Ispaniya Primerasi "Barselona" hujumchisi Lionel Messi tomonidan yakunlangan mavsumda urilgan eng chiroyli 10ta golni taqdim qildi.
Argentinalik futbolchining eng chiroyli 3ta goli sifatida «Real», «Osasuna» va «Selta» darvozasiga urilgan gollar tan olindi. 2016/17 yilgi mavsumda Messi La liga doirasida 37ta gol urib, Ispaniya chempionatining eng yaxshi to‘purariga aylandi.
Lionel jamoadoshi Luis Suaresni 9ta, «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduni 12ta golga ortda qoldirdi.