Kirish Ro'yxatdan o'tish

Toshkentdan Orol dengizigacha avtoralli o‘tkaziladi

Toshkentdan Orol dengizigacha avtoralli o‘tkaziladi

Baho:
+ | -

2-9 avgust kunlari dunyoga mashhur «Discover rally tour» tomonidan Toshkent shahridan Orol dengizigacha bo‘lgan 4000 kilometrlik ralli bo‘lib o‘tadi.

Bu haqda Qoraqalpog‘iston xabar agentligiga asoslanib "Kruz" nashri xabar bermoqda.

Musobaqani o‘tkazishdan asosiy maqsad - ilgari dunyoda kattaligi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turgan Orol dengizining hozirgi holatini ko‘rish, insonlarning tabiat boyliklaridan unumsiz foydalanishlarining oqibatlarini dunyoga tanitib, bundan tegishli xulosa chiqarishga undash.

Ushbu tadbirda ishtirok etish ixtiyoriy, faqat buning uchun 1 850 000 so‘m to‘lash kifoya.

Musobaqa tashkilotchilari o‘z avtotransportlarida ishtirok etuvchi fuqarolarni barcha sayohat davomida texnik yordam mashinalari kuzatib borishadi. Shuningdek ular eng yaxshi mehmonxonalarda tunab, tibbiy sug‘urtaga ega bo‘lishadi.

Ishtirokchilar yo‘l davomida yurtimizning milliy taomlari, takrorlanmas landshaftlari, tarixiy va boshqa diqqatga sazovor joylari bilan tanishib, safar davomida sir tutilgan tadbirlarning ishtirokchilariga aylanishadi.

O‘tkazilgan tur telekanallardagi ko‘ngilochar dasturlarda namoyish etiladi.

Manba: uz24.uz
Kiritildi: 14:06, 20.07.2017.
O'qildi: 3762 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик