Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol

O‘zbekiston Kubogi-2017. “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” uchrashuvi oldidan

O‘zbekiston Kubogi-2017. “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” uchrashuvi oldidan

Baho:
+ | -

Nihoyat yurtimiz futbol mavsumining davralar oralig‘idagi tanaffusi ham o‘z yakuniga yetdi. Yana mamlakatimiz stadionlari muxlislarni o‘z bag‘riga chorlaydi. 27-28 iyul kunlari O‘zbekiston Kubogi bahslari davom ettiriladi. O‘zbekiston Kubogi chorak finalining javob uchrashuvida “Nasaf”, Qo‘qonning “Qo‘qon-1912” jamoasi bilan kuch sinashadi.

Futbol ishqibozlarida katta qiziqish o‘yg‘otayotgan uchrashuv Qo‘qon shahridagi “Markaziy” stadionda bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 28 iyul, juma kuni 18:00da boshlanadi.

Bo‘lajak uchrashuvda qarshiliklar tarkibiga qo‘shilgan yangi futbolchilarimiz ham maydonga tushishlari kutilmoqda. Tajribali futbolchi Jasur Hasanov va iqtidorli futbolchimiz Umarbek Eshmurodov “ajdarlar” tarkibidagi debyut uchrashuvlarini o‘tkazishlari mumkin.

“Nasaf” kubok bahslarining bu bosqichidagi dastlabki uchrashuvni o‘z maydonida 30 iyun kuni o‘tkazgan edi. Unda jamoa 11585 tomoshabin qarshisida qo‘qonliklarni yirik 4:1 hisobida mag‘lub etishgan. Uchrashuvdagi "Nasaf" gollariga Dilshod Rahmatullayev, Bahrom Abdurahimov (2ta) va Islom Kenjaboyevlar mualliflik qilishgan.

Bu hisobdagi g‘alaba, "ajdarlar"ning kubok yarim finali yo‘llanmasi uchun imkoniyatini oshirib yubordi. Ammo, bo‘lajak uchrashuv qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy bo‘lishini oldindan taxmin qilish mumkin. Zero, qo‘qonliklar o‘z maydonida – muxlislari qarshisida kuchli va jangovor o‘yin namoyish etishadi. Jamoamiz futbolchilari ham o‘zlarining nimalarga qodir ekanliklarini yana bir marta isbotlash uchun maydonga tushadilar. Bu uchrashuvga tayyorgarliklar har jihatdan puxta olib borildi.

Mazkur jamoalar chempionat turnir jadvalida ham yonma-yon borishmoqda. Bu holat ham bo‘lajak o‘yinga qiziqishni ortirishi turgan gap.

Bundan tashqari, “Nasaf” o‘n besh yil avval qo‘lga kiritilgan yutuqni takrorlash uchun harakat qiladi. Esingizda bo‘lsa, 2001/2002 yilgi kubok bahslarida ham mazkur jamoalar to‘qnash kelishgan. Dastlab Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda maydon egalari kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozonishgan. Qarshida bo‘lib o‘tgan javob uchrashuvida esa “Nasaf” 5:1 hisobida g‘alaba qozonib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

O‘zingizga ma’lum, Qo‘qon shahri o‘zbek futboli rivojiga ta’mal toshi qo‘ygan shahar hisoblanadi. O‘zbek futbolining ilk qadamlari aynan mana shu shaharda qo‘yilgan. Qolaversa, qo‘qonliklar O‘zbekiston Kubogining birinchi finalchisi ham hisoblanishadi. U vaqtda jamoa “Temiryo‘lchi” nomi bilan faoliyat yuritgan. Bu kubok finali hozircha, “Qo‘qon-1912” jamoasining ilk va so‘nggi final uchrashuvi bo‘lib turibdi.

“Nasaf” jamoasi “Qo‘qon-1912” jamoasiga nisbatan yoshroq bo‘lsada, o‘z tarixida olti marta O‘zbekiston Kubogi finalida ishtirok etishga ulgurdi. 2015 yilgi finalda g‘olib bo‘lib, o‘z tarixida birinchi marta kubok sohibiga aylandi. Jamomizning hozirgi ustozi Ro‘ziqul Berdiyev esa, bosh murabbiy sifatida jamoamizni to‘rt marta kubok finaliga olib chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu juftlik g‘olibi - “Lokomotiv”/”Buxoro” juftligi g‘olibi bilan O‘zbekiston Kubogi yarim finalida to‘qnash keladi. O‘zbekiston Kubogi-2017 yarim finalining dastlabki uchrashuvi 2 avgust chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuv hakamlari haqida
“Qo‘qon-1912” – “Nasaf” uchrashuvini toshkentlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bahsda FIFA hakami Viktor Serazetdinov bosh hakamlik qiladi. Unga qanotlarda Alisher Usmonov va Timur Gaynulinlar yordam berishadi. Zaxira hakami sifatida Akmaljon Rahimov ishlaydi. Andijon shahridan. Uchrashuvda hakamlar ishini Arslon Xotamov nazorat qiladi, Toshkent shahridan.

O‘zbekiston Kubogi chorak finali, javob uchrashuvi
«Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) – «Nasaf» (Karshi)
28.07.2017. Qo‘qon sh. “Markaziy” stadion. 18:00
Bosh hakam: Viktor Serazetdinov (Toshkent)
Qanot hakamlari: Alisher Usmonov (Toshkent), Timur Gaynulin (Toshkent)
Zaxira hakami: Akmaljon Rahimov (Andijon)
Nazoratchi: Arslon Xotamov (Toshkent).

Viktor Serazetdinov bu yilgi mavsumda "Nasaf" ishtirokidagi bitta uchrashuvni boshqargan. Bu “Nasaf” – “Neftchi” uchrashuvi bo‘lib, unda qarshiliklar o‘z raqibini 2:0 hisobida mag‘lub etgan.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 17:07, 25.07.2017.
O'qildi: 5948 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.