Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/06 00:00 Germaniya 2-0 Daniya
30/06 05:00 Kanada 0-0 Chili
30/06 05:00 Argentina 2-0 Peru
30/06 20:00 Nasaf 3-2 Navbahor
30/06 20:00 Metallurg 1-4 Olimpik
30/06 21:00 Angliya 2-1 Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya 4-1 Gruziya
01/07 05:00 Yamayka 0-3 Venesuela
01/07 05:00 Meksika 0-0 Ekvador
01/07 19:30 Neftchi - Paxtakor
01/07 21:00 Fransiya - Belgiya
02/07 00:00 Portugaliya - Sloveniya
02/07 06:00 AQSh - Urugvay
02/07 06:00 Boliviya - Panama
02/07 21:00 Ruminiya - Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya - Turkiya

International Champions Cup. «Klasiko»da «Barselona» g‘alaba qozondi

International Champions Cup. «Klasiko»da «Barselona» g‘alaba qozondi

Baho:
+1 | -

International Champions Cup doirasida "Real" va "Barselona" o‘rtasidagi uchrashuvi yakuniga yetdi. Jamoalar hali yuqori formada bo‘lmasalar-da, muxlislarga ochiq o‘yin namoyish qilib berishdi.

Bahsning 3-daqiqasida Lionel Messi hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.  Busketsning uzatmasidan keyin argentinalik futbolchi raqib jarima maydonchasiga kirib borib, Marseloni aldadi va chap oyoqda kuchli bo‘lmagan zarba berdi. To‘p Kazemironing oyog‘iga tegib, Navasning ustidan oshib o‘tdi va to‘rga borib tushdi.

Oradan 4 daqiqa o‘tib, "Barsa" ikkinchi to‘pni "Qirollik klubi" darvozasiga joyladi. Neymar chap qanotdan jarima maydonchasiga yaqinlashib bordi va yarim aylana ustiga uzatma berdi. Suares to‘pni o‘tkazib yubordi. Rakitich esa o‘ng oyoqda kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi.

O‘tkazib yuborilgan gollardan keyin "Real" asta-sekin o‘ziga kela boshladi va dastlabki aniq zarbani golga aylantirdi. Mateo Kovachich "Barsa" jarima maydonchasi tashqarisida Pikeni aldab o‘tdi va 17 metrdan aniq zarba berib, Silessenni dog‘da qoldirdi.

Shundan keyin kataloniyaliklar 2ta o‘ta qulay imkoniyatdan foydalana olishmadi. Neymarning zarbasiga biroz aniqlik yetishmagan bo‘lsa, Messi yakkama-yakka vaziyatda bergan zarbasini Keylor Navas qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Zidan shogirdlari esa ikkinchi qulay imkoniyatni ham golga aylantirishdi. "Barselona" burchak to‘pi o‘yinga kiritgan paytda "Real" namunaviy qarshi hujum tashkil qildi. Kovachichning uzatmasidan keyin Asensio darvozabon bilan yuzma-yuz holatda qoldi va to‘pni darvozaga joyladi.

Ikkinchi bo‘limni ham Valverde shogirdlari faol boshlashdi. 50-daqiqada Neymar chap qanotda belgilangan jarima to‘pini darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Pike 5 metr masofadan to‘pni oyog‘i bilan "Real" darvozasiga joylab qo‘ydi. Oradan 5 daqiqa o‘tib Neymarning o‘zi gol urishi mumkin edi. Messining uzatmasidan keyin braziliyalik futbolchi birga-bir vaziyatga chiqib ketdi, ammo darvozani ishg‘ol eta olmadi.

Shundan so‘ng har ikkala jamoa safida ketma-ket o‘zgarishlar bo‘la boshladi va boshlang‘ich tarkibdagi futbolchilardan deyarli hech kim qolmadi. Ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan Isko hisobni tenglashtirishga yaqin keldi. Uchrashuvning 81-daqiqasida u  chap qanotdan markaz bo‘ylab yurish qildi va 15 metrlardan olis burchakka aniq zarba berdi. Yasper Silessen barmoqlarining uchi bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

Shu tariqa, "Barselona" yozgi klasikolarning dastlabkisida g‘alaba qozondi. Kataloniyaliklar Xalqaro chempionlar kubogining AQSHdagi turnesida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

International Champions Cup
Real Madrid Ispaniya – Barselona Ispaniya 2:3 (2:2, 0:1)
30 iyul, 05.05, «Sun Life Stadium»
Gollar: 0:1 – 3 Messi, 0:2 – 7 Rakitich, 1:2 – 14 Kovachich, 2:2 – 36 Asensio, 2:3 – 50 Pike.
Real Madrid – Navas, Varan (Valyexo, 46), Marselo (Teo, 74), Karvaxal (Xakimi, 74), Ramos (Nacho, 46), Kovachich (Sebalyos, 74), Kazemiro (Markos Lyorente, 74), Asensio (Vaskes, 46), Modrich (Isko, 46), Beyl (Oskar Rodriges, 74), Benzema (Mayoral, 74).
Barselona – Sillessen, Umtiti (Vermalen, 63), Pike (Maskerano, 73), Alba (Din, 73), Aleish Vidal (Nelson Semedu, 63), Rakitich (Alenya, 73), Buskets (Serdji Samper, 73), Inyesta (Serji Roberto, 46), Neymar (Turan, 73), Messi (Denis Suares, 63), Suares (Pako Alkaser, 63).
Ogohlantirishlar: Varan (22), Karvaxal (60), Suares (60), Serdji Samper (78).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:08, 30.07.2017.
O'qildi: 15753 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.