Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Namanganda yoshlar akademiyasi ish boshladi

Namanganda yoshlar akademiyasi ish boshladi

Baho:
+ | -

Futbolda yoshlarga e’tibor berish muhim omillardan biri sanaladi.

Bolalar va yoshlar futboliga zarur shart-sharoitlarni yaratib berish orqali kelajakni belgilash mumkin.

«Navbahor» futbol klubiga Shavkat Abdurazzoqov prezident etib tayinlangach, dastlabki ishni yoshlarga e’tibor qaratishdan boshladi. Aynan shu maqsadda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan shahar kengashi negizida «Navbahor» yoshlar futbol akademiyasini ochish taklifini o‘rtaga tashladi. Qisqa fursat ichida kerakli xujjatlar tayyorlanib, akademiyaga asos solindi. Yoshlar jamoasini mashg‘ulotlar o‘tkazishi uchun birinchi navbatda Namangan tumani markazi Toshbuloqdagi «Markaziy» o‘yingoh futbolchilar ixtiyoriga berildi. 30 iyul kuni Namangan tumanidagi o‘yingohda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan shahar negizida tashkil etilgan «Navbahor» yoshlar futbol akademiyasi davlat unitar korxonasini taqdimot marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi, Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol federasiyasi prezidenti X.Bozarov, Namangan shahar hokimi, “Navbahor” futbol klubi prezidenti SH.Abdurazzoqov, Namangan tumani hokimi SH.Davronov rasmiy mehmon sifatida ishtirok etishdi. Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi, Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol federasiyasi prezidenti Xayrulla Bozarov so‘z oldi: - «Namangan futbolida o‘ziga xos burilish jarayoni ro‘y berayotganligining guvohiga aylanmoqdamiz. So‘nggi paytlarda yoshlarga davlat tomonidan katta e’tibor qaratilmoqda. E’tibor 2017 yilda yanada kuchaytirildi. Buning samarasi o‘laroq “Kamolot” yoshlar harakati o‘rnida yoshlar ittifoqi tashkil etildi. Futbolni yoshlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Oldinroq «Navbahor» futbol klubi qoshida akademiya ochish borasida reja tuzgandik. Ma’lum sabablarga ko‘ra bu ish amalga oshmay kelayotgandi. Nihoyat bu reja amalga oshirildi. Bu kunni «Navbahor» yoshlar futbol akademiyasining tashkil etilgan sana deb tarixga muhrlab qo‘ysak bo‘ladi. Boshlayotgan ishlarimiz uch yilda o‘z samarasini beradi. Ko‘p hollarda «Navbahor» jamoasini «Paxtakor» va «Neftchi» klublari qatorida O‘zbekiston chempionatlari o‘tkazila boshlangandan buyon oliy ligada muntazam ravishda ishtirok etib kelayotganligini e’tirof etib, faxrlanib yuramiz. Lekin, so‘nggi paytlarda o‘z davrida O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan, bir necha bor chempionat sovrindori bo‘lib, mamlakat kubogini uch bor qo‘lga kiritgan jamoaning natijalari salmoqli bo‘lmay qoldi. Bu boradagi eng katta kamchilik yoshlarga yetarli darajada e’tibor berilmagani bo‘ldi. Agarda oldinroq yoshlarga e’tiborni kuchaytirilganida «Navbahor» bugungi kunda kuchsizlanib qolmagan bo‘lardi. Maqsadimiz jamoani avvalgi mavqeini tiklash va jahon miqyosidagi musobaqalardagi ishtirokini ta’minlashdan iborat. Yoshlarga e’tiborni kuchaytirish orqali oldimizga qo‘yilgan vazifani uddalashimiz mumkin. Tez orada bu ishlar o‘z samarasini ko‘rsatadi degan umiddaman. Har holda ikki milliondan oshiq Namanganda iqtidorlarni topish mushkul emas. Bizdan ham o‘zbek Messisi va Ronaldusi yetishib chiqishi mumkin. Faqat bu iqtidorlarni murabbiylar va bevosita shu ishga ma’sul bo‘lgan mutasaddilar bularni kashf eta olishmayotgandir. Akademiyani tuzish orqali esa ko‘plab iqtidor egalarini tarbiyalash mumkin».

Shundan so‘ng «Navbahor» yoshlar va ayolllar jamoasi a’zolari, «Navbahor- Umid» futbol maktabi, 15-sonli ixtisoslashtirilgan futbol lisey internati tarbiyalanuvchilariga sport formalari, to‘plar tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, Namangan futboli faxriylariga ham sovg‘alar taqdim etildi. Yangi tashkil etilgan yoshlar futbol akademiyasi «Isudzu» rusumidagi avtobusga ega bo‘ldi.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 11:09, 31.07.2017.
O'qildi: 4128 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.