Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Oliy liga. “Bunyodkor” – “Nasaf” (prevyu)

Oliy liga. “Bunyodkor” – “Nasaf” (prevyu)

Baho:
+ | -

“Nasaf” birinchi davraning qoldirilgan 3-tur uchrashuvini Toshkent shahrida “Bunyodkor” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

O‘yin 4 iyul seshanba kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. Mazkur uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.

Shu paytgacha Oliy ligada bu ikki jamoa 20 marotaba kuch sinashishgan. O‘tkazilgan o‘yinlarning 9 tasida “Bunyodkor”ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 8 uchrashuvda kuchlar teng kelgan. “Nasaf” futbolchilari uch o‘yinda g‘alaba nashidasini surishgan. To‘plar farqi – 26:10 “qaldirg‘ochlar” foydasiga.

O‘tgan yilgi mavsumda Qarshida bo‘lib o‘tgan o‘zaro uchrashuvda 1:1 durang natijasi qayd etilgan bo‘lsa, ikkinchi davradagi Toshkentda bo‘lgan uchrashuvda “Bunyodkor” jamoasi 1:0 hisobida g‘alabaga erishgan.

“Nasaf” so‘nggi bor “Bunyodkor”ni Toshkentda 2014 yili mag‘lub etgan.

Bu jamoalar Toshkentda 10 bor kuch sinashishgan. Shundan 1tasida “ajdarlar” g‘alabaga erishishgan. “Bunyodkor” esa Toshkentda yetti marta g‘alaba qozongan. Qolgan 2 uchrashuvda g‘olib aniqlanmagan.

Ayni paytda “Nasaf” 26 ochko bilan turnir jadvalining 3-pog‘onasini egallab turibdi. “Bunyodkor” jamoasi hisobida 18 ochko bor. Ular turnir jadvalining 12-pog‘onasida borishmoqda.

Quyida ushbu jamoalarning Toshkentda qayd etgan barcha natijalari bilan tanishtirib o‘tamiz.

BUNYODKOR – NASAF 3:0 (1:0)
18.06.2007. 13-tur. Toshkent. MHSK stadioni. 3500 tomoshabin

BUNYODKOR – NASAF 4:0 (2:0)
13.08.2008. 20-tur. Toshkent. MHSK stadioni. 7516 tomoshabin

BUNYODKOR – NASAF 2:1 (1:0)
24.08.2009. 19-tur. Toshkent. «Jar» stadioni. 5672 tomoshabin

BUNYODKOR – NASAF 5:0 (2:0)
28.07.2010. 5-tur. Toshkent. «Jar» stadioni. 5844 tomoshabin

BUNYODKOR -NASAF 2:1 (0:0)
11.06.2011. 11-tur. Toshkent. «Jar» stadioni. 8305 tomoshabin.

BUNYODKOR – NASAF 0:0
16.06.2012. 10-tur. Toshkent. “Jar” stadioni. 3977 tomoshabin

BUNYODKOR – NASAF 3:0 (2:0)
Oliy liga, 2-tur. 08.03.2013. Toshkent sh. “JAR” stadioni . 1684 tomoshabin.

“BUNYODKOR” – “NASAF” 1:2 (0:1)
Oliy liga, 21-tur. 25.09.2014. Toshkent shahri. JAR stadioni. 3210 tomoshabin.

“BUNYODKOR” – “NASAF” 0:0
Oliy liga, 12-tur. 07.06.2015. Toshkent. “Bunyodkor” stadioni. 3868 tomoshabin.

“BUNYODKOR” – “NASAF” 1:0
Oliy liga, 25-tur. 15.10.2016. Toshkent sh., “Bunyodkor” stadioni. 1732 tomshabin

“Bunyodkor” jamoasi futbolchilari bu yilgi bahslarda raqiblari darvozasiga 13ta to‘p kiritishgan. O‘z darvozasidan esa 14ta to‘p o‘tkazib yuborgan. “Qaldirg‘ochlar”ning barcha gollariga jami to‘rt nafar futbolchi mualliflik qilishgan. Bular, Dostonbek Hamdamov, Vadim Chemirtan, Dilshodbek Ahmadaliyev va Shahzodbek Nurmatovdir. Jamoaning ayni paytdagi to‘purari Dostonbek Hamdamovdir. U hozirgacha 9ta gol kiritgan. Vadim Chemirtan 2ta, Dilshodbek Ahmadaliyev va Shahzodbek Nurmatov esa 1tadan gol muallifi bo‘lishgan.

“Nasaf” futbolchilari raqiblari darvozasini 22marta ishg‘ol qilishdi. Shulardan 2tasi penaltidan kiritilgan bo‘lsa, bir marta o‘zaro uchrashuvda raqib futbolchisi o‘z darvozasiga gol kiritib qo‘ygan. Hozirgi paytda “Nasaf”ning to‘purari Dragan Cheran bo‘lib turibdi. U raqiblar darvozasini 8 marta ishg‘ol qildi, jumladan 2ta golni penaltidan kiritgan. Jamoa gollariga Cherandan tashqari yana o‘n nafar futbolchi mualliflik qilishdi. Bahrom Abdurahimov 4ta gol kiritgan bo‘lsa, qolgan 9 nafar futbolchi o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘yishgan.

 

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 17:30, 02.07.2017.
O'qildi: 3142 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.