Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

“Buxoro”ning ikkinchi davraga tayyorgarlik rejasi aniq bo‘ldi

“Buxoro”ning ikkinchi davraga tayyorgarlik rejasi aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -

Birinchi davrani 6-o‘rinda yakunlagan buxoroliklar ikkinchi davrada ham imkon qadar muxlislarini xursand etish maqsadida.

Buning uchun jamoa davralar oralig‘ida har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Ulug‘bek Baqoyev boshchiligidagi murabbiylar shtabi yozgi davralar oralig‘ida aniq reja asosida yig‘in olib boradi. Unga ko‘ra jamoa a’zolari 11 iyul kuni Toshkent viloyati, Chimyon tog‘ yon bag‘rida joylashgan shinam “Paradays grin” maskanida yig‘iladi. U yerda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari 17 iyul kuniga qadar davom etadi. Shundan so‘ng futbolchilarga ikki kunlik dam beriladi. 20 iyuldan esa ikkinchi bosqich yig‘ini start oladi.

Bu safargi yig‘in Toshkentda o‘tadi. Shu kunning o‘zida jamoa a’zolari tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. 21 iyul kuni esa yig‘indagi ilk sinov-nazorat bahsida maydonga tushiladi. Sparring raqib sifatida “Bunyodkor” yoshlar jamoasi tanlangan. Umuman olganda, Toshkentdagi yig‘in chog‘ida “Buxoro” 23 iyul kuni “Navbahor”ga qarshi ham sinov-nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Ma’lumki 28 iyul kuni Ulug‘bek Baqoyev boshqaruvidagi jamoa Toshkentda O‘zbekiston Kubogi doirasidan o‘rin olgan ¼ final bosqichida “Lokomotiv”ga qarshi javob o‘yinini o‘tkazadi. Mazkur uchrashuvga shu tariqa tayyorgarlik ko‘rish rejasi ishlab chiqilgan.

Manba: pfcbuxoro.com
Kiritildi: 10:37, 13.07.2017.
O'qildi: 4070 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.