«Monako» himoyachisi Benjamin Mendi "shaharliklar" tarkibiga o‘tmaydi.
Monegasklar «Manchester Siti»dan futbolchining transferi bo‘yicha 45 mln funtga teng taklifni olgan edi. Sky Sports xabariga ko‘ra, rahbariyat yetakchi futbolchisidan ayrilishni istamadi.
Eslatib o‘tamiz, bosh murabbiy Xosep Gvardiola anchadan buyon Mendi bilan shartnoma imzolashni istamoqda. Mutaxassis chap qanot himoyasiga undan boshqa yaxshi nomzod topolmayapti.