Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

APL. «Arsenal»dan irodali g‘alaba va superstart!

APL. «Arsenal»dan irodali g‘alaba va superstart!

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining 2017/2018 yilgi mavsumi boshlandi. Angliya futbolini sog‘ingan muxlislar uchun "Arsenal" va "Lester" klublari ajoyib spektakl uyushtirib berishdi.

"Kanonirlar" bahsning 2-daqiqasidayoq jamoaning yangi a’zosi Lyakazettning goli evaziga hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. "Tulkilar" hisobni tenglashtirishlari uchun atigi 3 daqiqa yetarli bo‘ldi, gol muallifi — Okadzaki.

O‘yin startida gol almashib olgan jamoalar biroz tanaffus olgandek bo‘lishdi. Shundan keiyn "Arsenal" tashabbusni o‘z qo‘liga olganiga qaramay, o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yubordi: 29-daqiqada Vardi qanotdan yetkazilgan uzatmani darvozaga burib yubordi. Arsen Venger shogirdlari o‘tkazib yuborilgan goldan keyin o‘zlarini yo‘qotib qo‘ygan bo‘lsalar-da, bo‘lim so‘ngida muvozanatni tiklashdi: muvaffaqiyatli amalga oshirilgan kombinasiya natijasida Uelbek bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘limning 56-daqiqasida Vardi yana "Arsenal"ning mazasini qochirdi. Mahrez burchakdan yetkazib bergan uzatmani angliyalik hujumchi bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi va "Lester" ikkinchi marta hisobda oldinga chiqib oldi. Ammo o‘yinning so‘nggi daqiqalarida "kanonirlar" iroda namoyish qilishdi. Venger maydonga Remzi va Jiruni tashladi. Aynan ular "tulkilar" darvozasiga aniq zarbalar berib, "Arsenal"ga chiroyli g‘alabani taqdim etishdi!

APL, 1-tur
Arsenal – Lester 4:3 (2:2, 2:1)
11 avgust, 23.45, «Emireyts»
Gollar: 1:0 – 2 Lyakazett, 1:1 – 5 Okadzaki, 1:2 – 29 Vardi, 2:2 – 45 Uelbek, 2:3 – 56 Vardi, 3:3 – 83 Remzi, 4:3 – 85 Jiru.
Arsenal – Chex, Xolding (Jiru, 67), Monreal, Kolashinas, Belyerin, El-Nenni (Remzi, 67), Jaka, Oksleyd-CHemberlen, O‘zil, Uelbek (Uolkott, 75), Lyakazett.
Lester – Shmeyxel, Simpson, Morgan, Maguayr, Fuks, Marez, Djeyms (Ixeanacho, 82), Ndidi, Olbrayton (Grey, 88), Okadzaki (Amarti, 72), Vardi.
Ogohlantirish: Morgan (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:34, 12.08.2017.
O'qildi: 9700 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик