Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Quvondiq Ro‘ziyev: “Qo‘qon-1912” uchun jonimni berishga tayyorman"

Quvondiq Ro‘ziyev: “Qo‘qon-1912” uchun jonimni berishga tayyorman"

Baho:
+ | -1

O‘zining ajoyib tezligi va driblingi bilan muxlislar qalbidan joy olgan Quvondiq Ro‘ziyev yana Qo‘qonga qaytdi.

Biz Quvondiq Ro‘ziyevni suhbatga tortdik.

-Quvondiq jamoamizga xush kelibsiz. Sizni yana Qo‘qonda ko‘rib turganimizdan xursandmiz.
-Avvalambor barcha Qo‘qonlik muxlislarga alangali salom. Oradan bir yarim yil o‘tib yana Qo‘qonga qaytganimdan xursandman. “Qo‘qon-1912”ga qaytishni xammadan ko‘p o‘zim istadim. Bosh murabbiy meni jamoaga taklif qilgach , boshqa takliflar haqida o‘ylab ham o‘tirmadim. Chunki meni futbolchi sifatida tanitgan jamoa bu “Qo‘qon-1912” bo‘ladi. Bu jamoa uchun jonimni berib o‘ynashga tayyorman.

- Oradan o‘tgan bir yarim yil hayotingizda qanday o‘zgarishlar ro‘y berdi ?
-O‘tgan bir yarim yilda qanchalik qiynalganimni faqat o‘zim bilaman. Futbolsiz yashash juda qiyin bo‘ldi. Ertaga o‘ynamasligingni bilib turib mashg‘ulotlarda ishtirok etishdan qiyin narsa yo‘q ekan.Bir yarim yil Qo‘qondagi o‘yinlarim xotirasi bilan yashadim. Tushkunlikka tushgan vaqtlarim bo‘ldi. Yaxshiyam oila a’zolarim bor, ular menga katta ruhiy dalda bo‘lishdi. O‘zbekiston chempioni va kubogi sohibi bo‘lgan bo‘lsamda, bir yarim yil umrimni behuda yo‘qotdim. Endi bunday xatoni takrorlamaslikka harakat qilaman. O‘zimga qolsa faoliyatimni so‘nggigacha Qo‘qonda o‘ynagan bo‘lardim, lekin ixtiyor menda emas edi. Yana eski darajamga chiqish, muxlislarning yoqimli futbolchisi bo‘lish uchun jonimni berishga tayyorman.

- Jamoada siz o‘ynaydigan chiziqdagi raqobat yetarli. Nima deb o‘ylaysiz asosiy tarkibdan joy egallay olasizmi ?
- Raqobatni borligi yaxshi. Chunki raqobat bor joyda o‘sish bo‘ladi. Albatta asosiy tarkibdan xech kimga joy kafolatlanmagan. Men asosiy tarkibdan joy olish uchun tinimsiz menat qilishga, shu orqali murabbiy va muxlislar ishonchini oqlashga harakat qilaman.

-“Qo‘qon-1912” jamoasi 2-davrada ham yetakchilar qatorida bo‘ladimi, sizni fikringiz qanday ?
-Jamoa 1-davrada juda yaxshi natijalarni ko‘rsatdi. Endi ikkinchi davrada bundan ham yaxshi o‘yin ko‘rsatib, jadvaldagi mavqeimizni saqlab qolishimiz talab etiladi. Mana jamoaga mendan tashqari Doniyor Hasanov ham qo‘shildi. Hasanov 1-davrada “Obod” jamoasining yuragi bo‘ldi desam adashmagan bo‘laman. Endi barchamiz birgalikda “Qo‘qon-1912” jamoasini sovrindorlar qatoridan o‘rin olishi uchun bor kuch g‘ayratimizni ishga solamiz.

-Qo‘qonlik muxlislarga tilaklaringiz.
-Barchalariga sog‘lik-salomatlik, oilalariga xotirjamlik tilayman. Men ularni sog‘inganman. Yana stadionimizni to‘ldirib jamoamizni qo‘llab turishlarini istayman.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 10:43, 24.07.2017.
O'qildi: 3021 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.