Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Bugun Angliya Superkubogi o‘yinida «Chelsi» va «Arsenal» klublari «Uembli»ga chiqib keladi

Bugun Angliya Superkubogi o‘yinida «Chelsi» va «Arsenal» klublari «Uembli»ga chiqib keladi

Baho:
+ | -

Bugun futbol vatani Angliyada yangi mavsumni ochib beruvchi Superkubok o‘yini o‘tkaziladi.

Unda mamlakatning amaldagi chempioni hisoblangan «Chelsi», Angliya kubogida g‘olib chiqqan Londonning boshqa bir jamoasi «Arsenal» bilan bellashadi.

Bellashuv Toshkent vaqti bilan 18:00 da start oladi. Antonio Konte hamda Arsen Venger shogirdlari Londondagi mashhur «Uembli» stadionida bahs olib boradi.

Londonning bu jamoalari Sharqiy Osiyo turnesi davomida yaqindagina o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazgan bo‘lib, unda «Chelsi» 3:0 hisobida muvaffaqiyat qozongandi.

Bungacha «PSJ» Fransiya Superkubogida, «Bavariya» esa Germaniya Superkubogida zafar quchishning uddasidan chiqa olgandi.

Angliya Superkubogi
«Uembli» stadioni
6 avgust, yakshanba
«Arsenal» — «Chelsi» — 18:00

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:43, 06.08.2017.
O'qildi: 6705 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.