Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Davralar oralig‘ida Oliy liga klublari haqidagi ma’lumotlar

Davralar oralig‘ida Oliy liga klublari haqidagi ma’lumotlar

Baho:
+ | -

«Lokomotiv»

Birinchi davra peshqadami ayni payt Belarus poytaxti - Minskda o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini davom ettirmoqda. Kuniga ikki mahal olib borilayotgan mash­g‘ulotlar jarayonida jami 24 nafar futbolchi qatnashmoqda.

«Temiryo‘lchilar» 21 iyulga qadar Minskda shug‘ullanishadi va yig‘in davomida 3ta nazorat bellashuvi tashkillash ko‘zda tutilgan. «Lokomotiv» rejaga muvofiq, 14 iyul kuni Mogilyov shahrining «Dnepr» jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Ikkinchi nazorat o‘yi­ni esa 16-sanada «Gomel»ga qarshi kechdi. So‘ng­gi «o‘rtoqlik» 18 iyulga belgilangan. Ya’ni bugun «Slusk» klubi raqib vazifasini bajarishi kerak. Ta’kidlash joiz, sparring-raqib sifatida tanlangan 3ta klub ham Belarus yuqori ligasi ishtirokchisi sanaladi. Misol uchun, «Slusk» mamlakat chempionatida 4-pog‘onani egallab turibdi.

Endi natijalarga kelsak, «Loko» dastlabki uchrashuvda «Dnepr»ni yirik hisobda yengdi - 4:1. Jamoa gollariga Olabiran Muyiva (2ta), Azizbek Omonov va Sardor Mirzayev mualliflik qilishdi.

«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov, Salim Mustafoyev, Oleg Zoteev, Kaxi Maxaradze, Sherzod Fayziyev, Temur Kapadze, Ikrom Aliboyev, Sardor Mirzayev, Jaloliddin Masharipov, Azizbek Omonov, Blessing Olabiran Muyiva.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Ma’mur Ikromov, Salamat Qutiboyev, Murod Bobojonov, Shuhrat Muhammadiyev, Marat Bikmayev, Sergey Proxorov, Diyor Turopov, Farrux Ibrohimov.

«Temiryo‘lchilar»ga ikkinchi nazorat bahsida «Gomel» raqiblik qildi. O‘yinning 40-daqiqasida Ignatiy Nes­terov o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi. «Loko»ning ketma-ket hujumlari esa uchrashuv tugashiga 20 daqiqacha qolgan vaqtdagina samara berdi. Zaxiradan maydonga tushgan Murod Bobojonov tomonidan muvozanat tiklangach ham, «temiryo‘lchilar hujumlarni susaytirishmadi, ammo 1:1 natijasi o‘yin yakunigacha o‘zgarmadi.

«Lokomotiv» (boshlang‘ich tarkib): Ignatiy Nesterov, Muhammad Kone, Sherzod Fayziyev, Shuhrat Muhammadiyev, Oleg Zoteev, Sadriddin Abdullayev, Temur Kapadze, Ikrom Aliboyev, Jaloliddin Masharipov, Sardor Mirzayev, Azizbek Omonov.

«Qo‘Qon-1912»

Qo‘qonliklar hal qiluvchi bahslarga Chirchiq shahrida tayyorgarlik ko‘rmoqdalar. Kuniga 2 mahal mashg‘ulot olib borilyapti. Jarayonda «Paxtakor»ning hujumkor yarim himoyachisi Temur Tolipov ham ishtirok etmoqda. U mavsumning birinchi yarmida «Navbahor» tarkibida edi. Murabbiylar shuningdek, «Paxtakor» tarbiyalanuvchisi, asli qo‘qonlik Azamat Mamajonovni ham amalda sinab ko‘rmoqdalar. Javohir Siddiqov va Andrey Sidorov O‘zbekiston U-22 terma jamoasi ixtiyorida bo‘lib turibdi. Serbiyalik legionerlar - Darko Gojkovich hamda Filipp Rayevas jamoa ixtiyoriga 18 iyul (bugun) kuni qaytishadi. Tajribali himoyachi Aleksandr Merzlyakov jarohatdan so‘ng asosiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok eta boshladi.

