Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Nasaf» nazorat o‘yinida «Sho‘rtan»ga yutqazdi

«Nasaf» nazorat o‘yinida «Sho‘rtan»ga yutqazdi

Baho:
+ | -

«Nasaf» G‘uzorda «Sho‘rtan» jamoasi bilan nazorat uchrashuvi o‘tkazdi.

Unda asosan o‘rinbosarlar va farm klub tarkibida ko‘proq maydonga tushayotgan o‘yinchilar harakat qilishdi. Murabbiylar tomonidan kelgusida asosiy tarkibga jalb etiladigan o‘yinchilar nazoratdan o‘tkazildi.
Birinchi bo‘limda «Nasaf» maydonda ustunlikka ega bo‘ldi. Yaratilgan ko‘plab vaziyatlarning bittasi golga aylandi. 38-daqiqada tashkil etilgan hujumda Islom Rashidxonov to‘pni chiroyli tarzda Islom Kenjaboyevga oshirib berdi. Islom Kenjaboyev darvoazabon Eldor Tojiboyev bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va to‘pni uning ustidan oshirib darvozaga joylab qo‘ydi – 0:1.
Birinchi bo‘lim ana shu hisobda yakun topdi.
Ikkinchi bo‘limda “Sho‘rtan” jamoasi murabbiylari ko‘proq asosiy tarkib o‘yinchilarini maydonga tushirdi. Uchrashuvning 51-daqiqasida «Nasaf» himoyachisi to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun 11 metrlik jarima belgilandi. Penaltini Igor Taran bexato amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi – 1:1.
Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Eldor Boymatov gol urib, mezbonlar g‘alabasini ta’minladi.

“Nasaf” navbatdagi nazorat uchrashuvini 17 iyul kuni Toshkentda “Navbahor” jamoasi bilan o‘tkazadi.

Nazorat o‘yini
14.07.2017. “G‘uzor” markaziy stadioni.
“Sho‘rtan” (G‘uzor) – “Nasaf” (Qarshi) - 2:1 (0:1)
Gollar: Igor Taran (51 pen), Eldor Boymatov (86) – Iclom Kenjaboyev (38)
Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Artyom Kalinin, Farxod Usmonov (barchasi Qarshidan)
Nazoratchi: Asror Xo‘jayev (Qarshi)
“Sho‘rtan”: 1.Eldor Tojiboyev, 4.Nurali Padarov, 3.Mirmuhsin Sattorov, 10.Xasanboy Ergashev, 29.Akrom Baxromov, 22.SHamsiddin Sagdullayev, 7.Olim Karimov, 23.YUsuf Bo‘riyev, 20.SHahzod Xursanov, 17.G‘ulom Rahmonov, 11.Jasur Xolto‘rayev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: 93.Alibek To‘ropov, 27.Evgeniy Kochnev, 15.Obid Jo‘raboyev, 14.Umar Eshmurodov, 18.Eldor Boymatov, 77.Otabek Narzullayev, 2.Sunnatillo Mamadaliyev, 19.Ma’rufxon Murodov, 12.Doston Abduraxmonov, 88.Abbos Amonov, 9.Igor Taran.
“Nasaf”: 44.Muzaffar Sharipov (35.Abduvohid Ne’matov 78), 5.G‘olib G‘aybullayev, 6.Akmal Mozgovoy (14.Dadajon Mamatqulov 78), 7.Dilshod Saitov, 10.Islom Rashidxonov (16.Xudoyorxon Sagdullayev 62), 18.Sirojiddin Qo‘ziyev (4.Otabek Komiljonov 70), 28.Sardor Sa’dullayev (15.Navro‘z Izatillayev 57), 32.Islom Kenjaboyev (22.Oybek Bozorov 65), 34.Ilhomjon Alijonov, 38.SHerzod Nasrullayev, 45.Dilshod Xushbakov (33.SHohmalik Komilov 78).

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 22:57, 14.07.2017.
O'qildi: 4847 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.