Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

"Dinamo" O‘zbekiston kubogi yarimfinaliga chiqdi

"Dinamo" O‘zbekiston kubogi yarimfinaliga chiqdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogi chorakfinal javob uchrashuvi doirasida «Dinamo» Muborakda «Mash’al»ni mag‘lub etib, dastlabki yarimfinalchi jamoaga aylandi.

Uchrashuvni hujumkor boshlagan mehmonlar 39-daqiqaga kelib hisobni ochishdi. Samarqandliklar hujumchisi Amirjon Safarovning goli «Dinamo»ni tanaffusga g‘alaba bilan chiqib ketishini ta’minladi, 0:1

Ikkinchi bo‘limni esa kutilganidek mezbonlar hujumkor boshlashdi. Natijada 53-daqiqada himoyachi Asiljon Begimqulov o‘z goli bilan muvozanatni tikladi, 1:1.

Goldan keyin ruhni tushirmay, hujumkorlikka intilgan «dinamochilar» ko‘p o‘tmay, yana o‘z niyatlariga yetishishdi. O‘yin qoidasi buzilgani uchun belgilangan penaltini zaxiradan maydonga tushgan Sardor Sulaymonov aniq amalga oshirdi, 1:2.

Qolgan yarim soat vaqt davomida har ikki jamoa ham hujumkor o‘yin namoyish etgan bo‘lsada, «Dinamo» himoyada barqaror o‘yin namoyish etib, Muborakdan g‘alaba bilan qaytishga muyassar bo‘ldi.

Dastlabki uchrashuvda Samarqandda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan jamoa, mehmonda urilgan gol evaziga 16 yilda ilk marta O‘zbekiston Kubogi yarimfinaliga yo‘llanma oldi. Endi jamoa final uchun kurashda «Bunyodkor» - «Neftchi» o‘yini g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

O‘zbekiston Kubogi, 1/4 final

Javob uchrashuvi, 4 iyul

«MASH’AL» - «DINAMO» - 1:2

Hakamlar: SH. Qosimov (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), SH. Rajabov (Buxoro).

Nazoratchi: O. Dachev (Toshkent).

Gollar: Asiljon Begimqulov 53 - Amirjon Safarov 39, Sardor Sulaymonov 60 pen.

“Mash’al”: 35. Javohir Ilyosov, 2.Iskandar Shoyqulov (18. Shodmonov Abbos, 46), 16. Safarov Maradona,13.SHaxzod Shaymanov, 31.Igor Timanyuk, 44.Asiljon Begimqulov, 55.Avaz Agaliyev, 90.Zafar To‘rayev (23. To‘reav Kenja, 70). 17. Vladislav Pavlenko, 77. Abdulloh Olimov (8. Mirzakamol Kamolov, 83), 19. Zohir Qo‘ziboyev.

«Dinamo»: 27. Temur Jo‘rayev, 2. Mirkomil Lokayev, 4. Hakimxon A’lamxonov (9. Sardor Sulaymonov, 55), 5.Firdavs Abdusalimov, 6. Akmal Bozorov, 8. Jasur Azimov, 14. Radu Rogak, 15. Shohruxbek Xolmatov, 19. Orifjon Mamajonov, 20. Amirjon Safarov, 26. Saidjamol Davlatjonov (10. Javohir Qaxramonov, 55).

Birinchi uchrashuv: 1:0.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 21:24, 04.07.2017.
O'qildi: 5240 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.