«Qo‘qon-1912» futbolchilari avvalgi hafta ikkiga bo‘linib, nazorat o‘yini o‘tkazishdi. «Ko‘klar» jamoasida asosiy tarkib vakillari harakatlangan bo‘lsalar, yoshlar «Qizillar» tarkibidan joy olishdi. 3:1 hisobida «Ko‘klar» foydasiga hal bo‘lgan o‘yinda Nosir Otaqo‘ziyev, Suhrob Berdiyev, Sobir Hamidov va Temur Tolipov gol urishdi.

«Ko‘klar»: Nikita Ribkin, Azamat Mamajonov, Akmal Xolmurodov, Murod Xolmuhammedov, Jalil Kimsanov, Bahodir Akramov, Quvondiq Ro‘ziyev, Sobir Hamidov, Jamshid Hasanov,Suhrob Berdiyev, Nosir Otaqo‘ziyev.

«Qizillar»: Aziz Ashurov, Ismoil Oxunjonov, Avaz Mamatxo‘jayev, Oybek Rustamov, Doniyor To‘lashev, Iqbol Malikjonov, Shohruh Ergashev, Ibrohim Rahimov, Muhammadanas Hasanov, Temur Tolipov, Doston Meliqo‘ziyev. Qo‘qonliklar yakshanba kuni «Qizilqum» bilan kuch sinashib ko‘rdilar. Bu uchrashuvda hisobni navoiyliklar ochishdi. No‘’mon Hasanov shogirdlari esa  64-daqiqada Muhammadanas Hasanov goli evaziga muvozanatni tiklashdi va 1:1  natijasi final hushtagi yangrashiga qadar o‘zgarmay qoldi.

«Nasaf»

G‘uzorda «Sho‘rtan»ga qarshi kechgan nazorat uchrashuvida qarshiliklarning asosan o‘rinbosarlari va farm-klub tarkibida maydonga tushayotgan o‘yinchilar harakatlanishdi. Qiziqarli kurashlar ostida kechgan o‘yin «Sho‘rtan»ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. «Nasaf»ning yagona goli Islom Kenjaboyev nomiga yozildi.

«Nasaf»: 44. Muzaffar Sharipov (35. Abduvohid Ne’matov, 78), 5. G‘olib G‘aybullayev, 6. Akmal Mozgovoy (14. Dadajon Mamatqulov, 78), 7. Dilshod Saitov, 10. Islom Rashidxonov (16. Xudoyorxon Sa’dullayev, 62), 18. Sirojiddin Qo‘ziyev (4. Otabek Komiljonov, 70), 28. Sardor Sa’dullayev (15. Navro‘z Izzatillayev, 57), 32. Islom Kenjaboyev (22. Oybek Bozorov, 65), 34. Ilhomjon Alijonov, 38. Sherzod Nasrullayev, 45. Dilshod Xushbakov (33. Shohmalik Komilov, 78).

Mazkur bahsda «Nasaf» tarkibida bungacha «So‘g‘diyona»da o‘ynagan Dadajon Mamatqulov ham maydonga tushdi. U aslida «Nasaf» maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. «Nasaf» o‘rinbosarlar jamoasi tarkibida ham to‘p surgan Mamatqulov hozircha ko‘rikda bo‘lib turibdi. Murabbiylar tayyorgarlik jarayoni barobarida seleksiya ishlarini ham unutishmayayapti.

Aytish joiz, chap qanot himoyachisi Saydullo Rahmatov «ajdarlar» safini tark etishi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning xizmatlariga «Neftchi» qiziqish bildirmoqda. Saydulloning o‘zi birinchi davrada maydonga nisbatan kam tushgani sabab, jamoa o‘zgartirishni o‘ylamoqda. Demakki, uning ikkinchi davrani «Neftchi»da boshlashi ehtimoli yo‘q emas.

«Olmaliq»

Olmaliqliklar Minsk yig‘ini doirasida Belarus oliy ligasi vakili - «Naftan» jamoasiga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazishdi. Jamoa bosh murabbiyi Viktor Kumikov mazkur bahsda mashg‘ulotlarda ishtirok etayotgan barcha futbolchilarga imkoniyat berdi. O‘yinning o‘zi ancha qiziqarli va shiddatli tus olib, yakunda «Olmaliq» Zafar Polvonov va Abduqahhor Hojiakbarov urgan gollar evaziga 2:0 hisobida zafar quchdi.

«Olmaliq»: Xurshid Xo‘jayev, Rahmatullo Berdimurodov, Shavkat Mullajonov, Vladislav Kosminin, Islom Inomov, Shohnazar Norbekov, Igor Yelich, Dilshod Jo‘rayev, Abduqahhor Hojiakbarov, Kamoliddin Murzoyev, Zafar Polvonov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Akbar To‘rayev, Nizomiddin Ziyovuddinov, Vusal Mageramov, Aziz Suyunov, Xurshid Muxtorov, Shahboz Umarov, Lutfulla To‘rayev, Farhod Musabekov, Shota Grigalashvili, G‘ulomhaydar G‘ulomov, Sanjar Rixsiboyev, Viktor Klishin, Farhod Tojiyev, Muhammad Isayev.

«Olmaliq» navbatdagi o‘yinda «Neman» (Grodno) jamoasi bilan kuch sinashdi.

Tarkibdagi o‘zgarishlar haqida gapirsak, 3 nafar futbolchi (Doniyor Usmonov, Zabihillo O‘rinboyev va Alibobo Rahmatullayev) jamoa bilan xayrlashdi. Ular o‘rniga Vusal Mageramov, Zafar Polvonov, Sanjar Rixsiboyev, Farhod Tojiyev va Lutfulla To‘rayev taklif etildi. Tarkibda yuzaga kelgan raqobat sabab, jamoa rahbariyati yana 2 nafar futbolchini ijara kelishuvi bo‘yicha boshqa jamoalarga yubordi. Xullas, Murod Rajabov ikkinchi davrani «Navbahor» tarkibida o‘tkazsa, Muhammad Isayev Samarqand «Dinamo»si sharafini himoya qiladi.

«Paxtakor»

«Sherlar» avvalgi hafta ikkinchi davraga tayyorgarlik doirasida o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishdi - 13 iyul kuni «Lokomotiv-BFK» va 15 iyulda «NBU-Osiyo»ga qarshi. Shota Arveladze boshqaruvidagi jamoa endi tayyorgarlikni maromiga yetkazish maqsadida xorijga yo‘l oladi. Bosh murabbiy «Paxtakor» markaziy stadionida «Lokomotiv-BFK» bilan tashkillashtirgan o‘yinning ikki bo‘limida mutlaqo boshqa-boshqa tarkibni maydonga tushirdi.

Ya’ni tanaffusdan keyin asosan yosh futbolchilarga imkoniyat berdi. Birinchi 45 daqiqalikda tajriba o‘z so‘zini aytib, asosiy tarkib futbolchilari yosh «temiryo‘lchilar» darvozasiga javobsiz 4ta gol yo‘llashdi. E’tiborlisi, ikkinchi bo‘limda yoshartirilgan tarkib ham «Lokomotiv-BFK» darvozasini 4 bora ishg‘ol etdi. Gollarga Igor Sergeev, Gidi Kanyuk, Azim Ahmedov, Suhrob Nurullayev, Jasur Hakimov (3ta) va Doston Ibrohimov mualliflik qilishdi.

«Paxtakor» (1-bo‘lim): Aleksandr Lobanov, Marko Simich, Sherzod A’zamov, Davron Hoshimov, Vladimir Kozak, Azim Ahmedov, Gidi Kanyuk, Sherzod Karimov, Suhrob Nurullayev, Tiago Bezerra, Igor Sergeev.

