Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

“Bunyodkor” yulduzlari jamoani tabriklab, eski xotiralarni yodga olishdi

“Bunyodkor” yulduzlari jamoani tabriklab, eski xotiralarni yodga olishdi

Baho:
+ | -

6 iyul sanasida “Bunyodkor” futbol klubiga tashkil etilganiga roppa-rosa 12 yil to‘ldi.

Shu munosabat bilan “Bunyodkor” jamoasi tarixidagi yorqin xotiralar bilan muxrlanib qolgan futbolchilar – Xayrulla Karimov, Viktor Karpenko va Sahob Jo‘rayevning fikrlari bilan qiziqdik.

Xayrulla Karimov (himoyachi):
- “Bunyodkor” o‘z nomi bilan “Bunyodkor”! Klub tashkil etilib, tom ma’noda boshqa jamoalarimizning kuchayishiga turtki bo‘ldi. “Bunyodkor” har jabhada boshqa klublarga o‘rnak bo‘lib kelmoqda. Klubning bugungi kunda olib borayotgan siyosatiga xavas qilsa arziydi. Turli yoshdagi terma jamoalarimizni olib qarasangiz, ularning aksariyati “Bunyodkor” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari ekanligini ko‘ramiz. Bu fabrika hali o‘zbek futboliga yangi-yangi nomlarni yetishtirib berishiga shubha qilmayman. Fikrimcha, hech bir jamoa 12 yillik tarixi mobaynida “Bunyodkor”dek ko‘rsatkichlar qayd eta olmagan.

Viktor Karpenko (yarim himoyachi):
- “Bunyodkor”ning o‘zining 12 yillik tarixi mobaynida asrlarga tatigulik ishlarni qildi. Bir o‘ylab ko‘ring, jamoamizda Osiyoning va jahonning eng yaxshi futbolchisi to‘p tepdi. Dunyoning eng yaxshi murabbiyi faoliyat yuritdi. Qolaversa, jamoa o‘zida O‘zbekistonning eng kuchli futbolchilarini jamlay oldi. Futboldagi faoliyatim 20-25 yilni tashkil etayotgan bo‘lsa, uning 10 yildan ortig‘i bevosita “Bunyodkor” bilan bog‘lib bo‘lib turgani men uchun ahamiyatlidir. Ilgari jamoa yutuqlariga futbolchi sifatida o‘z hissamni qo‘shgan bo‘lsam, endi murabbiy sifatida yordam beryapman. Futbolchilik davrimda klub menga ko‘p narsa berdi. Endi bu qarzimni men murabbiy sifatida qaytarishni o‘z burchim, deb bilaman.

Sahob Jo‘rayev (himoyachi):
- “Bunyodkor”ni 12 yillik tavalludi bilan tabriklayman. Bu jamoa bilan bog‘liq ajoyib xotiralar bor. Rostini aytsam, “Bunyodkor”da o‘tkazgan damlarim tushdek o‘tdi-ketdi. Klub safida besh karra chempionlik shoxsupasiga, to‘rt bor kubok sohibiga aylandim. Osiyo Chempionlar ligasida ikki bor yarim final bahslarigacha yetib bordim. Bunday ajoyib tarixga ega jamoada to‘p tepganimdan o‘zimni baxtiyor his qilaman. Suratlarni va videoroliklarni tomosha qilib, eski davrlarni eslab turaman.

P.S. Quyidagi havolada "Bunyodkor" FK tarixidagi eng yorqin lahzalar o‘rin olgan videolavhani tomosha qilishingiz mumkin.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 17:34, 07.07.2017.
O'qildi: 7373 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик