Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Bikmayev va To‘xtaxo‘jayevning jarohatdan qutilish jarayoni qanday ketmoqda?

Bikmayev va To‘xtaxo‘jayevning jarohatdan qutilish jarayoni qanday ketmoqda?

Baho:
+ | -

“Lokomotiv” jamoasi Oliy Liga-2017 birinchi davrasini musobaqa jadvalida 1-o‘rinda yakunladi.

Biroq jamoa ilk davraning so‘nggi turlarini tarkibda bir qator yetakchilarsiz o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Jumladan, jamoaning asosiy himoyachilaridan biri – Islom To‘xtaxo‘jayev hamda jamoa to‘purari – Marat Bikmayev jarohat sabab bir nechta muhim o‘yinlarni o‘tkazib yuborishdi.

Xo‘sh, ushbu ikki futbolchining tiklanish jarayoni qanday ketmoqda? Bu haqida mahoratli o‘yinchilar “Lokomotiv” jamoasi matbuot xizmatiga so‘zlab berishdi.

JAROHAT XUSUSIDA:

Marat Bikmayev: "Menda gematoma ro‘y berdi. Hozirda sekin-asta yakka tartibda mashg‘ulot o‘tayapman. Jamoa bilan birgalikda chigalyozdi mashqlari bajarayotgan bo‘lsak-da, bizda (jarohat olgan futbolchilarda) o‘zimizning alohida tiklanish mashg‘ulotlari dasturimiz bor. Shu asosda sekin-sekin jarohatdan tiklanib boryapmiz. Hozir oldingidan ancha yengillikni his qilyapman. Yaqin orada umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilishga umid qilyapmiz".

Islom To‘xtaxo‘jayev: "Men “Qo‘qon-1912” jamoasiga qarshi o‘yin oldidan tizzamdan jarohat olgan edim. Shukr, jarohatdan tuzalish jarayoni ko‘ngildagidek ketyapti. Umid qilamanki, ikkinchi davradan boshlab jamoamizga yana yordam bera boshlaymiz"

“LOKOMOTIV”NING BIRINCHI DAVRADA KO‘RSATGAN O‘YINI XUSUSIDA:

Marat Bikmayev: "Birinchi davrani biz ancha yaxshi tarzda o‘tkaza oldik. Ilk davrani birinchi pog‘onada tugatyapmiz. Bu ikkinchi davrada bizga katta ustunlik taqdim etishi tayin. Bunga asosiy sabab esa – chempionatga tayyorgarlik jarayonini ancha puxta olib borgan edik. Ana endi ikkinchi davraga ham shunday yaxshi hozirlik ko‘rib, uni ham ko‘ngildagidek o‘tkazishga urinamiz".

Islom To‘xtaxo‘jayev: "Birinchi davrani birinchi o‘rinda yakunlaganimiz yaxshi bo‘ldi, deb o‘ylayman. Qishda bo‘lgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida qilgan mehnatimiz o‘z samarasini mana birinchi davra o‘yinlarida ko‘rsatdi. To‘g‘ri, hamma joyda ham qandaydir kamchilik bo‘ladi. Ammo uni bartaraf etgan holda ikkinchi davraga ham yaxshi tayyorgarlik olib borib, chempionlik o‘rnimizni hech kimga bermaslikka harakat qilamiz".

 

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 21:06, 01.07.2017.
O'qildi: 3840 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.