Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

«Dinamo» so‘nggi 16 yilda ilk marta O‘zbekiston kubogi yarim finaliga chiqdi

«Dinamo» so‘nggi 16 yilda ilk marta O‘zbekiston kubogi yarim finaliga chiqdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogi chorak final javob uchrashuvi doirasida «Dinamo» Muborakda «Mash’al»ni mag‘lub etib, dastlabki yarim finalchi jamoaga aylandi!

Uchrashuvni hujumkor boshlagan mehmonlar 39-daqiqaga kelib hisobni ochishdi. Samarqandliklar hujumchisi Amirjon Safarovning goli «Dinamo»ni tanaffusga g‘alaba bilan chiqib ketishini ta’minladi, 0:1

Ikkinchi bo‘limni esa kutilganidek mezbonlar hujumkor boshlashdi. Natijada 53-daqiqada himoyachi Asiljon Begimqulov o‘z goli bilan muvozanatni tikladi, 1:1.

Goldan keyin ruhni tushirmay, hujumkorlikka intilgan «dinamochilar» ko‘p o‘tmay, yana o‘z niyatlariga yetishishdi. O‘yin qoidasi buzilgani uchun belgilangan penaltini zaxiradan maydonga tushgan Sardor Sulaymonov aniq amalga oshirdi, 1:2.

Qolgan yarim soat vaqt davomida har ikki jamoa ham hujumkor o‘yin namoyish etgan bo‘lsada, «Dinamo» himoyada barqaror o‘yin namoyish etib, Muborakdan g‘alaba bilan qaytishga muyassar bo‘ldi.

Dastlabki uchrashuvda Samarqandda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan jamoamiz, mehmonda urilgan gol evaziga 16 yilda ilk marta O‘zbekiston Kubogi yarim finaliga yo‘llanma olishdi. Endi jamoamiz final uchun kurashda «Bunyodkor» - «Neftchi» o‘yini g‘olibiga qarshi o‘yin o‘tkazishadi.

O‘zbekiston Kubogi, 1/4 final

Javob uchrashuvi, 4 iyul

«MASH’AL» - «DINAMO» - 1:2

Hakamlar: SH. Qosimov (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), SH. Rajabov (Buxoro).

Nazoratchi: O. Dachev (Toshkent).

Gollar: Asiljon Begimqulov 53 - Amirjon Safarov 39, Sardor Sulaymonov 60 pen.

“Mash’al”: 35. Javohir Ilyosov, 2.Iskandar Shoyqulov (18. Shodmonov Abbos, 46), 16. Safarov Maradona,13.SHaxzod Shaymanov, 31.Igor Timanyuk, 44.Asiljon Begimqulov, 55.Avaz Agaliyev, 90.Zafar To‘rayev (23. To‘reav Kenja, 70). 17. Vladislav Pavlenko, 77. Abdulloh Olimov (8. Mirzakamol Kamolov, 83), 19. Zohir Qo‘ziboyev.

«Dinamo»: 27. Temur Jo‘rayev, 2. Mirkomil Lokayev, 4. Hakimxon A’lamxonov (9. Sardor Sulaymonov, 55), 5.Firdavs Abdusalimov, 6. Akmal Bozorov, 8. Jasur Azimov, 14. Radu Rogak, 15. Shohruxbek Xolmatov, 19. Orifjon Mamajonov, 20. Amirjon Safarov, 26. Saidjamol Davlatjonov (10. Javohir Qaxramonov, 55).

Birinchi uchrashuv: 1:0.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 05:01, 05.07.2017.
O'qildi: 4244 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.