Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Tiago Bezerra: “Paxtakor” loyihasining jiddiy ekani o‘ziga jalb qildi”

Tiago Bezerra: “Paxtakor” loyihasining jiddiy ekani o‘ziga jalb qildi”

Baho:
+-3 | -

“Paxtakor” tarixida Fabiano Anderson va Fabio Pintodan keyin uchinchi braziliyalik futbolchiga aylangan Tiago Bezerra ayni kunlarda jamoa bilan ikkinchi davraga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Uning klubimizga kelib qo‘shilgandan so‘ng birinchi intervyusini e’tiboringizga havola etamiz.

- Tiago, Toshkent va “Paxtakor” xususida nima deya olasiz?

- To‘laqonli taassurotga ega bo‘lib ulgurmadim, ammo barchasi juda yaxshi ketmoqda. Mashg‘ulotlarga kirishdik. Hozir hech kimga oson emas. Tayyorgarlik davrida jiddiy ter to‘kish talab etiladi. Jamoadoshlarim bilan birga yangi murabbiy qo‘l ostida mashg‘ulotlarda qatnashyapmiz. Bu yerda barcha bir-biriga nisbatan juda iliq munosabatda. Mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun qulay sharoitlar yaratilgan.

O‘zbekiston haqida bu yerga kelishdan avval juda ko‘p ma’lumot bilmasdim, ammo taklif tushishi bilan klub va mamlakatni internet orqali o‘rganishga kirishdim. Rivaldo va Skolarining bu yerda ishlaganini eshitgandim. Toshkent chiroyli va qulay shahar ekanini ko‘rib turibman. “Paxtakor” esa katta tarixga ega katta klub ekanidan xabar topdim.

Klub va jamoadagilar yangi muhitga moslashishga yordam berishga harakat qilishyapti. Hech kim yordamini ayamaydi. Buning uchun barchaga rahmat aytaman.

- Muzokaralar qanday kechdi?

- Braziliyada ta’tilda ekanimda menejerim menga O‘zbekistondan taklif bo‘layotgani haqida aytdi. Oldimda boshqa variantlar ham bor edi. Birinchi navbatda “Paxtakor”da yangi loyihaning jiddiyligi va uzoq muddatga mo‘ljallangani e’tiborimni tortdi. Qolaversa, yangi mamlakatda yarim yoki bir yil o‘ynashni istamasdim. Bunday ko‘chib o‘tishlar oilam uchun qulay emas. Muzokaralar jarayonida klub oldiga katta vazifalar qo‘yilgani ta’kidlandi. Qolaversa, Turkiyada ishlagan Shota Arveladzeni yaxshi bilaman. Shu sababli “Paxtakor” bilan shartnoma imzolashga rozilik bildirdim.

- Yakuniy qarorga kelishdan oldin kim bilan maslahatlashdingiz?

- Menejerim va oila a’zolarim bilan. Quvayt va Saudiya Arabistonida yarim yildan o‘ynaganman. Shu sababli uzoqroq muddat mobaynida to‘p tepadigan biror klubda o‘ynashni istayotgandim. Takliflarni o‘rganishda shunga e’tibor qaratdim. Biror joyda uzoqroq vaqt davomida o‘ynasam, bu oilam uchun ham foydali bo‘ladi.

- Bolaligingiz haqida aytib bersangiz. Professional futbolga yo‘lingiz qanday boshlangan?

- Braziliyadagi barcha bolalar singari futbol o‘ynab katta bo‘lganman. Otam va akam ham futbolga juda qiziqishgan. Ular tufayli men futbolchiga aylanganman. Otam meni mashg‘ulotlarga olib borardi. U buning uchun bor kuchini sarflagan. Professional futbolga kirib kelishimda oilamning hissasi eng katta bo‘lgan. Shu tariqa asta-sekin ulg‘ayib, katta futbolgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdim.

- Ilk jamoangiz Belgiyaning “La Luvyer” klubi bo‘lgan. 18 yoshda qay tariqa u yerga borib qolgansiz?

