Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka 2-1 Real Madrid
04/04 21:00 Verona 0-1 Fiorentina
04/04 21:30 Betis 0-0 Espanyol
04/04 23:45 Lasio 1-1 Parma
05/04 00:00 Atletiko 1-2 Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna
06/04 15:30 Udineze - Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

Ilhom Mo‘minjonov: «Maqsadimiz — har bir o‘yinda ijobiy natija qayd etish»

Ilhom Mo‘minjonov: «Maqsadimiz — har bir o‘yinda ijobiy natija qayd etish»

Baho:
+ | -

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov jurnalistlarning savollariga javob berdi:

- Bugungi o‘yin bizni juda hursand qildi. Chunki birinchi davraning dastlabki qismini ishonchli o‘tkazib, yuqori o‘rinlar uchun kurashgandik. Lekin, xatolarimiz oqibatida pastki pog‘onalarga tushib qolgandik. Davra so‘nggidagi xato va kamchiliklarni takrorlamaslik maqsadida mashg‘ulotlarda tinimsiz ravishda ishlamoqdamiz. Ijobiy natijalar orqali muxlislarimizni xursand qilish niyatidamiz.

Ikkinchi davraning “Obod”ga qarshi o‘yinimiz ham qiyin bo‘lgandi. “Qo‘qon-1912” jamoasi ham bugun “Obod”ni qiyinchilik bilan mag‘lub etdi. Bugungi natijalarga e’tibor qaratsak kichik hisoblar kuzatilganiga guvoh bo‘lamiz. Birgina “Paxtakor” yirik hisobda “Neftchi”dan ustun keldi. Bu chempionatimizni murosasiz ruhda o‘tayotganligidan darak bermoqda. Ya’ni ochkolarni to‘plash oson bo‘lmayapti va raqobat ham ancha kuchli. Maqsadimiz har bir o‘yinda ijobiy natija uchun intilib, yuqori o‘rinlarga ko‘tarilishdan iborat. Bugungi o‘yin uchun futbolchilarimizga rahmat aytaman. Ular o‘z imkoniyatlari darajasida to‘p surishdi. Ushbu g‘alabamizni o‘yingohda jamoamizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimizga bag‘ishlaymiz.

Ishqibozlarimizni har doim jamoani shu tarzda qo‘llab-quvvatlashlarini istayman. Mazmunli o‘yinlarimiz orqali muxlislarni o‘yingohga qaytarishga harakat qilamiz. G‘alaba qozonganimizda, durang yoki mag‘lubiyat qayd etilganda ham birga bo‘lib bizga dalda bo‘lishsa yanada chiroyli o‘yinlar namoyish etib, yuqori cho‘qqilar sari intilishda davom etamiz. Ishqibozlarimizga qo‘llayotganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 00:03, 13.08.2017.
O'qildi: 5836 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик