Fransiyaning “Marsel” jamoasi kamerunlik 36 yoshli futbolchi Samuel Eto'O bilan shartnoma imzolashni maqsad qilib qo‘ydi.
Fransiya nashrlarining ma’lum qilishgicha, “Marsel” 36 yoshli futbolchiga 2 yillik shartnoma taklif qildi. Agar Samuel o‘tishga rozi bo‘la, yiliga 4 million yevro maosh oladi.
Ma’lumot uchun, Samuel Eto'O o‘tgan mavsumda Turkiyaning "Antalyaspor" klubi sharafini himoya qilib, 30 uchrashuvda 18 ta gol urishning uddasidan chiqqandi.