«Paxtakor» (2-bo‘lim): Eldorbek Suyunov, Ibrohim Yo‘ldoshev, Jasur Ermamatov, Kamoliddin Tojiyev, Xushnud Avilov, Akbar Ismatullayev, Roman Jo‘rayev, Jamshid Yusupov, Doston Ibrohimov, Behruz Sodillayev, Jasur Hakimov.

«Paxtakorchilar» ikkinchi nazorat o‘yinida esa durang bilan cheklanishdi. Aslida bu uchrashuv ham Shota Arveladze shogirdlari uchun yaxshi boshlandi. Ya’ni 20-daqiqada Gidi Kanyuk jarima zarbasi orqali «NBU-Osiyo» darvozasini nishonga oldi. Shuningdek, «sherlar» bo‘lim oxiriga qadar yana bir qator qulay vaziyatlar yaratishdi, ammo raqib posboni mahorat ko‘rsatdi.

Tanaffusdan keyin esa murabbiylar yana yoshlardan iborat tarkibga imkon berishdi. Lekin yoshlar avvalgi uchrashuvdagi shijoatni takrorlay olishmadi va «bankchilar» 50-daqiqada muvozanatni tiklashdi -1:1. Umuman, «paxtakorchilar» shundan so‘ng ham g‘alabani bemalol o‘z tomonlariga og‘dirishlari mumkin edi, biroq futbolchilarga hujumlarning yakuniy pallasida aniqlik yetishmadi.

«Paxtakor» (1-bo‘lim): Aleksandr Lobanov, Jamshid Yusupov, Marko Simich, Kamoliddin Tojiyev, Davron Hoshimov, Azim Ahmedov, Gidi Kanyuk, Tiago Bezerra, Suhrob Nurullayev, Doston Ibrohimov, Igor Sergeev.

«Paxtakor» (2-bo‘lim): Eldor Suyunov, Ibrohim Yo‘ldoshev, Jasur Ermamatov, Sherzod A’zamov, Xushnud Avilov, Jamshid Yusupov (Jamshid Iskanderov, 60), Akbar Ismatullayev, Roman Jo‘rayev, Shohruh Mahmudhojiyev, Behruz Sodillayev, Jasur Hakimov.

«Buxoro»

Ulug‘bek Baqoyev shogirdlari Toshkent viloyati Chimyon tog‘ hududida joylashgan shinam «Paradays grin» maskanida shug‘ullanishmoqda. «Buxoro»ning xorvatiyalik yarim himoyachisi Ivor Veyser o‘tgan hafta ta’tildan qaytdi va ayni payt mashg‘ulotlarda to‘laqonli ishlamoqda.

«Bunyodkor»

Birinchi davrani «Buxoro»da o‘tkazgan yarim himoyachi Shohruh Gadoyev «qaldir­g‘ochlar» safiga qaytdi. Bu haqda «Bunyodkor» klubining «Instagram»dagi sahifasida xabar berildi. Shohruh avvalgi mavsumning davralar oralig‘ida «Bunyodkor»ga qo‘shilgandi. Joriy chempionat boshida esa Sergey Lushan uning xizmatlaridan foydalanmaslikka qaror qilgach, «Buxoro»ga  yo‘l olgandi. Mana, Mirjalol Qosimov tezkor futbolchini yana «Bunyodkor»ga qaytardi. Gadoyev ayni payt «qaldir­g‘ochlar» bilan birga shug‘ullanmoqda.

«Mash’al»

Muborakliklar ham ikkinchi davraga qaratilgan tayyorgarlik jarayonini davom ettirishmoqda. Mashg‘ulotlar Toshkent viloyati Chimyon tog‘ zonasidagi «Chorvoq» (Piramida) oromgohida olib borildi. Hozirga kelib, tojikistonlik Umedjon Sharipov va Abbos Omonov jamoa bilan rasman xayrlashishdi. Tarkib esa 3 nafar yangi futbolchi hisobiga to‘ldirildi.

Bular - Nikita Pavlenko («Neftchi»), Umidjon Matmusayev («Sementchi») va Javlon Mirabdullayev («Bunyodkor»). Ushbu futbolchilar ayni vaqt «Mash’al» mashg‘ulotlarida ishtirok etishmoqda va yaqin kunlarda klub bilan shartnoma tuzishadi. Jamoa 16 iyulga qadar mashg‘ulotlarni «Piramida»da davom ettirdi. Kecha esa futbolchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tishdi. Bugundan yig‘in yana Muborakka ko‘chadi.

«Qizilqum»

Navoiy jamoasi 14 iyul kuni Toshkent yig‘inini boshladi. Oy boshida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan futbolchilar bir haftadan ko‘p vaqt davomida Navoiyda shug‘ullanishdi va bu davr mobaynida jismoniy tayyorgarlikka alohida e’tibor qaratildi. Kichik ta’tildan keyin jamoa a’zolari poytaxtda to‘planib, darhol kuchaytirilgan mashg‘ulotlarga kirishishdi.

«Qizilqum» 2 haftalik yig‘in doirasida 6ta nazorat uchrashuvi tashkillashni rejalashtirgan. Ulardan birinchisi «Qo‘qon-1912»ga qarshi kechib, 1:1 hisobida yakunlandi. Navoiy jamoasi goliga 29-daqiqada Samandar Shodmonov mualliflik qildi. Aytish joiz, Azizbek Usmonov jamoadan ketdi. U davralar oralig‘ida ozod agentga aylandi.

«Dinamo»

Samarqand jamoasi 11 iyul kuni Chimyon tog‘li hududida o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘iniga kirishgandi. Murabbiylar futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilash ustida alohida ishlar olib borishmoqda. Birinchi davrada ijara kelishuvi bo‘yicha o‘ynashgan Abdujamol Isroilov («Neftchi»), Damir Nizanov («Neftchi»), Javohir Qahramonov («Bunyodkor») hozir «Dinamo» ixtiyorida emaslar. «Surxon»ga aynan ijara asosida yuborilgan Jonibek Ko‘chimov esa ortga qaytarildi. Shuningdek, «Dinamo» tarkibiga «Olmaliq»dan Muhammad Isayev, «Metallurg»dan Doniyor Ismoilov kabi yosh yarim himoyachilar qo‘shilishdi. Eslatma, «Dinamo» 20 iyuldan Toshkentda nazorat bahslariga kirishadi. Dastlabki uchrashuv shu kuni «Navbahor» jamoasiga qarshi kechadi.

«Navbahor»

Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi vakillari hamda futbolchilar 13 iyul kuni Namangan viloyati hokimi qabulida bo‘lishdi. Viloyat hokimligi kichik majlislar zalida tashkil etilgan marosimda jamoa a’zolaridan tashqari, homiy tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etishdi. Tadbir avvalida so‘z olgan Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol federasiyasi prezidenti Xayrulla Hayitboyevich Bozorov yig‘ilishdan ko‘zlangan maqsad «Navbahor» klubiga yangi prezident tayinlash va ikkinchi davra o‘yinlarini munosib tarzda o‘tkazishni ta’minlash uchun chora-tadbirlar belgilash ekanligini ta’kidladi. Shundan so‘ng yaqinda Namangan shahar hokimi sifatida ish boshlagan Shavkatjon Shokirjonovich Abdurazzoqov klub prezidenti sifatida tanishtirildi. Viloyat hokimi shuningdek, klub prezidentiga faoliyati muvaffaqiyatli chiqishini tiladi. Shavkatjon Abdurazzaqov o‘z navbatida «Navbahor»ni yuksak o‘rinlarga olib chiqishdan umidvorligini bildirdi. U o‘z so‘zida millionlar o‘yi­niga befarq emasligi, yoshligida futbol bilan shug‘ullanganligini aytib, jamoa ravnaqi va muxlislarni xursand qilish yo‘lida hamjihatlikda ish olib borilishini ta’kidladi.

