Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ryudiger: «Ikkinchi imkoniyat har safar ham berilavermaydi»

Ryudiger: «Ikkinchi imkoniyat har safar ham berilavermaydi»

Baho:
+ | -

«Roma» klubidan «Chelsi»ga o‘tgan Antonio Ryudiger rimlik muxlislar bilan xayrlashar ekan, APL klubiga o‘tgani sabablariga to‘xtaldi.

«Salom, yigitlar. Men hozirgina «Chelsi» bilan shartnoma imzoladim. «Roma»da shunday davrni o‘tkazdimki, sizlar bilan xayrlashish oson bo‘lmayapti. Bu jamoada ko‘plab do‘stlar orttirdim.

Biroq, «Chelsi»dan taklif bo‘lagnini eshitganimdan so‘ng, u haqda o‘ylashimga to‘g‘ri keldi. Ikkinchi imkoniyat har safar ham berilavermaydi degan fikrga keldim. APL – dunyodagi eng qiyin liga, «Chelsi» va Antonio Kontening himoyaviy o‘yin uslubi menga mos keladi va bu men uchun oldinga tashlangan qadam bo‘ladi.

Vaziyatdan foydalanib «Roma» murabbiylar shtabi, muxlislar va jamoa a’zolariga Rimdagi ajoyib ikki yil uchun tashakkur bildiraman», — deya yozadi Ryudiger o‘z «instagram» sahifasida.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:13, 10.07.2017.
O'qildi: 4481 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.