Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Yevropa chempionati qahramonlarining tarixi (2-qism)

Yevropa chempionati qahramonlarining tarixi (2-qism)

Baho:
+ | -

Avvalroq 1978-1996 yillar oralig‘ida o‘tkazilgan U-21 toifasidagi Yevropa chempionatida oliy individual sovrin - «Oltin to‘p»ga ega chiqqan futbolchilarga to‘xtalib, eng yaxshi maqomi ularga qanday ta’sir qilganini ko‘rib chiqqan edik.

Bugun o‘sha maqolaning davomi o‘laroq, Yevro-98 va undan keyingi turnirlar bosh laureati sifatida e’tirof etilgan     o‘yinchilarga e’tibor qaratamiz. Xo‘sh, U-21 toifasidayoq yaqqol ko‘zga tashlanib, nufuzli sovrin yutganlar keyinchalik buni nechog‘li oqlashgan? 

YEVRO-98 (U-21)

Fransesk ARNAU (Ispaniya)

23 yosh, «Barselona»

Turnirda: 3ta o‘yin

42 yosh, «Malaga»

sport direktorii

Ispaniya terma jamoasida: -

Yutuqlari: Ispaniya superkubogi sohibi; Ispaniya kubogi sohibi; Kubok egalari kubogi sohibi; Ispaniya chempioni; Intertoto kubogi g‘olibi

Arnau yoshlar o‘rtasidagi qit’a chempionatiga «Barselona» asosiy tarkibida o‘ynash tajribasiga ega futbolchi sifatida bordi. Umuman, unga ispan futboli kelajak umidi sifatida qarashgandi. Biroq Fransesk har qancha urinmasin, «Kamp Nou»da bosh rollarga ko‘tarilmadi va barcha turnirlar hisobidan «Barsa» tarkibida 32 marta maydonga tushgach, 2001 yili «Malaga»ga o‘tdi. Keyingi 10 yil davomida «anchouslar» libosini 137ta o‘yinda kiydi va mavsum-2015da klub sport direktoriga aylandi.

 

YEVRO-2000 (U-21)

Andrea PIRLO (Italiya)

21 yosh, «Inter»

Turnirda: 4ta o‘yin, 3ta gol

38 yosh, «Nyu-York Siti» vakili

Italiya terma jamoasida: 116ta o‘yin, 13ta gol

Yutuqlari: Italiya kubogi sohibi (2 marta); CHL g‘olibi (2 marta); Yevropa superkubogi egasi (2 marta); Italiya chempioni (6 marta); Italiya superkubogi sohibi (3 marta); jahon chempioni; Klublar o‘rtasidagi JCH g‘olibi

Pirlo Yevropa chempionati vaqti «Inter»ga tegishli edi, ammo o‘sha mavsum ijara kelishuvi asosida «Redjina»da o‘ynagan. Hujumkor yarim himoyachi rolida maydonga tushgan bo‘lajak «Maestro» turnir doirasidagi 4ta o‘yinda 3ta gol urish barobarida slovaklarga qarshi bahsda qizil kartochka ham olgandi. E’tiborlisi, Pirloga buyuk faoliyati davomida «A» seriyasining 3ta grandi («Inter», «Milan» va «Yuventus») safida ham o‘ynash nasib etdi va endi «Nyu-York Siti»da nafaqaga hozirlanmoqda.

 

YEVRO-2002 (U-21)

Petr CHEX (CHexiya)

20 yosh, «Sparta»

Turnirda: 5ta o‘yin

35 yosh, «Arsenal» a’zosi

Chexiya terma jamoasida: 124ta o‘yin

Yutuqlari: Angliya chempioni (4 marta); Angliya Liga kubogi sohibi (3 marta); Angliya superkubogi sohibi (3 marta); Angliya kubogi sohibi (5 marta); CHL g‘olibi; YEL g‘olibi

Chex aynan yoshlar o‘rtasidagi qit’a chempionatida ko‘rsatgan ishonchli o‘yinlaridan so‘ng Praganing «Sparta»sidan «Renn»ga o‘tdi. Chaqqon kiper Fransiyada ham uzoq ushlanib turmadi va «Chelsi» libosini kiyib, nafaqat klub, balki butun jahon futboli afsonasi darajasiga chiqdi. 2015 yil yozda esa tajribali darvozabonning jonajon jamoasidan ketishiga to‘g‘ri keldi va u «Arsenal»ni tanladi.