Shundan so‘ng bosh murabbiy Ilhom Mo‘minjonov jamoaning birinchi davradagi ishtiroki va hal qiluvchi bosqichga olib borilayotgan tayyorgarlik jarayoni haqida axborot berdi. Mo‘minjonov ikkinchi davrani munosib o‘tkazib,  muxlislarni quvontirish asosiy maqsad ekanligini ta’kidlab, shu maqsadda tarkibga jalb etilgan Abbos Maxstaliyev, Doniyor Usmonov, Murod Rajabov va Mirzohid Mamatxanovni rasman tanishtirdi.

O‘z navbatida, murabbiy tarkibga yangi o‘yinchilarni chaqirish bo‘yicha muzokaralar davom etayotganini qo‘shimcha qildi. Yakunda viloyat hokimi jamoaga mahoratli hujumchi jalb etish kerakligini uqtirdi. Murabbiy bunga javoban ushbu masalada ham muzokara olib borilayotgani va birinchi davrada jarohat tufayli to‘liq o‘ynolmagan Ro‘zimboy Ahmedov safga qaytganini bildirdi.

Yig‘ilish oxirida futbolchilar nomidan Dilshod Jabborov so‘z olib, yaratib berilayotgan shart-sharoitlar va yuksak ishonch uchun minnatdorchilik bildirdi hamda ikkinchi davrada rahbariyat, muxlislar ishonchini oqlash uchun astoydil harakat qilishga va’da berdi.

«Navbahor» mashg‘ulotlariga kelsak, birinchi liga vakili - «UzDongJu» bilan o‘rtoqlik uchrashuvi tashkillashtirildi. Namangandagi «Markaziy» stadionida  o‘tkazilgan o‘yinda mezbonlar 4:1 hisobida g‘alaba qozondilar. Jamoa gollariga Mirzohid G‘ofurov, Ravshan Xursanov va  Ro‘zimboy Ahmedov (2ta) mualliflik qilishdi.

«Navbahor»: 30. Asilbek Omonov, 4. Doniyor Usmonov, 5. G‘iyos Komilov, 8. Ravshan Xursanov, 9. Dilshod Jabborov, 10. Abbos Maxstaliyev, 19. Mirzohid G‘ofurov, 21. A’zam Aliyev, 32. Jahongir Mehmonov, 33. Murod Rajabov, 77. Azizbek Turg‘unboyev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: 1. Mirzohid Mamatxonov, 7. Oybek Qilichev, 11. Sardor Rasulov, 17. Ilhom Boydedayev, 20. Alisher Mirzayev, 22. Ro‘zimboy Ahmedov.

«UzDongJu»ga qarshi uchrashuvdan so‘ng jamoa Toshkentga yo‘l oldi va tayyorgarlik jarayonini poytaxtda davom ettiradi. Bu yig‘in doirasida ham nazorat uchrashuvlari tashkillashtiriladi, albatta. Namanganliklar kecha «Nasaf» klubiga qarshi maydonga tushgan bo‘lsalar, 20 iyul sanasi  Samarqand «Dinamo»si bilan kuch sinashishadi. 23 iyulga belgilangan o‘yinda esa «Buxoro» sparring-raqib bo‘ladi.

«So‘G‘diyona»

Jizzax klubi ikkinchi davraga qaratilgan tayyorgarlik ishlarini 3 iyuldan Zomin tog‘ yon bag‘rida boshlagandi. Futbolchilar yordamchi murabbiy Diyor Fayziyev boshchiligida kuniga ikki mahal shug‘ullanishdi va mashg‘ulotlarda asosan jismoniy holatni yaxshilashga e’tibor qaratildi. Zomin yig‘ini o‘tgan hafta yakunlandi va futbolchilar 16 iyul kuni «So‘g‘diyona» qarorgohiga yig‘ilishdi.

Tayyorgarlikning ikkinchi bosqichi davomida bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlari uyushtirish rejalashtirilgan.

«Sho‘rtan»

Ikkinchi davraga tayyorgarlikni davom ettirayotgan g‘uzorliklar o‘z maydonlarida «Nasaf»ga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazib, 2:1 hisobida zafar quchishdi. «Sho‘rtan» gollariga Igor Taran va Eldor Boymatov mualliflik qilishdi.