- Bir agent bir necha nafar futbolchini Yevropa klublariga ko‘rikka olib borgan. Men Belgiyaga, kimnidir Germaniya yoki boshqa davlatga. U yerda bir oydan ko‘proq vaqt mashq qildim va keyin shartnoma taklif qilishdi. Endi o‘ynashni boshlagan paytimda jamoada kelishilgan o‘yinlar bo‘yicha mojaro yuzaga keldi. Klubni quyi divizionga tushirib yuborishdi. Keyin Turkiyadan taklif tushdi. U yerda “Oltoy” va “Karsiyaka” klublarida o‘ynadim. So‘ng Braziliyaga qaytib, “Vasko De Gama” bilan 5 yillik kelishuv tuzdim. Shundan keyin turli klublarda ijarada o‘ynashga majbur bo‘ldim. Tez-tez klub almashtirdim. Nihoyat, bu muddat tugagach, erkin agent sifatida jamoalar tanladim. Saudiya Arabistoni va Turkiyadan so‘ng “Paxtakor”ga keldim.

- Turkiyaning turli klublarida turli mavsumlarda o‘ynagansiz. Buning sababi nimada?

- Menga bu mamlakat ma’qul bo‘lgan. Turk tilini o‘rganib oldim. Natijada u yerda yashash qulay holatga aylandi. Oilam uchun ham uchib kelish oson edi. Natijada katta maosh olmasam ham ushbu yurt jamoalarida to‘p tepishni afzal bildim. Hozir o‘g‘lim ham turk bilini o‘rganmoqda.

- Turk va o‘zbek bir-biriga juda o‘xshash ekanini bilasizmi?

- Ha, buni kelgan paytimdayoq sezdim. Jamoadoshlarim o‘zaro suhbatlashayotgan paytda ham ularni ozroq tushundim. Bu menga qulaylik tug‘dirmoqda. Asta-sekinlik bilan o‘zbek tilini ham o‘rganib boraman. Bu jamoa ichida ham qo‘l kelishi aniq.

- O‘zbekistonda nimalarni o‘rganyapsiz? Madaniyat, tarix yoki boshqa narsa?

- Mashg‘ulotlardan bo‘sh chog‘imda sayr qilgan holda mahalliy odamlar bilan muloqot qilishga urinyapman. Asta-sekin ular bilan suhbatlashib, turli narsalar borasida ma’lumotga ega bo‘lishga intilaman. O‘zing o‘ynayotgan mamlakat madaniyati, an’analari va tarixi haqida bilib borish zarur.

- “Paxtakor”dagi maqsadlaringiz qanday?

- Jamoaga yangi amalga oshirilayotgan loyihada yordam berishni xohlayman. Klub rahbariyati barcha zarur sharoitlarni yaratib bermoqda. Bu mavsum chempionlik uchun imkoniyatimiz yuqori emas, buni tan olish kerak. Ammo Chempionlar ligasida ishtirok etishga imkon beruvchi ikkinchi pog‘onani egallashga intilamiz. Yarim mavsum mobaynida kuchayib borsak, keyingi yil barchasini boshidan boshlaymiz. Hammasi o‘z qo‘limizda bo‘ladi. Navbatdagi mavsumda chempionlikni nishonlashni istaymiz. Zamonaviy qarashlarga ega murabbiy boshchiligida buning uchun dastlabki qadamlarni tashlayapmiz.

- Muxlislarga nima deyishni xohlardingiz?

- Ulardan stadionga ko‘proq kelish va bizni qo‘llab turishni so‘ragan bo‘lardim. Klub uzoq muddatli loyihaga kirishgan. Ishqibozlarga natija va chiroyli futbol muhim, buni bilaman. Klub va jamoadagi har bir xodim yoki futbolchi jiddiy ter to‘kmoqda. Biz ularni xursand etish uchun bor kuchimiz bilan urinamiz. Birgalikda ajoyib g‘alabalarni nishonlaymiz deb umid qilaman.

 

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 12:50, 17.07.2017.
O'qildi: 11479 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.