Mamlakat milliy chempionatining 17-turida Bekobodning “Metallurg” jamoasi o‘z maydonida Muborakning “Mash’al” klubini qabul qiladi.
Barcha uchrashuvlarda ustunlik “Mash’al” tomonida
“Metallurg” va “Mash’al” jamoalari oliy liga bahslarida o‘zaro jami 29 ta uchrashuv o‘tkazishgan. Umumiy natijalarda kichik ustunlik “Mash’al” jamoasida ekanligini ko‘ramiz. Muborakliklar 13 ta o‘yinda, bekobodliklar esa 9 ta uchrashuvda g‘olib bo‘lishgan. 7 ta o‘yin durang natija bilan tugagan. To‘plar nisbatidagi farq – 48:43, “Mash’al” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Mash’al” 46 ochkoni, “Metallurg” esa 34 ochkoni qo‘lga kiritgan.
“Metallurg”ning o‘zaro o‘yinlarda qozongan eng yirik g‘alabasi – 6:0 ga teng. “Mash’al”da bu ko‘rsatkich 5:1 bo‘lib turibdi.
Shu yilning birinchi davrasida – Muborakda o‘tkazilgan uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishgandi. O‘yin taqdirini hal etgan golni Zohir Qo‘ziboyev 51-daqiqada kiritgan edi. “Metallurg” so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutilib qolishi ham mumkin edi. Biroq 85-daqiqada Dilmurod Karimov penaltini aniq amalga oshira olmagandi. Javohir Ilyosov ajoyib seyvi bilan jamoasining yutug‘ini saqlab qolgandi.
“Metallurg” o‘z maydonida jiddiy raqib
Mazkur jamoalarning Bekobodda o‘tkazilgan dastlabki yillardagi o‘yinlarida ham ustunlik “Mash’al” jamoasi tomonida bo‘lgan. Dastlabki 8 mavsumda “Metallurg” raqibini bir marta taslim etib, 4 ta o‘yinni boy bergan, 3 ta uchrashuvda esa durang natijaga erishgan. 2010 yildan e’tiboran esa “Metallurg” o‘z maydonida “Mash’al”ga imkoniyat bermay kelayapti. Qatorasiga 6 mavsumdan buyon bekobodliklar g‘alaba nashidasini surishmoqda. O‘tgan mavsumda esa mazkur klublarning o‘zaro to‘qnashuvidagi eng yirik hisob qayd etildi. “Metallurg” raqiblari darvozasiga javobsiz 6 ta to‘p yo‘lladi. Uchrashuvda Murodjon Toshmatov hamda Zohid Abdullayevlar dublga erishishgan bo‘lishsa, Dilmurod Karimov hamda Doniyor Odilovlar o‘z hisoblariga bittadan gol yozdirib qo‘yishgandi.
Jahongir maydonga tusha olmaydi
Futbolchilik faoliyatining dastlabki yillarini vohada o‘tkazib, keyinchalik poytaxt viloyati jamoalari qo‘nim topgan Jahongir Abdumo‘minov sobiq jamoadoshlariga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Uning “Dinamo”ga qarshi kechgan uchrashuvda olgan sariq kartochkasi mavsum boshidan buyongi to‘rtinchisi edi. Shu bois u gazchilarga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, “Dinamo” posboni bilan to‘qnashuvdan keyin jarohat olgan Javohir Esonqulovning ham xizmatlariga tayana olmaymiz. Javohirning muxlislari uchun ma’lumot, uning chap oyog‘i suyagi singan. Davolanishi uchun kamida ikki oy vaqt ketishi mumkin. Futbolchining kayfiyati, ruhiyati yomon emas. Jamoadoshlari yolg‘izlatib qo‘yishmayapti. U bazada, yigitlar qurshovida, shifokor nazoratida istiqomat qilyapti. Jamoadoshlarning qo‘llab quvvatlashlari Javohirning yanada tezroq safga qaytishiga yordam beradi deb umid qilib qolamiz.
Uchrashuvni mamlakatimizning eng kuchli hakami boshqarib boradi
O‘zbekiston futbol federasiyasi Professional futbol ligasi 17-tur uchrashuvlarini boshqarib boradigan hakamlar ro‘y’atini e’lon qildi. Unga ko‘ra Bekobodda “Metallurg” – “Mash’al” o‘rtasida kechadigan uchrashuvda O‘zbekistonning bugungi kundagi eng yaxshi hakami, jahon chempionati o‘yinlarini boshqarish bo‘yicha mutloq rekordchi, FIFA referisi Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar ishlayodigan bo‘ldi. Ravshanga qanotlarda doimiy sheriklari Abduhamidillu Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi. Zahira hakami Anatoliy Rubakov.
12 avgust (shanba)
«Metallurg» (Bekobod) – «Mash’al» (Muborak)
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), A. Rubakov (Toshkent)
Nazoratchi: I. Sharipov (Buxoro).
O‘zPFL vakili: G. Rtveladze.
Bekobodda bo‘lib o‘tgan so‘nggi olti uchrashuv:
08.08.2016 “Metallurg” – “Mash’al” – 6:0
04.04.2015 “Metallurg” – “Mash’al” – 1:0
07.11.2014 “Metallurg” – “Mash’al” – 4:2
17.11.2012 “Metallurg” – “Mash’al” – 2:1
20.06.2011 “Metallurg” – “Mash’al” – 3:1
18.09.2010 “Metallurg” – “Mash’al” – 1:0
Ronaldu "Manchester Siti"ga o‘tishga tayyor [3724]
«Manchester Siti» «Real» yetakchisi uchun aqlbovar qilmas summa to‘lashga tayyor [3690]
Arablar taklif qilayotgan shartnoma Vinisiusni "Real"ni tark etishga majbur qilishi mumkin [3367]
Shomurodovning keyingi manzili Osiyomi? [2961]
Ronaldu: "Kelajakda katta klub egasiga aylanaman" [2648]
"Barselona" de Yongni qanchaga "Liverpul"ga sotishga tayyor ekanligi ma’lum bo‘ldi [2427]
"Real" ikki yulduz futbolchini tekinga qo‘lga kiritmoqchi [1893]
"Barselona" Dani Olmo va Pau Viktorni ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘lini topdi [1889]
"Real Madrid" klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqsa, 100 million yevro ishlab oladi [1647]
"Barselona" ushbu transfer bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti [1377]