Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

"Neftchi" nazorat bahsida "Norin"ni mag‘lub etdi

"Neftchi" nazorat bahsida "Norin"ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

13 iyul kuni Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi o‘z maydonida Birinchi liga vakili "Norin"ni qabul qildi.

Qirgulida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida farg‘onaliklar 3:1 natijasida g‘alabaga erishdi.

Vadim Abramov davralar oralig‘idagi yig‘inning ilk qismiga bir qator yangi futbolchilarni taklif qilgan va ularni sinovdan o‘tkazmoqda. "Norin"ga qarshi bellashuvda Vadim Karlenovich ikki xil tarkibni maydonga tushirdi. Birinchi bo‘limda nisbatan tajribali o‘yinchilar maydonga tushirilgan bo‘lsa navbatdagi bo‘limda ko‘rikda bo‘lib turgan va bir qator yosh futbolchilarga imkoniyat berildi.

Dastlabki bo‘limda hisob ochilmadi. Biroq ilk taymda "Neftchi"da hisobni ochish uchun qulay imkoniyatlar yuzaga keldi. Yarimhimoya chizig‘ida faol o‘yin ko‘rsatgan Mansur Saidov uchrashuv davomida Mo‘ydin Mamazulumov, Baxtiyor Yoqubov va Rizo Ayvazovlarni juda qulay vaziyatlarga chiqib borishiga imkoniyat yaratib berdi. Shuningdek, qanotda harakatlangan tajribali Jasur Hasanov o‘z uslubida raqib zonasiga bir-necha marotaba xavfli reydlarni amalga oshirdi. Yoshlar jamoasidan asosiy tarkibga jalb qilingan Abror Ismoilov ham mazkur bahsda o‘z hisobiga gol yozib qo‘yishi mumkin edi. Lekin uning ochiq darvozaga bergan zarbasi ancha yuqorilab ketdi

Bahsni tomosha qilish uchun Qirgulidagi stadionga bir qancha ishqibozlarni tashrif buyurganini ham aytib o‘tish mumkin.

Ikkinchi bo‘limda asosiy gollar kiritildi. Taym boshida mehmonlar jarima to‘pidan Abdumavlon Abdujalilov darvozasini aniq nishonga olishdi. Shundan so‘ng javob to‘plari boshlandi. Dastlab Otabek Haydarov qanotdan tashlab berilgan uzatmani darvozaga joylab qo‘ygan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan yana bir hujumchi Alisher Shog‘ulomov ham o‘z hisobiga bitta gol yozib qo‘ydi. Uchinchi to‘p esa avto gol sifatida kiritildi. Temur Hakimov qanotdan katta tezlikda oldinga o‘tdi va to‘pni jarima maydonchasiga tashladi. Bu vaziyatda raqib himoyachisi to‘pni chiqarib yuborishi chog‘ida juda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi va o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. Yakuniy hisob 3:1, "Neftchi" nazorat bahsida muvaffaqiyat qozondi.

Eslatib o‘tamiz, "Neftchi" 15 iyul kuni Qirgulida yana bir o‘rtoqlik bahsida ishtirok etadi. Shu kuni "Yozyovon-Lochinlari" jamoasi "Neftchi"ga raqiblik qiladi.  

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 21:06, 13.07.2017.
O'qildi: 5099 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.