«Inter» yarimhimoyachisi Ever Banega «Sevilya»ga qaytdi.
Ispaniya klubi 29 yoshli futbolchi tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgach, u bilan uch yillik shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
Banega 2016 yilda «Sevilya»dan «Inter»ga erkin agent maqomida bepul o‘tgan edi. O‘tgan mavsumda u A seriyada 26 o‘yinda maydonga tushib, 6ta gol urdi va shuncha golga hammualliflik qildi.