Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Janubiy Koreya terma jamoasi ko‘p ming sonli muxlislar oldida talvasaga tushadi!

Janubiy Koreya terma jamoasi ko‘p ming sonli muxlislar oldida talvasaga tushadi!

Baho:
+ | -

Janubiy Koreya terma jamoasi 31 avgust kuni JCH saralashidan o‘rin olgan Eronga qarshi o‘yinni Seuldagi muhtasham "Seoul World Cup Stadium"da o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu haqda kecha Janubiy Koreya futbol assosiasiyasi xabar tarqatdi.

Ushbu o‘yinda mezbonlarni g‘alabadan boshqa har qanday natija qoniqtirmasligi tayin. Hozirda terma jamoaga bo‘lgan ishonch va futbolchilarning ruhiyati juda past holatda. Buning ustiga hozircha terma jamoa bosh murabbiyi kim bo‘lishi ham aniq emas. Katta ehtimol bilan ushbu o‘ringa bir necha mavsum "Ulsan"ga bosh murabbiylik qilgan va hozirda futbol assosiasiyasida faoliyat ko‘rsatayotgan Kim Ho Gon tayinlanishi mumkin.

Yangi tayinlanadigan murabbiy oldida qator muammolar va yuqori bosim bor. Jamoaning "koziri" hisoblangan Song Heung Min Qatarga qarshi o‘yinda tirsagini sindirib olgan. Jamoa sardori, "Suonsi" a’zosi Ki Song Yong hisobida sariq kartochka bor. U Eron bilan o‘yinda ogohlantirilsa 5 sentyabr kuni Toshkentga bormaydi. Eng katta muammo futbolchilarning ruhiyatini ko‘tarish masalasi ko‘ndalang turibdi. Hozircha koreyslarga yagona umid uchquni bo‘lib turgan narsa — Eronning JCH masalasini muddatidan avval hal qilganligi va Karlos Keyrushning Seulga ikkinchi tarkib futbolchilarini olib kelishi ehtimolidir. Shunday holatda ham Seulda o‘tadigan o‘yinda muxlislar bilan stadionni to‘ldirish oson emas. Koreys futbolchilari juda hissiyotli hisoblanishadi. Buni Janubiy Koreya futbol assosiasiyasining ismi oshkor etilmagan rahbari mahalliy "Football Journal" nashriga bergan intervyusida tasdiqlagan:

"Eronga boy berilgan safar o‘yinida stadion 75,800 nafar muxlis bilan to‘lgan edi. Ushbu tirbandlikni ko‘rib futbolchilarimiz o‘yin boshlanmay turib hayajondan titroqqa tusha boshlashdi. Bu aniq sezildi. Keyin voqealar rivojidan xabardorsiz".

Nima bo‘lgan taqdirda ham O‘zbekiston terma jamoasi Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi o‘tadigan o‘yinlarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishi lozim bo‘ladi.

Otabek Yo‘ldoshev
Janubiy Koreya, Seul

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:28, 02.07.2017.
O'qildi: 13097 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик