Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

"Metallurg" Tojikiston klubi bilan nazorat o‘yinini o‘tkazdi

"Metallurg" Tojikiston klubi bilan nazorat o‘yinini o‘tkazdi

Baho:
+ | -
Bekobodning “Metallurg” jamoasi poytaxt viloyatining “Do‘stlik” jamoa xo‘jaligida navbatdagi nazorat uchrashuvini Tojikistonning “Istiqlol” futbolchilariga qarshi o‘tkazdi.   Avvalgi ko‘rik o‘yinlariga nisbatan bu safar bekobodliklarning o‘yini unchalik qovushmaganligini aytib o‘tish lozim. Shundan bo‘lsa kerak, murabbiylar shtabi tanaffusdan so‘ng aksariyat o‘yinchilarni jiddiy tanqib ostiga oldi va ularning o‘rniga maydonga yosh, g‘ayratli futbolchilarni tushirdi.   Bevosita o‘yin tafsilotiga to‘xtaladigan bo‘lsak, hududiy ustunlik “Metallurg” futbolchilari tomonida bo‘ldi. Ular o‘yinning 17-daqiqasida hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Jahongir Abdumo‘minovning ajoyib to‘p oshirishidan so‘ng Islom Isoqjonov raqib darvozaboni bilan yakkama yakka chiqdi va vaziyatni golga aylantirdi – 1:0.   Shundan keyin ham ma’danchilarda bir qator imkoniyatlar bo‘ldi. Biroq bekobodliklarga bunday vaziyatlarda sovuqqonlik yetishmadi. “Istiqlol” esa uchrashuvning so‘nggi soniyalarigacha kurashdan charchamadi va hakam tomonidan qo‘shib berilgan kompensasiya vaqti o‘tib borayotganda javob golini kiritish maqsadiga erishdi – 1:1.   “Metallurg” bu o‘yinni quyidagi tarkibda o‘tkazdi: Zafar Safayev, Mirg‘iyos Sulaymonov, Hikmat Hoshimov, Doniyor Odilov, Abror Husinov, Ayubxon No‘’monov, Jahongir Abdumo‘minov, Javohir Esonqulov, Murodjon Toshmatov, Islom Isoqjonov, Zohid Abdullayev. zahiradan maydonga tushganlar: Timur To‘ychiyev, Muhammadjon Sultonov, Abror Toshqo‘ziyev, Davronbek Karimqulov, Muhammadodil Qahramonov, Sanjar Qodirqulov, Alisher Ziyovuddinov, Xudoyshukur Sattorov, Jasur Ahmedov.
Manba: metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 12:25, 30.07.2017.
O'qildi: 3197 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.