Neymarning sobiq agenti Vagner Ribeyro braziliyalik hujumchining «Barselona»dagi maoshini oshirish uchun «PSJ»ning qiziqishidan qanday foydalangani haqida gapirib berdi.
— Neymarga «Barselona»dan ko‘ra «Real»ga o‘tish yaxshiroq bo‘larmidi?
— U «Barselona»da Suares, Messi, Xavi, Inyesta va hujumlarni chuqurdan boshlaydigan himoyachilar bilan ajoyib futbol o‘ynadi. U yerda faqat yuqori darajadagi futbolchilar bor edi.
Neymar barchasida g‘olib chiqdi. U hech narsadan afsuslanmaydi. Pul ham o‘z rolini o‘ynadi, u «Barselona»da katta mablag‘ ishlab topdi.
Uning «PSJ»ga o‘tishidan bir yil oldin Ibisda Neymar va uning otasi bilan uchrashuv o‘tkazdim. Parijliklar prezidenti Nosir Al-Xelayfiyni ham o‘zim bilan olib bordim. Buni hech kimga bildirmay amalga oshirdim va u yerda uch soat birga bo‘ldik.
O‘shanda quyidagi kelishuvga erishildi: Nosir Neymarga mehmonxonalardan tushadigan daromaddan ulush, samolyot va «Barselona»dagi maoshidan ikki baravardan ham yuqori maosh taklif qildi. Neymar «Barselona»da 11 million yevro olardi, Nosir esa 25 million yevro taklif qildi. Biz esa 40 million yevro so‘radik.
Neymarning otasi bilan birga ushbu uchrashuv haqida Fransiya matbuotiga, xususan, L’Équipe nashri orqali «PSJ» futbolchiga yiliga 25 million yevro taklif qilgani haqida ma’lumot tarqatdik. Shundan so‘ng «Barselona» ham javob qaytardi — unga 26 million yevro maosh taklif qildi.
Bir yil o‘tgach, Neymar 40 million yevro ishlab topishi kerak edi, parijliklar esa uning transferi uchun 222 million yevro to‘ladi.
Bu haqiqat. Pul hamma narsani hal qiladi, shunday emasmi? — dedi Ribeyro.













