«Everton» hujumchisi Romelu Lukaku AQSHning Beverli-Xillz shaharchasida polisiya tomonidan hibsga olingan.
TMZ xabariga ko‘ra, futbolchi «MYU» klubiga o‘tganini nishonlash maqsadida, tuni bilan shovqin-suron ko‘tarib, katta bazm uyushtirgan. Bundan ranjigan qo‘shnilar 6 marta polisiyani chaqirishga majbur bo‘lgan. Shundan so‘ng, Lukaku hibsga olinib, polisiya qarorgohiga olib ketilgan.
Ayni paytda futbolchi suddan chaqiruv olgan. Katta ehtimol bilan u jamoat tartibini buzganlikda ayblanib, jamrimaga tortiladi.