 

YEVRO-2004  (U-21)

Alberto JILARDINO (Italiya)

21 yosh, «Parma»

Turnirda: 4ta o‘yin, 4ta gol

35 yosh, «Peskara» a’zosi

Italiya terma jamoasida: 57ta o‘yin, 19ta gol

Yutuqlari: jahon chempioni; CHL g‘olibi; Yevropa superkubogi sohibi; Xitoy chempioni

Jilardino - katta umid uyg‘otgan, biroq o‘z salohiyatini to‘liq namoyish etolmagan italiyalik hujumchilardan biri. Ha, u ko‘plab ajoyib mavsumlarni boshdan o‘tkazdi, ammo muxlislar ancha ko‘p narsa kutishgandi, baribir. E’tibor bering, Alberto yutgan ilk jiddiy sovrin - bu JCH oltin medali. Hujumchi shundan so‘ng «Milan» safida yana 3ta sovringa ega chiqdi. «Rossonerlar» bilan xayrlashganidan keyin esa «Fiorentina» va «Jenoa» sharafini himoya qildi, Xitoyga borib, mahalliy chempionat g‘olibi bo‘ldi va yana o‘z yurtiga qaytdi. Shu yil yanvarda esa «Peskara» bilan shartnoma tuzdi.

 

YEVRO-2006 (U-21)

Klaas-YAn XUNTELAR (Gollandiya)

22 yosh, «Ayaks»

Turnirda: 5ta o‘yin,

4ta gol

33 yosh, «Ayaks»

Gollandiya terma jamoasida: 76ta o‘yin, 42ta gol

Yutuqlari: Gollandiya kubogi sohibi (2 marta), Gollandiya superkubogi sohibi (2 marta); Germaniya kubogi sohibi; Germaniya superkubogi egasi

Iqtidorli hujumchi Yevro-2006gacha «Ayaks»da o‘yinlari sonidan ham ko‘proq gol urdi. Qit’a birinchiligi finalida esa «dubl» qayd etib, Ukraina termasi umidini «ko‘mdi». Ammo «Real» safiga qo‘shilish Xuntelarga omad keltirmadi, «Milan»ga transferi ham samara bermadi. U faqatgina «Shalke»da biroz ko‘zga tashlandi, ammo baribir, hamma kutgan darajada yulduz bo‘lolmadi. Shu yozga kelib, «Ayaks»ga qaytganini inobatga olsak, Klaas-YAn ham butsalarini mixga ilishni o‘ylamoqda, chog‘i.

 

YEVRO-2007 (U-21)

Royston DRENTE (Gollandiya)

20 yosh, «Feyenoord»

Turnirda: 5ta o‘yin,

1ta gol

30 yosh, futbolchilik faoliyatini tugatdi

Gollandiya terma jamoasida: 1ta o‘yin

Yutuqlari: Ispaniya chempioni; Ispaniya superkubogi egasi

Uzun sochli chap qanot vakili Yevro-2007da shu qadar mazmunli o‘ynadiki, «Real» rahbariyati uni sotib olishni paysalga solmadi. Biroq «Qirollik klubi» bag‘ridagi 5 yillik davr samarasiz ketdi. Drente bu orada «Erkules» hamda «Everton»da ijara kelishuvlarini o‘tadi va barchasi Vladikavkazning «Alaniya»si safiga qo‘shilishi bilan yakunlandi. Royston shundan so‘ng «Reding», «Sheffild Uinsdey», «Qaysarispor» kabi klublarda o‘zini namoyon qilishga urindi, yana befoyda. «Bani Yas» (BAA) esa Royston uchun oxirgi jamoa bo‘ldi. Xullas, 30 yoshli golland ayni payt rep bilan shug‘ullanmoqda.

 

YEVRO-2009 (U-21)

Markus BERG (SHvesiya)

20 yosh, «Groningen»

Turnirda: 4ta o‘yin,

7ta gol

30 yosh, «Al-Ayn» a’zosi

Shvesiya terma jamoasida: 47ta o‘yin, 12ta gol

Yutuqlari: Shvesiya chempioni; Gresiya kubogi sohibi

Markus Berg Yevro-2009da mutlaq «hokimlik» o‘rnatdi. Zero, u turnirning eng yaxshi futbolchisi maqomini olishdan tashqari, «Oltin butsa» sovrinini ham begona qilmadi. Bu yorqin kelajakka nishona edi. Biroq unga yarim finalda Angliya  terma jamoasi darvozasiga penaltidan gol urolmagani salbiy ta’sir qildi, shekilli. Xullas, Berg keyingi 4 mavsum PSV va «Gamburg»da to‘p surib, 111ta o‘yinda 24tagina gol bilan kifoyalandi. Gresiyaning «Panatinaikos» klubiga o‘tgach, hujumchi birozgina jonlandi - 151ta o‘yinda 95ta gol. Biroq unga yangi «Xenrik Larsson» sifatida qarashgandi...

