurnalistlarga ham esdalik sovg‘alari taqdim etildi. «Tashakkurnomalar»ni o‘z egalariga MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov topshirdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 13:16, 29.06.2017.
O'qildi: 5006 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.