Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Usmon Toshev: “Andijon” Oliy ligaga birinchi o‘rin bilan chiqmoqchi”

Usmon Toshev: “Andijon” Oliy ligaga birinchi o‘rin bilan chiqmoqchi”

Baho:
+-1 | -

“Andijon”ning yangi futbolchilarini tanishtiruv marosimi asnosida jamoa bosh murabbiyi Usmon Toshev ayrim savollarga javob berdi.

- Davralar oralig‘idagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini asosan o‘z qarorgohimizda o‘tkazdik. Rejaga ko‘ra, poytaxtga borishimiz ham lozim edi. U yerda ko‘proq oliy liga klublariga qarshi nazorat uchrashuvini tashkil etishni o‘ylagandik. Biroq ayrim sabablarga ko‘ra, sparring-raqib topilmadi. Shu bois Andijonda shug‘ullandik. Bu orada “Qo‘qon-1912”, “Neftchi” yoshlari va birinchi liga jamoalari bo‘lmish “UzDongJu” va “Norin”ga qarshi o‘rtoqlik bahslarida maydonga tushdik. Qo‘l ostimizdagi yigitlarning imkoniyatlarini ko‘zdan kechirdik. O‘yinimizni shakllantirishga xarakat qildik. E’tibor bergan bo‘lsangiz, seleksiya jarayonini boshqalarga nisbatan faol tarzda o‘tkazdik. Tajribali va iqtidorli o‘yinchilarni taklif etdik. Endi ulardan umidimiz katta.

- Rahbariyat tomonidan jamoani oliy ligaga qaytarish vazifasi qo‘yilgan. Bu yo‘lda barchamiz birlashsak, maqsadga muvofiq bo‘lardi deb hisoblayman. Murabbiylar, futbolchilar, rahbariyat va muxlislar. Rahbariyat tomonidan kerakli sharoitlar yaratib berilsa, muxlislardan qizg‘in qo‘llab-quvvatlash bo‘lsa bizning ham mazmunli o‘yin va kerakli natija qay etishimiz osonroq kechardi. Biz oliy ligaga birinchi o‘rinni egallagan xolda chiqmoqchimiz. To‘g‘ri, ikkinchi o‘rinni olsak ham pley-off orqali chiqsa bo‘ladi. Lekin biz maksimal natija uchun kurashamiz. Menimcha hozirgi kundagi sharoitimiz va tarkibdagi futbolchilarni oliy aytadigan bo‘lsam, bemalol oliy liga jamoalari bilan taqqoslasak bo‘ladi.

- Musobaqa qonun-qoidalariga ko‘ra, 25 nafar futbolchini PFL ro‘yxatidan o‘tkaza olishimiz mumkin. Shu bois ko‘p yoshlarni hozir tarkibga jalb etish mavridi emas. Nasib qilsa kelasi yil, oliy ligada ishtirok etsak, mahalliy yoshlarga e’tibor yanada kuchaytiriladi. Andijon viloyati ikkinchi ligasi o‘yinlari bo‘lib o‘tayotganidan xabarim bor. Aynan shu uchrashuvlar orqali iqtidorlarni ko‘zdan kechirib boramiz.

- Akmal Xolmatov tajribali futbolchi sanaladi. Uning mahoratiga shubha yo‘q. Bungacha kuchli jamoalar sharafini himoya qilgan va taniqli mutaxassislar bilan birga ishlagan. Unda pleymeykerlik xususiyati ham mujassam. Shuningdek qanot yarim himoyasida ham faol o‘yin ko‘rsatadi. Xolmatovning boy tajribasi yoshlarga ham asqotadi degan umidda taklif etganmiz. Bizda nafaqat Akmal balki boshqa yana tajribali o‘yinchilar bor. Ular ham o‘z ortidan boshqalarni ergashtira oladi.

- Boshlang‘ich tarkib borasida hozircha bir to‘xtamga kelib ulgurmadik. Istardimki, ihtiyorimizdagi 25 nafar futbolchi doimo o‘yinga tayyor xolatda bo‘lishini. “Yangiyer” bilan bahsga qadar yana 2-3 marta mashg‘ulot o‘tkazamiz. Shundan so‘ng bu borada bir qarorga kelinadi.

Manba: fcandijon.uz
Kiritildi: 00:27, 08.08.2017.
O'qildi: 3113 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.