Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Jon Terri uyining o‘g‘ri urishi natijasida katta puldan ajraldi

Jon Terri uyining o‘g‘ri urishi natijasida katta puldan ajraldi

Baho:
+-1 | -

Mart oyida Dubayda dam olayotgan «Chelsi» klubining sobiq sardori Jon Terrining uyini o‘g‘ri urib ketgan edi.

Polisiya xodimlari o‘g‘rilarning nima uchun aynan bu uyni tanlaganini taxmin qilib, qiziq xulosaga keldi. Noma’lum kimsalar Terri va rafiqasining Dubayda ekanini Instagram ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirilgan suratlardan bilib olishgan va uyda hech kim yo‘qligiga amin bo‘lishgan.

Mirror xabariga ko‘ra, jinoyatchilar 219 ming funtlik Cartier zargarlik buyumlari, 61 ming funtlik uzuk, Garri Potter haqidagi 18 ming funtlik dastlabki nashr kitobi, bir necha qimmatbaho soat va sumkalarni olib ketishgan. Ularning umumiy narxi 400 ming funtni tashkil qilgan.

Polisiya o‘g‘rilarni kuzatuv kameralaridagi videoyozuvlar orqali topib, qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan. Yaqin kunlarda 5 nafar jinoyatchi ustidan sud jarayoni bo‘lib o‘tadi.

 

Manba: championat.com
Kiritildi: 12:43, 28.07.2017.
O'qildi: 7061 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик