Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 2-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Bugun Mour osonlikcha yutqazadi, deysizmi? Adashasiz!

Bugun Mour osonlikcha yutqazadi, deysizmi? Adashasiz!

Baho:
+2 | -

Bugun katta futbol oqshomi. Bugun professional futbolning chinakam shiddatini sog‘inib qolganlar uchun ajoyib tuhfa bor. Bu “Real” hamda “Manchester Yunayted” to‘qnashuvi. Ikkita gigant to‘qnashuvi, qaysiki Chempionlar ligasi giganti Yevropa ligasi gigantiga qarshi kurash olib boradi va supergigant aniqlanadi.

Ko‘pchilik Joze mag‘lubiyatni tan olgan, deb gapiryapti. Yana ko‘pchilik esa “Manchester Yunayted” tarkibidagi 6 ta yo‘qotishdan fojia yasab oldi. Ammo unutmang, bu O‘zbekiston milliy terma jamoasi emaski bitta futbolchining o‘rni darrov bilinib qolsa. Yoki Joze Babayan emaski, yo‘qotishlardan shokka tushib, nima qilarini bilmasa...

Bu Joze Mourinyo. Bir paytlar “Inter” bilan “Barselona”ni zor qaqshatgan mutaxassis. U bir paytlar “Real”da ham ishlagan. Aytmoqchimizki, ayni damda “Bugun qanday taktika qo‘llasam ekan?” deydigan darajada uquvsiz yoki tajribasiz emas. Qolaversa, uning muammolari oldingidan kamroq bo‘ladi, boisi, ayni damdagi Zidan “charchamagan” deya ta’riflagan “Real” ham ja optimal formada emas. Qolaversa, Mourinyu “Real”ning taktikasini yaxshi biladi. Joze biladigan taktika esa hali to‘liq o‘zgargani yo‘q. Har holda “Real” taktikasini katta darajada o‘zgartiradigan jamoa emas.

Ronalduni yopsa bo‘ladi. Ayni damda ta’tildan maza qilib qaytgan futbolchining qisqa muddatda formasini tiklab olishi qiyinroq masala. Hatto u Ronaldu bo‘lsa ham. Beyl esa hali-hamon o‘ziga kela olgani yo‘q. Mavsumoldi tayyorgarlik o‘yinlarida ko‘rdikki, hozirgi Beyl avvalgidek tog‘ni talqon qiladigan darajada emas. Benzema esa hozirda labirintga o‘xshab qolgan. U haqda aniq bir fikr bildirish mushkulroq.

Ochiq futbolni yoqtiradi Joze. Har holda, bugun ham shu taktikaga suyansa kerak. To‘g‘ri, u yopiq futbolga ham murojaat qilib turadi agar vaziyat taqozo qilsa. Ya’ni dastlab gol ursayu, raqib hujumkorlikka zo‘r bersa, himoyaviy o‘yinga o‘tishi mumkin. Agar bugun “Manchester Yunayted”dan kimdir Navasni dog‘da qoldirsa, keyin Zidanga mushkul bo‘lishi tayin.

Endi anavi 6 futbolchi masalasiga to‘xtalsak. Ular orasida jiddiy yo‘qotishlari bor, ammo ularning o‘rnini to‘ldirsa bo‘ladi.

Xullas, hammasi Joze Mourinyoning o‘ziga bog‘liq. U esa kutilmagan taktikalar tanlab qo‘ygani tayin. Axir Yevropa superkubogi oddiy turnir emas. Yevropa superkubogi jiddiy musobaqa ayniqsa hozirgi “Manchester Yunayted” uchun. Axir kim ham sovrinni yo‘lda tashlab ketishni istaydi deysiz.

Nizomjon ISLOMOV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:19, 08.08.2017.
O'qildi: 11273 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.