Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Aleksandr Zinchenko: «Manchester Siti» va Gvardiolaning qiziqishini eshitib, o‘ylab ham o‘tirmadim»

Aleksandr Zinchenko: «Manchester Siti» va Gvardiolaning qiziqishini eshitib, o‘ylab ham o‘tirmadim»

Baho:
+ | -

Bir yil oldin Aleksandr Zinchenko «Manchester Siti» bilan shartnoma imzolagandi. Shundan so‘ng uni PSVga ijaraga berishdi.

Angliyaga qaytishdan oldin Ukraina terma jamoasi yarim himoyachisi Moskvaga tashrif buyurdi. Keyinchalik AQSHda Xalqaro Chempionlar kubogi turniri doirasida «Manchester Yunayted»ga qarshi uchrashuvda  «Man­chester Siti» safida maydonga tushdi.

— Gollandiyadan qaytgandan so‘ng Gvardiola bilan kelajagingiz borasida gaplashdingizmi?

— Yo‘q. Gollandiyadan so‘ng yoshlar terma jamoasi safiga bordim. Undan keyin Moskvaga tashrif buyurdim.

— Inglizlarning taklifi borasida ko‘p o‘yladingizmi? Bunday katta klubga erta ketayotgandek tuyulmadimi?

— To‘g‘risini aytsam, «Manchester Siti»ning taklifi va Gvardiolaning qiziqishini eshitib, o‘ylab ham o‘tirmadim.

— Odatda, transferlardan oldin futbolchilar bosh murabbiy bilan shaxsan gaplashib olishadi. Sizda ham shunday bo‘ldimi?

— Jamoa a’zosiga aylangunimcha Gvardiola bilan gaplashmadim. Klub ixtiyoriga yetib borganimizdan ke­yin esa suhbatlashdik. Bundan xursand bo‘ldim.

— Taassurotlar qanday?

— Sizga jahonning eng yaxshi murabbiylaridan biri qiziqsa va mash­g‘ulot o‘tasa, taassurot qanday bo‘lishi mumkin? Albatta, ajoyib.

— Hozirda sizni «Galatasaroy» ijaraga olishi mumkinligi haqida mish-mishlar yuribdi. Yana bir komandirovkaga tayyormisiz?

— To‘g‘risi, hozirda mish-mishlarga e’tibor bermayapman va boshqa klublar haqida o‘ylamayapman. Ayni paytdagi asosiy maqsadim - «Manchester Siti» bilan yig‘inlarda qatnashish. Yig‘indan oldin hech kim bilan bu borada gaplashmadim.

— Emmanuel Frimpongning aytishicha, jismoniy holatingizni yanada yaxshilashingiz talab etilarkan. Ijtimoiy tarmoqlardagi oxirgi suratlaringizga e’tibor beradigan bo‘lsak, bu borada ishlaganingiz ko‘rinib turibdi.

— Ta’tilda dam olib yotishni istamayman. Kamchiliklarimni yaxshi bilaman. Shu bois ham o‘sha jihatlarni kuchaytirishga harakat qilaman.

— Angliyada duch kelgan muammolaringizdan biri - mehnat vizasi edi...

— Umid qilamanki, bu masala ijobiy hal etiladi. Haqiqatan ham, Angliyada bu borada muammolar bor ekan. Lekin hammasi yaxshi bo‘ladi, degan umiddaman. O‘tgan safar mehnat vizasini olishim uchun terma jamoadagi o‘yinlarim yetishmagandi.

— O‘tgan mavsum PSVda doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmadingiz. Umuman olganda, jamoa, mamlakatdan qanday taassurot oldingiz?

— Faqat ijobiy. Bu men uchun bebaho tajriba bo‘ldi.

— Jamoaga qanday qabul qilishdi?

— PSV - yosh jamoa. Shu bois ham til topishib ketishimiz qiyin bo‘lmadi. Barcha yigitlar avvaliga qo‘llab turishdi. Keyin o‘zim o‘rganib ketdim.

— Rossiya va Gollandiya chempionatlari o‘rtasidagi farq nimada?

— Erediviziyada yosh futbolchilar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Deyarli har bir jamoada mening yoshimdagi 4-5 nafar futbolchi bor. Gollandiya - Yevropa. U yerning futboli Rossiyanikidan biroz farq qiladi. Ammo ayni payt RFPL biroz kuchliroq.

— PSV sport diretkori Marsel Brandsning aytishicha, sizning o‘yin uslubingiz David Silva va Kevin De Bryuynenikiga o‘xshab ketarkan. O‘zingiz qanday fikrdasiz?

— O‘yin uslubim o‘zimnikiga o‘xshaydi. Har kimdan kerakli jihatlarni olishga harakat qilaman. Maqsadim - yangi David Silva yoki Kevin De Bryuyne bo‘lish emas, balki Aleksandr Zinchenko sifatida tanilish.

— «Ufa» bosh direktori Shamil Gazizovning aytishicha, 2015 yili sizga Germaniyadan taklif bo‘lgan ekan. U qaysi klub edi?

— Taklif jiddiy bo‘lmagan. Qandaydir muzokaralar o‘tkazilgandir, lekin mengacha yetib kelmagan.

— Sizga «Zenit» qiziqish bildirgani to‘g‘rimi?

— Gap-so‘zlar bo‘lgan, ammo unchalik jiddiy emasdi, menimcha. O‘shanda bunga unchalik e’tibor bermaganman. Terma jamoa bilan Yevro-2016ga tayyorgarlik ko‘rayotgandim. Shunchaki, agentimga ayni payt bor e’tiborim terma jamoadaligi, transferlar borasida murojaat qilmasliklarini aytganman. Yevropa chempionatidan keyin esa «Manchester Siti»ning taklifi haqida aytishdi. Men esa o‘ylab ham o‘tirmadim.

— «Shaxtyor»dan ketganingizdan so‘ng klub bosh direktori Sergey Palkin sizni diskvalifikasiya qildirishga urindi. Shuningdek, «Ufa» va «Man Siti»ga ham jazo qo‘llashlarini talab qildi. Ayni payt bu masala hal bo‘lganmi?

— Bunga e’tibor bermayapman. Oldinda qandaydir sudlar kutib turganini bilaman. Umuman olganda, Doneskning «Shaxtyor» klubiga omad tilayman. Har holda, men uchun jonajon jamoa. U yerda ajoyib besh yilni o‘tkazdim, ko‘p narsalarni o‘rgandim. Buning uchun barchalaridan minnatdorman.

— Siz Ukraina terma jamoasi safida gol urgan eng yosh futbolchisiz. Andrey Shevchenkoning rekordini yangilagansiz. Undan ta’rif eshitdingizmi?

— Ha. Lekin o‘sha zahoti emas.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:22, 07.08.2017.
O'qildi: 5088 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.