 

YEVRO-2011 (U-21)

Xuan MATA (Ispaniya)

23 yosh, «Valensiya»

Turnirda: 5ta o‘yin, 2ta gol

29 yosh, «MYU» a’zosi

Ispaniya terma jamoasida: 41ta o‘yin, 10ta gol

Yutuqlari: Ispaniya kubogi sohibi; jahon chempioni; Angliya kubogi egasi (2 marta); CHL g‘olibi; Yevropa chempioni; YEL g‘olibi (2 marta); Angliya superkubogi sohibi; Angliya Liga kubogi egasi

Diqqat qiling, Xuan Mata yoshlar turnirida kattalar o‘rtasidagi jahon chempioni sifatida qatnashdi. Yevropa birinchiligidan so‘ng uni «Chelsi» sotib oldi va ispan yigiti CHL hamda YELda zafar quchish barobarida Kiyev finalida gol urib, milliy jamoasining Yevro-2012 g‘olibi bo‘lishiga katta hissa qo‘shdi. Mata keyinchalik «MYU» bilan shartnoma tuzdi va avvalgi mavsum 3ta sovrin yutdi.

 

YEVRO-2013 (U-21)

Tyago ALKANTARA (Ispaniya)

22 yosh, «Barselona»

Turnirda: 5ta o‘yin, 3ta gol

26 yosh, «Bavariya» a’zosi

Ispaniya terma jamoasida: 21ta o‘yin

Yutuqlari: Ispaniya chempioni (4 marta); Ispaniya kubogi sohibi (2 marta); CHL g‘olibi (2 marta); Ispaniya superkubogi egasi (3 marta); Yevropa superkubogi sohibi (3 marta); Germaniya chempioni (4 marta); Germaniya kubogi sohibi (2 marta); Germaniya superkubogi egasi

«Yangi Xavi» aslida Braziliya milliy jamoasini tanlashi mumkin edi, biroq u xalqaro arenada Ispaniya sharafini himoya qilishni ma’qul ko‘rdi. Aytish joiz, Tyago o‘sha Yevropa chempionati finalida «xet-trik»ka erishib, italyanlarga imkoniyat qoldirmagandi. Yoshlar o‘rtasidagi chempionatdan so‘ng asli braziliyalik yigit «Barselona» zaxirasida o‘tirishni istamasligini aytib, Xosep Gvardiola ortidan «Bavariya»ga yo‘l oldi. Hozirda Alkantaraning ishlari chakki emas - avvalgi mavsum bundesliga bo‘yicha eng yaxshi ijrochilardan biri bo‘ldi.

 

Vilyam KARVALYO (Portugaliya)

23 yosh, «Sporting» L.

Turnirda: 5ta o‘yin

28 yosh, «Sporting» L. A’zosi

Portugaliya terma jamoasida: 37ta o‘yin, 1ta gol

Yutuqlari: Portugaliya kubogi sohibi; Yevropa chempioni

Portugaliyalik yoshlar 2 yil oldingi qit’a birinchiligi doirasidagi 5ta o‘yinda atigi 1ta gol qo‘yib yuborishdi va bunda aynan tayanch zonasidan joy olib, maydon markazini butunlay nazorat qilgan Karvalyoning xizmatlari katta. Vilyam yana bir yildan keyin kattalar o‘rtasida Yevropa chempioni bo‘ldi. Garchi Kar-valyoni anchadan buyon tinmay top-klublarga «jo‘natayotgan» bo‘lsalarda, u hamon jonajon jamoasi - «Sporting»- (Lissabon)ga sodiq qolmoqda.

 

YEVRO-2017 (U-21)

Dani SEBALYOS (Ispaniya)

Yutug‘i: -

Polsha mezbonlik qilgan Yevro-2017 nemislarga ataldi, ammo asosiy individual sovrin Ispaniya termasi vakili Dani Sebalyosga nasib etdi. «Betis» tarbiyalanuvchisi yaqindagina «Real» bilan shartnoma tuzdi. Demak, uning nimalarga erishishini vaqt ko‘rsatadi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:56, 30.07.2017.
O'qildi: 7087 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.