«Sho‘rtan»: 1. Eldor Tojiboyev, 4. Nurali Padarov, 3. Mirmuhsin Sattorov, 10. Hasanboy Ergashev, 29. Akrom Bahromov, 22. Shamsiddin Sa’dullayev, 7. Olim Karimov, 23. Yusuf Bo‘riyev, 20. Shahzod Xursanov, 17. G‘ulom Rahmonov, 11. Jasur Xolto‘rayev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: 93. Alibek Turobov, 27. Yevgeniy Kochnev, 15. Obid Jo‘raboyev, 14. Umar Eshmurodov, 18. Eldor Boymatov, 77. Otabek Narzullayev, 2. Sunnatilla Mamadaliyev, 19. Ma’rufxon Murodov, 12. Doston Abdurahmonov, 88. Abbos Omonov, 9. Igor Taran.

O‘zgarishlarga kelsak, «Sho‘rtan» futbol maktabi tarbiyalanuvchisi, jamoada o‘z o‘rniga ega bo‘lgan himoyachi Umar Eshmurodov «Nasaf» tarkibiga qo‘shiladi.

Birinchi davra yakunida «ajdarlar» murabbiylar shtabi ushbu futbolchi yuzasidan «Sho‘rtan» rahbariyatiga murojaat qilgandi. Olib borilgan muzokaralardan so‘ng tomonlar kelishuvga erishishdi va Umarbek endi faoliyatini «Nasaf»da davom ettiradi. G‘uzorliklar safiga esa «Nasaf» maktabi tarbiyalanuvchisi Dilshod Xushbakovning qo‘shilishi kutilmoqda.

«Neftchi»

Farg‘ona jamoasi 13 iyul kuni birinchi liga ishtirokchisi «Norin»ni qabul qildi. Qirgulida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvi «Neftchi»ning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov davralar oralig‘idagi yig‘inning ilk qismiga bir qator yangi futbolchilarni ham taklif qilgan va ularni sinovdan o‘tkazmoqda.

Deylik, Vadim Karlenovich «Norin» bilan bahsda ikki xil tarkibdan foydalandi. Birinchi 45 daqiqalikda nisbatan tajribali o‘yinchilar harakatlangan bo‘lsalar, tanaffusdan keyin ko‘rikdagi futbolchilar va yoshlarga imkoniyat berildi. Oradan 2 kun o‘tib, «Neft­chi» endi «Yozyovon-Lochinlari» bilan kuch sinashib, 4:2 hisobida zafar quchdi. O‘yin g‘oyat qiziqarli kurashlar ostida kechdi.

Vadim Karlenovich bu safar ham o‘z an’nasiga sodiq qolgan holda, ikki xil tarkibga tayandi. Hisobni o‘yin boshidayoq Mo‘ydin Mamazulunov ochgan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay, Baxtiyor Yoqubov ustunlikni mustahkamladi. Keyin xuddi «Norin» bilan uchrashuvda bo‘lgani singari avtogol qayd etildi. Ikkinchi bo‘limda mehmonlar ketma-ket javob gollari urishdi.

Bu holat va o‘yin sur’atidan qoniqmagan «Neftchi» vakillari yana katta kuch bilan hujumga tashlanishdi. Markazda harakatlangan Javohir Rasulov, Muzaffar Muzaffarov, Karen Abramov hamda Abror Ismoilov faolliklari bilan yaqqol ajralib turishdi. Shuningdek, Temur Hakimov va Abdurahmon Abdulhaqov qanotlar orqa­li xavfli yurishlarni amalga oshirishdi.

Tandem sifatida harakatlanishgan hujumchilar - Alisher Shog‘ulomov va Otabek Haydarov shu kuni ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘lishdi, ammo ularga gol urish nasib qilmadi. Yakunda zaxiradan maydonga tushgan Temur Hakimov «Neftchi»ning 4-golini urib, hisobga nuqta qo‘ydi - 4:2.

 

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 15:57, 17.07.2017.
O'qildi: 10136 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.