Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/10 00:00 Barselona 5-1 Sevilya
21/10 18:00 So‘g‘diyona 1-1 OKMK
21/10 21:00 Al-Ayn 4-5 Al-Hilol
21/10 21:00 As-Sadd 1-0 Persepolis
21/10 21:00 Ash-Shorta 0-0 Paxtakor
21/10 23:00 Ar-Rayyan 1-2 Al-Ahli (SA)
21/10 23:45 Verona 0-3 Monsa
22/10 00:00 Valensiya 2-3 Las-Palmas
22/10 00:00 Nottingem Forest 1-0 Kristal Pelas

Dembele shunchalik zo‘rmi?

Dembele shunchalik zo‘rmi?

Baho:
+ | -

Bu futbolchini yozgi transferlar mavsumida «Barselona» o‘z safiga qo‘shib olishga ko‘p urindi va hali-veri niyatidan qaytmay, taklifni yanada kuchaytirishi aniq.

Shuningdek, vunderkindga boshqa badavlat jamoalar ham xaridor. Bombardir.ru o‘z darajasi bilan hattoki raqiblarni ham lol qoldirayotgan Usmon Dembele haqida so‘z yuritadi.

«Borussiya» hujumchisi vaqt o‘tgani sari o‘sishda davom etmoqda. Ikki yil avval «Renn»da professional shartnoma tuzish bo‘yicha qiyinchiliklarga uchragan Dembeleni hozirda sayyoramizning top-klublari o‘z saflariga qo‘shib olishga ishtiyoqmand. Bir yil avval «Barsa» Usmon uchun 35 million taklif qildi, ammo u muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladigan joy - Dortmundni tanladi. Bundesligada ajoyib mavsumini o‘tkazgach, «Borussiya» uning uchun 90 million talab qila boshladi. Mabodo, kataloniyaliklar ushbu summani to‘lashga rozi bo‘lishsa, mazkur transfer bundesligada rekord o‘rnatishi turgan gap.

Usmon bolaligida Evre shaharchasi ko‘chalarida to‘p tepib yurganida uning iqtidori «Renn» klubi xodimlarining e’tiborini tortdi. Dembelening mahalliy jamoada qolib ketishi ehtimoldan xoli emasdi, ammo akademiya murabbiyi Yannik Menyu undagi salohiyatni o‘z vaqtida payqadi: «Usmon sheriklaridan bir bosh ustun edi va har safar keyingi yosh toifasiga barchadan oldin qo‘shilardi».

Shunga qaramay, jamoa u bilan professional shartnoma tuzishga shoshilmas, bu esa yuksak iste’dod sohibining jahlini chiqarardi: «Menga yuz foiz ishonadigan klubda to‘p surishni xohlayman. Bu yerda esa aynan shu narsa yetishmayapti». Usmon hattoki, «Renn» sobiq murabbiyi Filipp Montanye bilan yuzaga kelgan mojaro tufayli mashg‘ulotlarga qatnashmay qo‘ydi.

O‘shandayoq «Red Bull Zalsburg» va «Benfika» Dembeleni o‘z saflariga qo‘shib olish harakatini boshlashgan, «Renn» prezidenti Rene Reullo esa futbolchini qo‘yib yuborgisi kelmadi. Keyinchalik vaziyatga sport direktori Mikael Silvestr aralashdi: «Dembele - ajoyib o‘yinchi, hujumda bizga ko‘p naf keltirmoqda. U bosh murabbiy, ishqibozlar va klub xodimlarining barcha talablariga javob beradi. Mehnat, yanada o‘sishga erishish lozim. Usmon buyuk futbolchiga aylanish imkoniyatiga egami? Ortiqcha ikkilanishlarsiz «ha» deyishim mumkin. Mazkur holatda uning mentaliteti asosiy rolni bajaradi. U men ko‘rgan katta iqtidor egalaridan biri».

Dembele aynan Silvestr tufayli klubda qoldi. Liga 1dagi debyuti bundan bir yarim yil avval ro‘y berdi, oradan to‘rt oy o‘tib esa «Nant» darvozasiga uchta to‘p kiritdi. Mart yakuni bo‘yicha oyning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi, mavsum oxirida esa chempionatning asosiy yosh iqtidor sohibi nomiga sazovor bo‘ldi. 12ta gol - so‘nggi 26 yil mobaynida Fransiyada hech bir 18 yoshli futbolchiga bunday baxt nasib etmayotgandi. O‘shanda u mamlakat termasidagi debyutni nishonladi. Matbuot uning Yevrodagi ishtirokini taxmin qila boshladi, ammo Didye Desham yigitchaga bunday yirik turnirda ishtirok etish uchun hali erta deb hisobladi.

Shunga qaramay, hozirda Dembele hujumga aloqador barcha jabhalarda eng yaxshilardan biri: dribling, maydonni ko‘ra bilish, har ikki oyoqda bir xil samarali zarba. Ha, Usmon oyoqlaridan shu qadar unumli foydalanadiki, intervyularida ularning qaysi biri qulay ekani haqida aniq fikr bildirolmaydi: «Men chapaqayman. Penaltini nega o‘ngda tepaman? Chunki shu oyog‘imda zarba yaxshiroq chiqadi». Bu salohiyati tufayli u har ikki qanotda ham barqaror to‘p sura oladi.

«Borussiya» safiga qo‘shilgach, yozgi o‘rtoqlik bahslaridayoq o‘zini ko‘rsatdi: «Manchester Yunayted»ga qarshi kechgan o‘yinda raqib jamoa futbolchilarini birin-ketin aldab, darvoza burchagini aniq nishonga oldi. «Mayns» bilan uchrashuvdan keyin esa Pyer-Emerik Obameyang quyidagicha fikr bildirdi: «Yonimga «Mayns» o‘yinchisi kelib, «Qoyil, bu nima? Safingizga qo‘shilgan yigitcha kim? Unga qarshi to‘p surish qiyin, chunki tezligi o‘ta yuqori ekan. Bu haqiqiy omadli transfer bo‘libdi», dedi».

Dekabrda Dembele bundesligada oy o‘yinchisi, deb topildi, fevralda esa «Barselona» sport direktori Roberto Fernandes u bilan uchrashdi. O‘shanda o‘smir rad javobini bergandi, hozir esa vaziyat o‘zgardi. Usmon Messi boshchiligidagi yulduzlar safida to‘p surishni orzu qiladi. Dembelening Kataloniya poytaxtiga ko‘chib o‘tishi juda cho‘zilib ketdi, ammo tez orada bu ish amalga oshib, u yozning eng ajoyib transferlaridan biriga aylanadi. Vaholanki, Usmon murabbiylar, matbuot va bankdagi hisob-raqamlardan farq­li ravishda, o‘zi haqida kamtarona fikr bildiradi: «Men fenomen emasman, shunchaki, nimaga qodirligimni ko‘rsatishga intilyapman».

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:08, 11.08.2017.
O'qildi: 6207 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.