Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta 2-2 Udineze
07/03 22:30 Atletiko 3-2 Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
09/03 00:45 Milan - Inter
09/03 01:00 Valensiya - Alaves

“Manchester Yunayted” Romelu Lukakuni eng qimmat futbolchiga aylantiradimi?

“Manchester Yunayted” Romelu Lukakuni eng qimmat futbolchiga aylantiradimi?

Baho:
+ | -

Angliyaning “Everton” klubi hujumchisi Romelu Lukaku tez orada “Manchester Yunayted” futbolchisiga aylanadi.

Ma’lum bo‘lishicha, tomonlar o‘zaro kelishuvga erishgan, faqat futbolchi yaqin kunlarda “MYU”da tibbiy ko‘rikdan o‘tish ishlari qolgan. Bundan tashqari, “MYU” belgiyalik futbolchi bilan shaxsiy kelishuv bo‘yicha shartlarni ham bajaradi.

Hozircha transfer miqdori qanchaligi aniq keltirib o‘tilmadi. Avvalgi xabarlarda “MYU” futbolchi uchun 90 million funt ajratishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Romelu Lukakuning “Everton”dan “Manchester Yunayted”ga o‘tishi Angliya premyer ligasining ichki transfer rekordi bo‘lishi kutilmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, “Manchester Yunayted” Lukaku transferi uchun 75 million funt to‘lashga rozilik bildirgan bo‘lib, transferning umumiy qiymati (+ bonuslar bilan) 100 million funtga aylanishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Angliya premyer ligasining ichki transfer rekordi 2015 yili Rahim Sterlingning “Liverpul”dan “Manchester Siti”ga 49,5 million funt evaziga o‘tishi bo‘lgandi.

Shuningdek, “Manchester Yunayted” o‘tgan yili “Yuventus”dan fransiyalik futbolchi Pol Pogbani 105 million yevroga sotib olib, dunyo transfer rekordini yangilagandi. Undan avval “Real” “Tottenxem”dan 100 million yevro evaziga Garet Beylni sotib olgandi.

Tez kunlarda transfer qiymatining aniq miqdori haqida saytimiz orqali xabar beramiz.

Manba: qalampir.uz
Kiritildi: 10:27, 09.07.2017.
O'qildi: 5471 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.